Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

5. Gineseyning umumiy ta’rifi. 
Guldagi bir yoki bir necha urug‘barglar (megosporofillar) ning yig‘indisi bir yoki bir necha 
ginetsey (gene-ayol, urug‘chi) ni hosil qiladi. 
Ginetseyning eng muhim qismi t u g u n ch  a   hisoblanadi. Unda urug‘kurtak joylashadi, 
gul  tugunining  ustida  ingichka  u  s  t  u  n  ch  a,  uning  uchida  esa  shakli  har  xil  bo‘lgan  og‘izcha 
bo‘ladi. 
Talaygina  sodda  oilalarda  masalan,  ko‘pchilik  ayiqtovondoshlar,  magnoliya,  ko‘knor  va 
boshqalarda  ustuncha  taraqqiy  etmasdan  qoladi.  Bunda  og‘izcha  tugunchani  ustida  turadi  va 
bandsiz og‘izcha deb ataladi. Shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar (bug‘doydoshlar)da 
ham ustuncha taraqqiy etmagan. 
Ba’zi o‘simliklarda (qulupnay, g‘ozpanja yoki beshbarg) gul tuguni barobar o‘smaganligi 
sababli  ustuncha  tugunchani  yonidan  yalpizdoshlar,  kampirchopondoshlarda  esa  tuguncha 
asosidan o‘sib chiqadi. 
Urug‘chi  (ginetsey)  xillari.  Apokarp  ginetsey.  Bir  gulni  urug‘chibarglari  (meva-barglari) 
bir-biri bilan tutashmagan holda har qaysi alohida urug‘chiga aylansa bunday  urug‘chi apokarp 
ginetsey  deyiladi.  Eng  sodda  monomer  bitta  mevabargdan  tashkil  topgan  apokarp  ginetsey 
qazilma holda topilgan qadimga yopiq urug‘li o‘simliklardan Degeneria, bo‘lgan. Hozirgi vaqtda 
o‘suvchi o‘simliklardan apokarp ginetsey ayiqtovondoshlar, ra’nodoshlar, zirkdoshlar va boshqa 
oilalarning vakillarida uchraydi. 
Senokarp  ginetsey.  Bir  necha  urug‘barglardan  tashkil  topgan  ginetsey  senokarp  ginetsey 
deb  ataladi.  Senokarp  ginetseyda  mevachi  barglarning  tutashib  ketishi  mumkin  (Masalan, 
yalpizdoshlar,  chinniguldoshlar,  astradoshlar  va  boshqalar).  Bunday  vaqtda  tutamay  qolgan 
stilodiy  (ustunchalar)  va  og‘izcha  parraklariga  qarab  ginetsey  (urug‘chi)  qancha  mevacha 
barglardan yuzaga kelganliklaridan aniqlash mumkin. 
Ba’zi oilalarda (kampirchopondoshlar, sigirquyruqdoshlar, butguldoshlar) da mevabarglar 
butunlay  tutashib  ustunchani  hosil  qiladi.  Senokarp  ginesey  uch  xil  bo‘ladi:  sinokarp,  parakarp 
va lizokarp. 
A)  sinokarp  ginetsey  yoki  ko‘p  chanoqli  (uyali)  urug‘chi.  Sinokarp  ginetsey  apokarp 
ginetseydan  hosil  bo‘lgan.  Bularda  mevabargchalarning  chetlari  ichkariga  o‘ralib,  yonlari  bir-
biriga tutashib chanoq (uya) deb ataladigan onalarga ajralgan bitta gul tuguni hosil bo‘ladi. 
V)  Parakarp  ginetsey  (yunon.  para-oldida  yondosh,  karpos-meva)  yoki  urug‘chi  deb  bir 
necha  mevabarglarning  yig‘indisidan  hosil  bo‘ladi  va  bir  xonali  urug‘chiga  aytiladi 
(gunafshadoshlar, qoraqatdoshlar, gazako‘tdoshlar, shumgiyadoshlarga xos belgilar). 
S)  Lizokarp  ginetsey  (yunon.  lizis-eritish,  yo‘qotish)  yoki  urug‘chi  evolutsiya  jarayonida 
sinkarp ginetseyning chanoqlar orasidagi pardasini yo‘qolib ketishidan bir xonali tuguncha hosil 
bo‘lgan. Bunday ginetsey primula va chinniguldoshlarga xos. 
Gulda tugunchalarni holati.Tuguncha yoki urug‘don – ginetsey (urug‘chi)ning eng muhim 
qismlaridan  biri  bo‘lib,  gul  o‘rnida  o‘rnashishiga  qarab  quyidagicha  bo‘ladi:  ustki  tuguncha, 
ostki tuguncha va o‘rta tuguncha. Ustki tuguncha gul bo‘laklaridan yuqorida joylashadi. Bunday 


 
126 
gul tugundan pastki gul deyiladi. Ostki tuguncha gul bo‘laklaridan pastda joylashadi. Bunday gul 
tugun ustki gul deb ataladi. 
Ko‘pgina  ra’nodoshlar  oilasiga  mansub  o‘simliklarda  bitta  yoki  bir  nechta  tuguncha 
ko‘zachaga  o‘xshash  botiq  g  i  p  a  n  t  i  y  (yunon.  xipo-osti,  pastki  qism;  antos-gul)  deb 
ataladigan gul bandining kengaygan gulqo‘rg‘onida joy oladi. Bunday tuguncha o‘ r t a  t u g u n  
yoki  o‘ r t a  t u g u n  gul deb ataladi (masalan, na’matak, olcha, o‘rik, shaftoli va boshqalar). 
Filogenetik  jihatidan  ustki  gul  tuguni  pastki  gul  tugunidan  qadimliroq  -  gul  sodda  (ko‘p 
mevali) o‘simliklarda ustki gul tuguni, rivojlangan (astradoshlar) o‘simliklarda esa ko‘proq ostki 
gul tuguni uchraydi. 
Ba’zi  morfologik  ostki  gul  tuguni  bir  necha  tugunchalarni  tutashidan  hosil  bo‘ladi  deb 
tassavur  etishgan.  Lekin  fransuz  olimi  Van  Gime  va  uning  shogirdlari  tomonidan  o‘tkazuvchi 
bog‘lamlarni saqlanib qolishligi, uni reseptakular (lot. reseptakulum-gul o‘rni) dan rivojlangan 
deb tasdiqlaydi. 
Demak ostki gul tuguni fillolez (yunon. yufillon-barg) nazariyasiga binoan gulqo‘rg‘oni va 
changchilarni tutashidan kelib chiqq an. 
Megasporogenez va urg‘ochi gametofitni rivojlanishi. Urug‘kurtak va urug‘ hosil qiluvchi 
murtak xillari. Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘kurtagi yoki megosporangiysi, nutsellus (yoki 
yadro)  va  integument  (lot.  integumentum-qoplama)  ya’ni  nutsellusni  o‘rab  turuvchi  qobiqdan 
iborat.  U  urug‘lanish  sodir  bo‘lgandan  so‘ng  urug‘  po‘stga  aylanadi.  Integumentlarni  yuqori 
tomoni  ochiq  qolsa-chang  yo‘li  (mikropile)  hosil bo‘ladi.  Urug‘kurtakni  urug‘bandi  (funikulos) 
ga  birikkan  joyiga  rubchik  –  urug‘  kindigi  deb  ataladi.  Mikropilni  qarshi  pastki  tomoni  yoki 
urug‘kurtak tagi xalaza deb ataladi. 
Urug‘ hosil qiluvchi murtak asosan besh xil bo‘ladi. 
1.  Atrop yoki to‘g‘ri urug‘kurtak. Bu xildagi urug‘murtak torondoshlar, qalampirdoshlar, 
kuchaladoshlar oilalariga xos belgi bo‘lib, nutsellus urug‘ bandining davomi bo‘lib qoladi. 
2.  Anantrop  yoki  teskari.  Urug‘kurtakni  notekis  o‘sishi  vaqtida  uni  uchi  va  uchidagi 
teshikcha  (urug‘  yo‘li) teskari  (ostki)  tomonga  aylangan bo‘ladi.  Bu  xildagi urug‘murtak  yopiq 
urug‘li o‘simliklarda eng ko‘p uchraydi. 
3.  Gemitrop  yoki  yarim  qayrilgan  urug‘kurtak.  Nutselus  bilan  integument  o‘sish 
davrida plasentaga nisbatan 90 qayrilgan bo‘lib (sigirquyruqdoshlar, primulalarda) uchraydi. 
4.  Kampilotrop  yoki  bir  tomonlama  qayrilgan  urug‘kurtak.  Bunday  urug‘kurtakda 
nutselus  bilan  integumentlarni  bir  tomoni  bukilgan  bo‘lib,  chang  yo‘li  xalaza  yoniga  borib 
qoladi. Bu xildagi urug‘kurtak kapalakdoshlar, dukkakdoshlar, butguldoshlar va boshqa oilalarda 
uchraydi. 
5.  Amfitrop  yoki  egma  urug‘kurtak.  Bunda  nutselus  bukilib  taqasimon  shaklga  kiradi 
(burchoqdoshlarni ayrim vakillarida uchraydi). 
Evolutsiya jarayonida yopiq urug‘li o‘simliklar nutselusining qalin devorlari yupqalashib 
boradi.  Tojbarglari  birlashmagan  o‘simliklarda  urug‘kurtak  k  r  a  s  s  i  n  u  ts  e  l  a  t  (lot.  kraus-
qalin) tojbargli birlashgan o‘simliklarda esa t  e n u i  u s e l a t (lot. tenuis-yupqa) urug‘kurtak 
rivojlangan. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish