Oqsil yoki aleyron (yunon. aleyron-un) donachalari shaklida bo‘lib, endospermni eng
tashqi yupqa qavatini tashkil etadi (bug‘doy, arpa va shu kabi donlar). Ko‘pchilik o‘simliklarda
urug‘ shu qadar suvsizlanadiki, ular juda ham qattiq, shishasimon va hatto toshsimon bo‘lib
qoladi (masalan, finik palmasi).
Yog‘simon endospermli urug‘lar (kungaboq ar, zig‘ir, yong‘oq va boshqalar) g‘amlovchi
oziq moddalar ichida quvvat jihatidan boshqa urug‘larga nisbatan ustunlik qiladi.
Urug‘ unishi davrida murtak tomonidan endosperm moddalari o‘zlashtiriladi va shundan
so‘ng uning hujayralari yemiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |