Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

OBMA: GALAKTIKADA NIMA GAP?
General  Obma  haligacha  sodir  bo‘layotgan  voqealar 
jumbog‘ini yecha olmay o‘z qarorgohida behalovat o‘tirar-
di. Shu kunlarda uning yoniga hatto eng yaqin mulozimlari 
ham kira olmas, biror nima sodir bo‘lib sarkardaning g‘aza-
biga uchrab qolishdan qo‘rqishardi ular. General esa shu 
tobda josuslarining aloqaga chiqishini intiqlik bilan kutyap-
ti. Nihoyat, uzoq kutilgan qo‘ng‘iroq ovozi eshitildi. Gene-
ral aloqa qurilmasining tugmasini bosdi. Monitorda josus 
giksning basharasi ko‘rindi.
– Qo‘ling qayrilmasin, general, – deya salom berdi jo-
sus giks.
– Sening ham. Qanday xabaring bor?!
–  General,  Yer  yaqinidagi  Qizil  sayyorada  juda  g‘ala-
ti  voqea  sodir  bo‘ldi.  Uchta  noma’lum  fazogirni  qo‘ldan 
chiqarib yubordik.
– Ahmoq, axir, senda bizning eng tezkor kemamiz bor-
ku!
– Ha, shunday. Lekin ularning kemasiday kema hatto 
butun  koinotda  yo‘q.  Ko‘z  ochib  yumgunimizcha  g‘oyib 
bo‘ldi. Radarlarimiz ham ko‘rmay qoldi.
– Nima, yorug‘lik tezligidan ham tezroq ucharkanmi?
– Ha, yorug‘lik tezligidan bir necha o‘n, balki yuz baro-
bar tezroq! Agar yorug‘lik tezligida uchganida, uskunalari-
miz uni bir qancha muddat ko‘rsatib turgan bo‘lar edi. Bu 
kema esa butunlay g‘oyib bo‘ldi.
– Qanaqasiga? Qanday qilib? – tutaqib ketdi Obma.
Bu  xabar  general  Obmani  ancha  hushyor  torttirdi. 
Chunki u shu kungacha bunday kema bo‘lishi mumkinligi 
haqida o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Qaroqchi emasmi, shu 
tobda uning butun fikr-u xayolini o‘sha kemani qo‘lga kiri-
tish orzusi egallab oldi.


77
– Kemada kimlar bor edi, aniqladingmi? – so‘radi ge-
neral.
– Bizdagi uskunalar kemadagi ikki kishi va bir droidni 
aniqladi. Ikki kishining biri odam ekani aniq.
Nima-nima, odam dedingmi?
– Ha, uskunalarimiz odamning DNKsini aniqladi.
–  Jin  ursin!  Odamlarning  bu  mashmashaga  qanday 
aloqasi bor ekan-a? Eh, borgan sari kalavaning uchi chi-
gallashib ketyapti!
– General, ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandan so‘ng kema 
o‘z  ortidan  g‘alati,  yorug‘  bir  iz  qoldirdi.  Changgami,  tu-
mangami o‘xshab ketadigan iz nuri uch-to‘rt daqiqa fazoda 
muallaq turib qoldi.
– Xo‘sh?!
– Biz izni tekshirib kema uchgan yo‘nalishni aniqladik. 
Taxminimizcha, ular Al-Toyir yulduzi tomonga uchishdi.
– Tushunarli. Sen ortga qaytaver, endi bu shaldiroq ke-
mang  bilan  ularga  yetib  bo‘psan,  –  deb  general  aloqani 
uzib qo‘ydi.
Endi Obma sodir bo‘layotgan voqealarni yaxshilab o‘y-
lashi, tahlil etishi va eng to‘g‘ri qarorni qabul qilishi kerak 
edi.  Hammasidan  ham  uni  bu  ishlarga  odam  bolasining 
aralashib qolgani hayratga soldi. Chunki odamlar shu kun-
ga qadar galaktika ishlariga aralashmagan. Ular hatto o‘z-
lariga eng yaqin bo‘lgan sayyoralarga ham borishmagan. 
Aslida,  buning  uchun  odamda  imkoniyat  ham  yo‘q.  Shu 
sababli ular bilan hech kimning ishi ham bo‘lmaydi. Odam-
larda qandaydir ulug‘vor bir qudrat borligi sabab galaktika-
ning biror qavmi ularga zarar yetkazishga jur’at etmaydi. 
Lekin  nega  endi  dabdurustdan  galaktikadagi  favqulodda 
bir voqeaga odamlar aralashib qoldi?.. Shular haqida o‘y-
larkan, Obmaning xayolini yana bir fikr egallab oldi: «Ga-
laktikada  o‘zi  nimalar  bo‘lyapti?  Shuncha  umr  ko‘rib  bu-
naqa  kema  haqida  eshitmagan  ekanman. Yoki  bu  o‘zga 


78
galaktikaliklarning kemasimikan? Nahotki, o‘zga galaktika-
larda ham hayot bo‘lsa?!» Obma shu kabi o‘ylar bilan bir 
muddat chalg‘ib qoldi. So‘ng ishongan sarkardasi Ragoni 
chaqirib  salmirliklarning  yulduzlararo  uchar  kemasini  sa-
farga hozirlashni buyurdi.
– Bugun yangi kemamizda birinchi marta safarga chiqa-
miz. Manzil uzoq – Al-Toyir yulduzi. Ammo bizning kema 
uchun bu ikki kunlik yo‘l. Qani, ko‘raylik-chi, o‘zi galaktika-
da nima gap ekan?
Shu tariqa general Obma boshchiligidagi eng sara 20 
nafar qaroqchi salmirliklardan olib qo‘yilgan kemaga minib 
yo‘lga chiqishdi. Yo‘l-yo‘lakay Obma va Rago safar rejala-
rini kelishib olishdi.
Qaroqchilar Al-Toyir yulduziga yaqinlashib, yulduz tizi-
midagi  sayyoralarga  o‘zlarining  josuslarini  yubora  bosh-
ladilar.  Bu  josuslar  osongina  o‘z  qiyofasini  o‘zgartirib, 
borgan  sayyorasida  yashaydigan  mavjudotlarga  o‘xshab 
olishar edi. Ayyor josuslar sayyoralardagi aholi gavjum joy-
larga  borib,  o‘zga  sayyoraliklarning  suhbatini  tinglashar, 
bilmagan kishiday savol berishar va ko‘p narsani aniqlab 
olishardi. Mana, hozir ham Zagun sayyorasiga yuborilgan 
josus noyob fazo kemasiga ega «kelgindi»lar ikki kun oldin 
Maanen yulduzi tomonga uchib ketganini aniqlab qaytdi.
Bu xabarni olishi bilan Obma vaqtni boy bermay kema 
yo‘nalishini Maanen yulduzi tomonga burdi.
– General, Maanen yulduz tizimida miksliklarning teng-
siz lashkari bor, ulardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak, – dedi 
Rago.
– Bilaman, shuning uchun Miks sayyorasiga yaqin bor-
maymiz. Oldin vaziyatni bilib kelish uchun eng yaxshi jo-
susni  miksliklar  qiyofasida  sayyoraga  yuboramiz.  Balki, 
shundan so‘ng biror reja o‘ylab toparmiz.


79

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish