Russ nashriyotiga so‘z boshi


Raqobatchilaringizdan ko‘ra kamroq qiling



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

Raqobatchilaringizdan ko‘ra kamroq qiling  

  

Hammamiz biladigan naqllardan birida shunday deyilgan: raqobatchtlaringizni 



orqada qoldirish uchun ulardan afzalroq narsaga ega bo‘lishingiz kerak. Agar ular 

to‘rtta imkoniyatni taklif qilishsa, sizda bu taklif beshta bo‘lishi kerak (yoki 15ta, 

yoki 25ta). Agar ularning xarajati 20 ming dollarni tashkil etsa, siz 30 ming dollar 

sarflashingiz kerak. Agar ularning 50ta xodimi bo‘lsa sizda 100ta bo‘lishi kerak.   

“Sovuq urush” ruhida doimiy ustun bo‘lishga harakat qilish yo‘lning oxiriga 

olib boradi. Qurollanish poygasi sizdan katta miqdordagi pul, vaqt va engergiya talab 

qiladigan  oxiri  yo‘q  urushga  olib  keladi.  Undan  tashqari  sizni  doimiy 

himoyalanishga majbur qiladi. “Himoyalangan” kompaniyalar esa oldinga harakat 

qilish  haqida  o‘ylay  olishmaydi.  Ular  faqat  “orqadagi  sana”  haqida  o‘ylashlari 

mumkin. Ular yo‘l ko‘rsatishmaydi, ular quvib yetishadi.   

Boshqa yo‘l ham bormi? Ha bor. Raqobatchilarni yutish uchun ulardan ko‘ra 

kamroq  ish  qiling.  Oddiy  vazifalarni  bajaring  va  ularga  qiyin  va  yoqimszlarini 

qoldiring. “Bir qadam ko‘proq” qilishdan ko‘ra “bir qadam kamroq” qiling. Ortig‘i 

bilan bajargandan ko‘ra oxirigacha bajarmaslikni sinab ko‘ring.   

Bunga  Velosport  dunyosidan  ajoyib  bir  namunani  keltirish  mumkin.  Ilg‘or 

velosiped  brendlari  yillar  davomida  yuqori  texnologiyali  asbobuskunalar:  ulovchi 

mexanizmi  va  ultrasepli  diskli  tormozi  bor  mauntinbayklar  yoki  ugleplastikdan 

                                           

13

 Бу сарёғ эмаслигига ишона олмайман..  




tayyorlangan  “hammasi ketma-ket” va  o‘nta uzatkichli  yengil  yo‘l  velosipedlarini 

ishlab chiqarishga bor diqqatini qaratishdi. Bunda velosipedda ko‘pgina tezliklar: 3, 

10, 21 va h.klar bo‘lishi kerak deb hisoblangan.   

Lekin, yaqindagina, o‘zining texnologiyasi kamligiga qaramasdan belgilangan 

uzatishga  ega  velosipedlar  mashhurlik  cho‘qqisiga  chiqishdi.  Bu  velosipedlarda 

faqat  bitta  tezlik  bor.  Bir  nechta  modellarida  qo‘l  tormozi  ham  yo‘q.  Ularning 

afzalligi  shundaki,  ular  soddaroq,  osonroq,  arzonroq  va  qiyin  parvarish  talab 

etmaydi.   

Raqobatchilarining tarkibiy to‘plamidan ustun kelgan omadli mahsulotga yana 

bir  ajoyib  namuna  –  The  Flip,  “olib  bor  va  suratga  ol”  formatidagi  ultraoddiy 

kompakt videokamera bo‘lib, qisqa muddatning ichida bozorning ahamiyatli qismini 

zabt etdi. The Flip xaridorlarga taqdim etmaydigan ro‘yxatga qarab chiqing:  

•  Katta ekran yo‘q (kichik ekran hattoki avtoportret qilishga ham imkon 

bermaydi);  

•  Fotografiya qilishning imkoni yo‘q;  

•  Kaseta  yoki  disklarning  yo‘qligi  (videoni  kompyuterga  yuklab 

olishingizga to‘g‘ri keladi);  

•  Menyu yo‘q;  

•  Sozlash yo‘q;  

•  Videoizlovchi yo‘q;  

•  Maxsus effektlar yo‘q;  

•  Quloqchinlar uchun bo‘linma yo‘q;  

•  Linza uchun qopqoq yo‘q;   Xotira kartasi yo‘q;  

•  Optik kattalashtirish yo‘q.  

The Flip faqatgina bir necha oddiy narsalarni qila oladi va juda yaxshi qiladi. 

shuning uchun ko‘pchilik uni afzal ko‘radi. Undan foydalanish oson va qiziq. U katta 

kamerani  joylashning  iloji  bo‘lmagan  joyga  sig‘adi  va  uni  oldin  biror  bir  kamera 

ishlatmagan odamlar ham ishlata oladi. Sizning biror mahsulotingiz va xizmatingiz 

kamroq  vazifa  bajara  olishidan  uyalmang.  Uni  barchaga  taqdim  eting.  U  bilan 

g‘ururlaning.  O‘z  “minimum”ingizni  sotishda,  raqobatchilaringiz  o‘zining  uzun 

ro‘yxatdagi imkoniyatlarini sotgani kabi, agressiv bo‘ling.  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish