Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA



Download 0,65 Mb.
bet84/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

15-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA
QARSHI KURASH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR

Reja


  1. Korrupsiyaga qarshi kurashishda jaxon tajribasi.

  2. O‘zbekistonda Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning xuquqiy asoslari.

  3. Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik

Adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. -Т.: Ўзбекистон, 2016. - 56 б.

  2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. -Т.: Ўзбекистон, 2017.

  3. Мирзиёев Ш.М. Милий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Асарлар 1-жилд. -Т.: Ўзбекистон. 2018.

  4. Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. Асарлар 2-жилд. -Т.: Ўзбекистон. 2018.

  5. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. Асарлар 3-жилд. -Т.: Ўзбекистон. 2019.

  6. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. Асарлар 4-жилд. - Т.: Ўзбекистон. 2020.

  7. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2021.

  8. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи: ўқув қўлланма / -Т.: Ғафур Ғулом. 2018. -632 б.

  9. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: Фан ва технология. 2019. 796 б.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jaxon tajribasi
Hozirgi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integrasiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylandi.
Aytish lozimki, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.
Bugun katta-yu kichik, boy va kambag‘al, qudratli va kuchsiz bironta davlatni korrupsiyadan holi hudud, deb aytolmaymiz. BMT va Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti bu ofat tufayli yiliga 1.5-2.6 trln. dollargacha zarar ko‘rmoqda.
Xo‘sh korrupsiya nima o‘zi, nega butun dunyo shu illatga qarshi kurashmoqda?
Korrupsiya mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy huquqiy hodisadir. Ma’lumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning ma’naviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o‘sishiga yordam beradi. Uning domiga ilingan amaldor shaxsiy manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘yishi natijasida, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi, chet ellik sheriklarda ham ishonchsizlik uyg‘otadi va ularni hamkorlikdan qaytaradi.
Korrupsiya muammosi so‘ngi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Hatto, ayrim siyosatchilar tomonidan korrupsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta’rif beriladi. Korrupsiyaning xalqaro munosabatlarga ta’sirini o‘rgangan tadqiqotchilar esa, rivojlangan “birinchi dunyo” mamlakatlari korrupsiya yordamida o‘zlariga ma’qul kelmagan hukumatlarni ag‘darib tashlashi, o‘zlariga xayrixoh rejim o‘rnatishi, amaldagi hokimiyatga oppozisiyani moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi degan xulosani bildirishgan.
Barcha xorijiy mamlakatlar amaliyotida korrupsiyaning oldini olishda samarali kriminologik tadqiqotlardan foydalanishga alohida e’tibor beriladi. Xususan, Skandinaviya davlatlari - Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya va Shvesiya adliya vazirlari tomonidan 1962 yilda tashkil etilgan Kriminologiya bo‘yicha Skandinaviya kengashi bu mamlakatlarda jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatini shakllantirishda ishtirok etishadi. Kengashning asosiy maqsadlari – ishtirokchi mamlakatlarda kriminologiya tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hukumatlarga tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Bu mamlakatlardagi jinoyat-huquqiy doktrinada axloqiy kategoriyalar va ijtimoiy qadriyatlar tizimi alohida o‘rin tutadi. Kriminologiya bo‘yicha Skandinaviya kengashi 15 ta a’zodan – har bir davlatdan uchtadan vakil, ikkitasi taniqli kriminolog va bitta adliya vazirligi vakilidan iborat . Skandinaviya mamlakatlari aholisi huquqiy ongiga ijtimoiy tenglik g‘oyasi, jamoatchilik va yuridik institutlarga ishonch, shaxs darajasida har xil hodisalarga bag‘rikeng-lik, shuningdek, “jinoyat”, “jinoyatchi”, “jazo” va “javobgarlik” singari huquqiy kategoriyalarga nisbatan namoyon bo‘luvchi umumiy adolat hissi xos hisoblanadi . Umuman Skandinaviya mamlakatlari uchun jinoyatchilikning ijtimoiy ildizlari asosiy kriminogen dominant degan qarash ustunlik qiladi. Skandinaviya davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki korrupsiyaga qarshi samarali kurashni tashkil qilish uchun kriminologik tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, bunda huquq yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalar kriminologiya sohasidagi tad-qiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadga muvofiqdir . Shuni aytish lozimki, Transperensi Interneyshnl (Transparency International) tashkiloti tomonidan 2009 yilda e’lon qilingan jahon mamlakatlarining korrupsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi reytingda Skandinaviya mamlakatlarida bu ko‘rsatkich eng past darajada ekanligi qayd etilgan. Unga ko‘ra, Yangi Zelandiya, Daniya, Singapur, Shvesiya, Shveysariya, Finlyandiya mamlakatlari bu borada eng past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlatlar hisoblanadi.
Korrupsiya, eng avvalo, har qanday mamlakatda davlat apparatining xalq oldidagi minimal majburiyatlarini bajarishda ojizligini anglatadi. Bu Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoning ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarini ham qamrab olgan va mazkur mamlakatlar uchun jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu mamlakatlarning barchasida korrupsiya xalqning qashshoqligi, mamlakatning qoloqligiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Gonkongda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil komissiya mazkur faoliyatda muvaffaqiyatli va keskin choralarni amalga oshira oluvchi institutlarga namuna bo‘lishi mumkin. Hokimiyat idoralari faoliyatini sinch-kovlik bilan – rasmiy institutlar, alohida fuqarolar tomonidan monitoring qilib borish, shuningdek, aybdorlarni sud ta’qibi Gonkongdagi korrupsiyaga qarshi kurashning asosi sifatida xizmat qiladi.
AQSHda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan maxsus qonun hujjati qabul qilingan.
“Foreign Corrupt Practices Act” deb nomlangan mazkur qonun hujjati Amerika kompaniyalarini shartnomalar tuzishda imtiyozlar va kafolatlar olishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berganlik uchun javobgarligini belgilaydi.
Singapurning sobiq bosh vazirlaridan Li Kuan Yu (1959-1990) “Qachonki hokimiyat xalq ishonchini oqlash uchun emas, shaxsiy boylik orttirish maqsadida faoliyat yurita boshlasa, bu axloq muammosi hisoblanadi. Uzoq vaqt mavjud bo‘lishini istagan jamiyat halollik prinsipiga amal qilishi lozim, aks holda jamiyat yashay olmaydi. «Korrupsiyani to‘xtatib qolishning eng oson usuli mansabdor shaxslarning o‘z bilganlaricha harakat qilishlari imkoniyatlarini kamaytirishda» degan edi . Shuni ta’kidlash joizki, Singapurning korrupsiyaga qarshi siyosati bu milliy qadriyatlarga amal qilishdan ko‘ra ko‘proq zaruriyat tufayli amalga oshirildi. Singapur xorijiy investisiyalarni mamlakatga jalb qilish uchun ularni noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. Transperensi Interneyshnl (Transparency International) tashkiloti e’lon qilgan 2009 yil mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi reytingda Singapur korrupsiya darajasi past bo‘lgan uchinchi, Osiyo mamlakatlari ichida esa, birinchi o‘rinda turishi qayd etildi. Mamlakatda sodir etilgan ayrim korrupsiya hodisalari ro‘y berganda uning ishtirokchilari tergov qilinib, aybdorlar sudlanib jazoga tortilgan. Shuni alohida qayd etish kerakki, korrupsiyaga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda. Singapurda korrupsiyaga qarshi kurashga rahbarlik bevosita siyosiy rahbarlar va mansabdor shaxslarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi va bu jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashga ixtisoslashgan organ Korrupsiya hodisalarini tergov qilish Byurosi hisoblanadi. Bu mustaqil organ korrupsiya bilan bog‘liq ishlarni tergov qiladi va Singapur iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorida uning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘radi. Byuro 1952 yilda tashkil etilgan, uning vakolatlari “Korrupsiyaning oldini olish to‘g‘risida”gi Aktda belgilab qo‘yilgan. Uning rahbari direktor hisoblanadi va bevosita Bosh vazir oldida hisobdor sanaladi. Bu biror-bir vazirning uning faoliyatiga aralashishiga, tergovni to‘xtatish va boshqacha ta’sir qilish mumkin emasligiga xizmat qiladi. Byuroga davlat xizmatida halollik va sotilmaslik prinsipi amal qilishi, xususiy sektorda korrupsiya aralashmagan bitimlar tuzilishi uchun javobgarlik yuklatilgan.
Shuningdek, uning vazifalari qatoriga davlat mansabdor shaxslarining o‘z vazifalarini suiste’mol qilish holatlarini tekshirish va shunday holatlar aniqlanganda tegishli organlarga intizomiy javobgarlikka tortish haqida ma’lumotlar berish vazifalari ham kiradi. Byuro davlat organlarining korrupsiya-lashishi sabablarini, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan davlat xizmatining zaif tomonlarini ham o‘rganadi. Singapurda (Moliya vazirligi) 1973 yil iyul oyidan boshlab maxsus korrupsiyaga qarshi kurash Dasturi amalga oshirila boshlangan. Dasturda qisman quyidagilar nazarda tutilgan edi: fuqarolar va tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni turli xil sansalorliklar va sudrashlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida takomillashtirish; yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning quyi turuvchi mansabdor shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirishda oshkoralikni ta’minlash; barqaror korrupsiyaviy bog‘lanishlarning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar rotasiyasini kiritish; to‘satdan tekshirishlar o‘tkazish; korrupsiyaga qarshi kurashda muhim hisoblangan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; korrupsiyaga qarshi kurash choralari majmuini har 3-5 yilda qayta ko‘rib chiqish.
O‘tgan asrning 90-yillarida yapon tadqiqotchilari korrupsiyaviy jinoyatchilikni kamaytirishda: hokimiyat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni oshkoralashtirish, mansabdor shaxslarni nazorat qilish uchun markaziy va mahalliy miqyosda mustaqil ombudsman institutini joriy etish, shu turdagi jinoyatlarga qattiq jazo tayinlash (deputatlikka saylanishdan mahrum qilish, umrbod yuqori lavozimga ko‘tarilishdan mahrum qilish, saylov guruhidagi shunga aloqador kishilarni jazolash), saylov kompaniyalarini moliyalashni to‘la davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirishni taklif etgan edilar. Yaponiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan birga noto‘g‘ri(tuhmatdan) pora olish haqida xabar berish ham, pora oluvchilarga nisbatan belgilangan jazoga – uch yil muddatga katorga jazosi yoki jarima jazosiga tortilishi mumkin. Jinoyat qonunchiligida amalga oshirilgan islohotlar orqali bir qator mansabdorlik jinoyatlariga beriladigan jazolar og‘irlashtirildi. Masalan, davlat va jamoat arboblarining mansabdorlik vakolatlari bilan hokimiyatni suiste’mol qilishiga 2 yilgacha katorga yoki turma qamog‘i jazosi belgilandi. Ilgari bunday jinoyat uchun shaxs 6 oygacha shunday jazoga tortilardi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash tizimini barpo etish bu borada keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda unga tanqidiy yondoshgan holda milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etishni taqozo qiladi.
Jamiyatni har tomonlama rivojlantirish har bir mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shunday davlatlar borki, ularning har birida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va unga qarshi kurashish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilingan. Haqiqatan, korrupsiya muammosi bugungi kunda dunyo miqyosida o‘z yechimini talab etayotgan birinchi masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, jahon hamjamiyati bu illatga qarshi keskin kurashmoqda. Bu yo‘nalishda bir qator xalqaro hujjatlar ham qabul qilingan bo‘lib, BMT homiyligida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish rezolyusiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashish deklarasiyasi (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (2000 y.), Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 y.) va boshqalar shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda korrupsiya haqida gapirar ekanmiz bu kuning eng muhim va dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Korrupsiya deb ataluvchi ushbu illatga qarshi nafaqat bizning mamlakat balki dunyodagi barcha mamlakatlar kurashib kelmoqda. Shuningdek, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashda muvaffaqqiyatga erishgan mamlakatlar mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadida, “Transparency International” xalqaro tashkilotining 2020 yilgi reytingida eng yuqori o‘rin egallagan 7 ta mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.

  1. Daniya qirolligi davlati korrupsiyaning minimal darajasi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi uchta reytingdan birini egallagan bo‘lib, davlat va tijorat sektorining o‘zaro ta’siri orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda eng katta yutuqlarga 2000 yillardan boshlab erishgan[1].

Natijada vazirlar va mansabdor shaxslar o‘zlarining mavqeyidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishlarining oldini olish maqsadida chet el kompaniyalaridagi o‘z aksiyalarini sotishga majbur bo‘ldilar.
Biroq, o‘tkazilgan bir qancha islohotlarga qaramay mamlakatda korrupsiya holati oz bo‘lsa ham saqlanib qolmoqda. Bu holatlar ko‘proq Daniya kompaniyalarining xorijiy maydondagi faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, davlat va biznes o‘rtasidagi korrupsiyaga qarshi hamkorlikning asosiy ahamiyati xalqaro savdo muammolariga qaratilgan.Ma’lumot uchun: 2020 yilda Jahon banki va Forbs jurnali tomonidan Daniya Yevropada biznes uchun eng yaxshi joy sifatida etirof etilgan. E’tiborli tomoni shundaki, Daniya davlatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida tashkilot“agentlik” mavjud emas.

  1. Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasi noyob va muvaffaqiyatli bo‘lib, uning ko‘p jihatlari boshqa mamlakatlarda moslashtirilishi va qo‘llanilishi mumkin[1].


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish