Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik



Download 0,65 Mb.
bet88/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

3. Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik
Bugungi kunda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish butun dunyoda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Zero, davlat rahbari Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”.
Korrupsiyaviy jinoyatlar nafaqat milliy, balki xalqaro darajadagi xavf hisoblanadi. Milliy doiradagi xavf sifatida, korrupsiya davlatning rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, xalqning davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytirsa, xalqaro darajadagi xavf sifatida davlatlar va millatlar o‘rtasida nizolarning avj olishi, siyosiy beqarorlik, xalqaro normalar va umume’tirof etilgan prinsiplarning qo‘pol ravishda buzilishiga sabab bo‘ladi.
Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish yanada jadal tus oldi. Eng avvalo, 2008 yil 7 iyuldagi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturi a’zosiga aylandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra 2016 yil 14 oktyabrda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi QL-164-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi kiritilganligi bilan boshlab berildi. Zero, mazkur hujjat korrupsiyaga qarshi kurashishning davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tirof etilganligini anglatar edi.
Mazkur loyihaga asosan, 2017 yilning 3 yanvarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonun qabul qilindi. Bu bilan, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi 5-moddasida ko‘rsatilgan talablar bajarildi. Shunday qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining barcha tegishli xalqaro standartlarni o‘z ichiga olgan, zamon talablariga javob beruvchi, xorijiy analoglaridan qolishmaydigan darajadagi qonuniy asosi yaratildi.
Qonunning samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tarkibi tasdiqlanib, uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida, korrupsiyaviy jinoyatlarning yildan yilga sezilarli ravishda kamayishiga erishilmoqda. Jumladan, o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 2019 yilda jami 994 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1339 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 40 nafari respublika, 115 nafari viloyat 1184 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar va idoralarda ishlab kelgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 660 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 167 nafari firibgarlik, 135 nafari soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, 127 nafari pora olish-berish yoki unda vositachilik qilish, 47 nafari mansabni suiiste’mol qilish, 25 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 11 nafari mansab soxtakorligi va 145 nafari boshqa jinoyatlari uchun javobgar bo‘lgan. Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 853 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 1 trln. 746 mlrd. so‘mi yoki 94,1 foizi undirilgan.
2021 yilning 3 oyi davomida esa, respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 4 nafari viloyat va 111 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 50 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 21 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 7 nafari firibgarlik, 6 nafari mansab soxtakorligi, 3 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 1 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish va 27 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan. Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 51,3 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 18,3 mlrd. so‘mi undirilgan.
Respublikamizda 2020 yil davomida korrupsiyaga oid sodir etilgan jinoyatlarga doir statistika quyidagi ko‘rinishga ega. Jumladan, Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra sudlar tomonidan 2020 yil davomida korrupsiya bilan bog‘liq (JK 205-214, 243-moddalari) jami 2 270 nafar shaxsga nisbatan 1 502 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Korrupsiya jinoyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortilgan.
2020 yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar yuzasidan 610 ta shaxsga axloq tuzatish ishlari, 539 ta shaxsga ozodlikni cheklash, 403 ta shaxsga jarima, 300 ta shaxsga ozodlikdan mahrum qilish, 13 ta shaxsga muayyan huquqdan mahrum qilish va 4 ta shaxsga nisbatan majburiy jamoat ishlari kabi jazolar qo‘llangan. Shuningdek, 47 ta shaxs shartli hukm qilingan, 151 shaxsga jazo qo‘llanilmagan, 56 ta shaxs esa jazodan ozod qilingan.
Shuningdek, ushbu illatga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakillantirishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Shunga qaramasdan, hozirgi kunda ham ko‘pgina sohalarda korrupsiyaning ildizi saqlanib qolmoqda
Sohada amalga oshirilgan ishlar samarasi xalqaro doirada ham e’tirof etib kelinmoqda. Zero, mamlakatimiz “Transparency International” korrupsiyaga qarshi tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksi (Corruption Perception Index)da 2015-2019 yillarda 19 baldan 25 balga ya’ni, olti ball yuqorilab 180 mamlakat ichida 153-o‘ringa yuqoriladi.
Ammo mazkur ko‘rsatkichlar yetarlicha bo‘lmasdan, korrupsiyaga qarshi kurashishdan ko‘zlangan natijaga erishish va bu borada O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilashga bir qator muammolarning mavjudligi to‘siq bo‘lmoqda. Shunday muammolarning bir nechtasiga quyida to‘xtalamiz.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan
“korrupsiya” tushunchasiga rasmiy ta’rif berildi. Zero, Qonunning 3-moddasiga muvofiq, “korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”dir.
Mazkur ta’rif xalqaro standartlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, “korrupsiya” atamasining mazmunini ochib beruvchi eng muhim elementlarni to‘liq qamrab olgan. Ammo amaldagi jinoyat qonunchiligimizda mavjud bo‘lgan korrupsiyaviy jinoyatlarga oid moddalarning dispozisiyalari ushbu ta’rif va umuman olganda bugungi kun antikarrupsion siyosati talablariga to‘liq javob bermaydi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 210-moddasi pora olishga mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, deya tarif beradi.
Bunda, qonun chiqaruvchi pora olish jinoyati nafaqat pora berayotgan shaxs, balki o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilishi mumkinligini e’tiborga olmagan.
Shuningdek, kodeksda pora predmeti sifatida faqatgina moddiy qimmatliklar va mulkiy manfaat e’tirof etilgan. Vaholanki, yuqorida korrupsiya tushunchasiga berilgan ta’rifdan ko‘rib turganimizdek, mazkur jinoyat nomoddiy naf olish maqsadida ham sodir etilishi mumkin. Shu kabi muammolarni JKning 1929-19210, 211, 213-214-moddalari dispozisiyalarida ham ko‘rishimiz mumin.
Bundan tashqari, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida mavqeni suiiste’mol qilish hamda noqonuniy boyish ham ko‘rsatilgan bo‘lib, amaldagi milliy jinoyat qonunchiligimiz mazkur jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutmaydi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi uchun tavsiyalarida yuqoridagilardan tashqari pora so‘rash, taklif qilish, porani olish haqidagi taklifni qabul qilish yoki pora berishga rozilik bildirish kabi harakatlar ham JKning 210-211-moddalari dispozisiyasi bilan qamrab olinib, tamom bo‘lgan mustaqil jinoyat sifatida e’tirof etilishi hamda ular uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi tavsiya etilgan.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standartlar yuridik shaxslar ham korrupsiyaviy jinoyatlarning sub’yekti bo‘la olishi haqidagi normalar milliy qonunchilikda mustahkamlanishi lozimligini nazarda tutadi. Mazkur masalada xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 70 dan ortiq mamlakatlarda yuridik shaxslar uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilikni takomillashtirishning yana bir yo‘nalishi bu – definision tuzilmalarni takomillashtirish ya’ni, alohida tushuncha va kategoriyalarni modernizasiya qilishdan iboratdir.
Amaldagi jinoyat qonunchiligimiz “korrupsiyaviy jinoyatlar” tushunchasiga ta’rif bermagani holda korrupsiyaviy jinoyatlarga aynan qaysi jinoyatlar kirishi masalasiga ham aniqlik kiritmagan bo‘lib, fikrimizcha, Kodeksda mazkur turdagi jinoyatlarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilishi lozim.
Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleks xarakterga ega faoliyat bo‘lganligi sababli, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jinoyat qonunchiligini takomillashtirishning o‘zigina yetarli bo‘lmasdan, bir qator tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rishni taqozo etadi. Jumladan, korrupsiyaviy xolatlar yuzasidan xabar qilgan shaxslarning himoyasi masalasi alohida nazoratga olinishi lozim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muayyan natijalarga erishilgan bo‘lsa-da, istiqbolda bir qator vazifalarni amalga oshirish lozim. Korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementasiya qilinishi, shu jumladan, amaldagi jinoyat qonunchiligi bilan qamrab olinmagan korrupsiyaviy qilmishlar kriminalizasiya qilinishi, korrupsiyaviy qilmishlarning aniq doirasi belgilanishi kerak. Bunda, mamlakat ichidagi ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, mazkur turdagi jinoyatlar bo‘yicha milliy sud-tergov organlari amaliyoti, iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ijobiy tajribasi hamda xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari inobatga olinishi lozim.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish