S. Mirzayev, O. Imomov, D. Inomjonov, I. Usmonaliyev, A. Najimov



Download 0,71 Mb.
bet8/18
Sana14.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#551598
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
jis tar amaliy mash

9-10-AMALIY MASHG’ULOTLAR.
O’QUVCHILARNING OVQATLANISH GIGIYENASI.
Ishning maqsadi: Maktab o’quvchilarining ovqatlanish gigiyenasi va xususiyatlari bilan tanishtirish.
Bolalarning ovqatlanishini to’g’ri tashkil etish (sift va miqdor jihatdan) ularning jismoniy va psixik normal rivojlanishining zarur sharti hisoblanadi hamda mehnat qobiliyati, yuqumli kasalliklarga bardoshli bo’lishlarida muhim ahamiyatga ega. Bolalarning ovqatlanishi kattalarnikiga o’xshaydi, ammo ularning anatomik- fiziologik xususiyatlari tufayli bir oz kattalardan farq qiladi. Bizga ma’lumki ovqatning tarkibi asosan bir xil modda-lardan (oqsil, yog’, uglevodlar, vitamin va mineral tuzlardan) iborat. Asosiy moddalar-oqsil-lar, yog’lar, uglevodlar 1:1:4 yoki 1:1:4,5 nisbatda qabul qilinadi. Bolalar ovqatida hayvon mahsulotlari ko’proq bo’lgani maqul. Bunda hyvon oqsilining solishtirma salmog’i umumiy oqsil salmog’iga nisbatan 60-65 % ni tashkil etishi kerak. Bolalar ovqat ratsioni tarkibida yetarli miqdorda go’sht, baliq, tuxum va sut bo’lishi ularning hayvon oqsiliga bo’lgan ehti-yojini qondiradi, jumladan 400-500 ml sut bo’lmog’i lozim. Bolalaning yog’ga bo’lgan ehtiyoji asosan sariyog’ va sit mahsulotlari hisobiga to’ldiriladi. Oqsillar asosan organizmda energetk va qurilish materiali sifatida funksiyalarni bajaradi, ya’ni ulardan hujayra va to’qimalarning eskirgan qismlari yangilanadi va asosiy strukturalar hosil bo’ladi. Yog’lar esa asosan energiya manbai hisoblanadi ( 1 g yog’ parchalanganda 9,3 kkal energiya hosil bo’la-di). Uglevodlar va oqsillar parchalanganda 4,1 kkal energiya hosil bo’ladi.
Hayvon mahsulotlaridan olinadigan yog’lar ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari qatorida yog’-da eriydigan vitaminlar A,D,E, K manbai hisoblanadi. Bolalar ovqatida ortiqcha yog’ bo’lishi moddalar almashinuvi va ovqat hazm bo’lishining buzilishiga, oqsilning yomon ozlashtirilishiga, semirib ketishga sabab bo’ladi. Bolalarning yog’ga bo’lgan ehtiyoji asosan sariyog’ va sut mahsulotlari hisobiga qondirilishi lozim. Uglevodlar – organizm energiya sarfini qoplaydigan asosiy manba hisoblanadi. Uglevodlar asosan o’simlik mahsulotlarida: non, yormalar, kartoshka,qand, sabzavotlar va mevalarda bo’ladi. Tabiiy mahsulotlarda ugle-vodlar monosaxarid (glyukoza, fruktoza va galaktoza), disaxarid (saxaroza, laktoza,maltoza) va polisaxaridlar (kraxmal, glikogen, selluloza) sifatida bo’ladi. Vitaminlar organik birikmalar bo’lib organizmdagi hayotiy jarayonlarni normal o’tishida muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda vitaminlarning 50 dan ortiqroq turi aniqlangan bo’lib, ular ikki guruhga bo’linadi: suvda eriydigan va yog’da eriydigan vitaminlar. Suvda eruvchi vitaminlarga B guruh vitaminlari, PP, C vitaminlari, yog’da eruvchi vitaminlarga esa A,D,E,K vitaminlari kiradi. Ovqatda vitaminlar yetishmasa ish qobiliyati pasayib, ba’zan og’ir kasalliklar kelib chiqadi. Biroq shuni bilish kerakki, ayniqsa vitamin preparatlarini ortiqcha iste’mol qilish ham juda zararlidir.
Vitamin A – organizmning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydi. Ovqat tarkibida A vitamini yetishmasa ko’z kasalligi- shabko’rlik, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshilik qilish qobiliyati pasayib ketishi, terining o’zgarishi va ko’chishi, sochlarning xira-lashib to’kilishiga olib keladi. A vitamini sut mahsulotlari yog’larida, tuxum sarig’i, sabzi, pomidor, baliq yo’g’i, qovoq, o’rik, xurmo, ismaloq va na’matakda ko’p bo’ladi. Ovqatda B1(tiamin) bo’lmaganda odam tez charchaydi va asabi buziladi. U o’simlik urug’ida, non, no’xat, loviya, suli, grechixa, go’sht, tuxum va sut tarkibida ko’p bo’ladi. Vitamin B2 yetarli bo’lmaganda o’sish va rivojlanishda ortda qolish, og’ish shilliq pardasi (og’iz burchagi), shuningdek ko’z, burun qanotlari yallig’lanishi kuzatiladi, quloq orqasi ekzema bilan qoplanadi, yorug’likdan qo’rqish, ko’zning yoshlanishi, sochning tez to’kilib ketishi kabilar kuzatiladi.
Vitamin B2 ko’katlar bargi, karam, pomidor, pivo achitqisi, sut, go’sht, jigar va tuxumda ko’p bo’ladi. Vitamin B6 dukkakli o’simlikar, go’sht, jigar, baliq tarkibida ko’p bo’ladi. Bu vitamin yetishmasa teri va shilliq pardalar yallig’lanadi, muskullar kuchsizlanadi hamda nor-mal harakalanish buziladi. Vitamin B12 yetishmasa kamqomlik kasali vujudga keladi. U asosan hayvon mahsulotlarida, ayniqsa jigar, buyrak, ikra, go’sht, tuxum va go’shtda ko’p bo’ladi. Vitamin PP (nikotin kislota) xuddi vitamin B2 kabi modda almashinish jarayonida ishtirok etadi. Bu vitamin yetishmasa pallagra (“shildiroq teri”) kasalligi rivojlanadi, bu teri-ning keskin o’zgarishida, ichaklarning buzilishida (ich ketish) va nerv-psixik faoliyatning buzilishi (psixikaning tormozlanishi)da namoyon bo’ladi. U ko’plab oziq-ovqat mahsulotla-rida bo’ladi. Asosiy manbalari pomidor, kartoshka, sabzi, karam, javdar va bug’doy nonlari hisoblanadi. Shuningdek, vitamin PP sariyog’da, baliq va sutda ham bo’ladi.
Vitamin C (askorbinat kislota) organizmda kechadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari-da qatnashadi. Uning ta’sirida organizmning yuqumli kasalliklarga qarshiligi va ish qobiliya-ti ortadi. U yetishmaganda milk qonaydi, odamni uyqu bosadi, xotira susayadi. Vitamin C asosan yashil sabzavotlarda va xo’l mevalarda (ko’k piyoz, qora smorodina, na’matak,limon, apelsin, pomidor, karam va hokazolarda ko’p uchraydi. Vitamin D yetishmasa organizmda mineral tuz almashinuvi buziladi va raxit kasalligi kelib chiqadi. D vitamini quyosh nuri ta’sirida terida sintezlanadi. U baliq ikrasi, baliq yog’i, sariyog’, tuxum sarig’ida ko’p bo’la-di. Vitamin E (tokoferol) jinsiy gormonlar ishini boshqaradi, yetishmasa odamning jinsiy faolligi susayib ketadi. Umuman olganda bu vitamin butunlay yo’qolib ketishi kuzatilmaydi, chunki vitmin E asosan donlarda ya’ni bug’doy nonida ko’proq, qolaversa tuxum sarig’i, o’simlik yog’lari, go’sht, na’matak, pomidorda ham bo’ladi. Vitamin K yetishmasa qon ivishi va jarohatlangan qon tomirlarning qisqarib qonni to’xtatishi jarayonlari buziladi. U yashil ko’katlar, sabzi, na’matak, pomidor, jigarda ko’p bo’ladi. Mineral tuzlar organizmni energiya bilan ta’minlamasada, ular oqsil sintezi va boshqa bilogik muhim jarayonlarni normal o’tishida muhim ahamiyatga ega. Jumladan Ca va P elementlari suyaklar tarkibiga kirib, kalsiy fosfat tuzlari suyakning asosiy anorganik qismini tashkil etadi. Bu elementlar yetishmasligi natijasida suyaklar tarkibida salbiy o’zgarishlar yuzaga kelib, yumshab ketadi. Bundan tashqari Ca qon ivishida muhim element hisoblanadi. Fosfor (P) esa energiya manbai bo’lgan ATF molekulasi tarkibiga kiradi. Kalsiy (C) sut mahsulotlari, tuxum va ikrada ko’p uchrasa, fosfor esa baliq, jigar, miya, tuxum sarig’i va qotgan nonda ko’p bo’ladi. Magniy kalsiyga antogonist hisoblanadi ya’ni suyaklarni yumshatib yuboradi. Mg (magniy) dukkakli don maxsulotlarida ko’p boladi. Organizmda temir (Fe) elementi yetish-sa kamqonlik kasalligi kelib chiqadi. U jigar, buyrak, miya, baqlajon, dukkaklilar,shaftoli, olma va olxo’rida ko’p bo’ladi. Natriy xlorid (NaCl) qon va to’qimalarda osmotik bosimni saqlashda ishtirok etadi. Unga organizmning sutkalik talabi 10-15 gr. Yuqoridagi makroele-mentlardan tashqari mikroelementlar ham bola organizmi uchun zarur. Bularga yod, ftor, mis, kobalt, marganets va rux kiradi. Yod qalqonsimon bez gormonlari tarkibiga kiradi, u yetishmasa buqoq kasalligi kelib chiqadi. Yod- dengiz balig’i, sut, tuxum va karamda ko’p bo’ladi. Ftor suyaklar va tishlar tarkibiga kiradi, uyetishmasa tishlar dog’lanishi,xatto chirishi holarlari kuzatilishi mumkin. Mis oragnizmda qonning shaklli elementlari hosil bo’-lishida ishtirok etadi, u oksidlovchi fermentlar tarkibiga kiradi. U jigar va treska balig’i (jigari)da ko’p boladi. Kobalt ham mis kabi qon hosil bo’lishida qatnashadi, u qizilqalampir, jigar, buyrak, tuxum, ayrim baliq, karam va sabzida ko’p bo’ladi. Marganets suyak to’qimalarining shakllanishi, qon hosil bo’lishi, bo’y o’sishi va jinsiy rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Odatdagi ovqat ratsoini-da unga bo’lgan talab to’la-to’kis qondiriladi. Rux bir qator fermentlar tarkibiga kiradi, u homilaning normal rivojlanishiga ham aloqador. Go’sh,jigar, mol yog’i, qo’ziqorin, dukkakli va donli ekinlarda ko’p miqdorda bo’ladi.
Suv barcha tirik organizmlarning asosiy tarkibiy va zaruriy qismi hisoblanadi. Hujayralar-dagi suvning miqdori yetarli bo’lgandagina hayotiy jarayonlar normal kechadi. Odam organiz-mining 65% i suvdan iborat. Odam tana massasiga nisbatan 2% suv ( 1-1,5 l) yo’qotsa tashna-lik, 6-8% yo’qotsa chala behushlik, 10% yo’qotsa gallyutsinatsiya paydo bo’ladi, yutinolmay qoladi, 12% dan ortiq suv yo’qotsa halok bo’ladi. Hayvonlar 20-25 % suv yo’qotsa halok bo’ladi.
Maktab o’quvchilari uchun bir sutkalik suv normasi 1,2-1,5 l , bu kattalarda o’rtacha 2,5 l ni tashkil etadi. Maktab o’quvchilari uchun kuniga 4 mahal ovqatlanish tavsiya etiladi. Bunda nonushta sutkalik kaloriyaning 25 %ini, tushlik ovqat 35-40 % ini, kechki choy 10-15 % ini, kechki ovqat 15-20 % ini tashkil qilishi kerak. Maktab bolalari uchun zarur ovqatning tarkibiy qismi, kaloriyasi to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi jadvallarda berilgan. Shu jadvallardan foydalanib biror sinf o’quvchilari uchun kundalik ovqat ratsionini tuzing.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish