Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y



Download 0,65 Mb.
bet85/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

Ma’lumot uchun: Gruziya, korrupsiyani qabul qilish indeksida 2004 yilda
85-o‘rinni, 2014 yilda esa 50 o‘rinni egallagan. Bu davr (10 yil) Gruziya uchun korrupsiya holatlarini kamaytirishdagi eng ahamiyatli davr hisoblanadi[2].
Gruziyada davlat boshqaruvi tuzilmasini isloh qilish va korrupsiya darajasini pasaytirishda Amerika, Italiya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyaning tajribasi asos bo‘ldi. Shu bilan birga, ushbu vazifalarni amalga oshirishda Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va USAID kabi xalqaro tashkilotlarning maslahatchilari va ekspertlari jalb qilindi.
Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurash modelining o‘ziga xos xususiyati shundaki mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida organ mavjud emas. Gruziyada 2008 yilda korrupsiyaga qarshi kurashni muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha maxsus Kengash tuzilgan, unga Adliya vaziri rahbarlik qiladi va adliya vazirligining Analitik bo‘limi kengash kotibiyati vazifasini bajaradi.
Kengash 16 ta a’zodan tashkil topgan, biroq Kengashning o‘ziga xos xususiyati shundaki u o‘zining shaxsiy tarkibiga va byudjetiga ega emas, Kengash a’zolarining vakolatlari hukumat tomonidan tugatilishi mumkin.
Malumot uchun: Gruziyaning korrupsiyaga qarshi siyosati korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi, harakatlar rejasi va jinoyat kodeksi asosida amalga oshiriladi. Har bir vazir o‘z vazirligiga korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida alohida hisobot beradi.
Gruziyaning korrupsiyaga qarshi strategiyasi quyidagi oltita ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan:

  • samarali va korrupsiyadan holi davlat sektori;

  • raqobatdosh va korrupsiyadan holi xususiy sektor;

  • adolat tizimini takomillashtirish;

  • korrupsiyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirish;

  • korrupsiyaning oldini olish va siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish. Gruziyada amalga oshirilgan islohotlarning asosiy natijalari:

  1. Ichki ishlar organlarining yo‘l patrul xizmati inspektorlari 85 foizga yangilandi va ular soni bir necha bor qisqartirildi. Shuningdek, korrupsiya holatlariga aloqador barcha xodimlar ishdan bo‘shatildi va ularning aksariyati qamoq jazosiga hukm qilindi. Shu bilan bir qatorda Ichki ishlar organlari rolini kuchaytirish dasturi joriy etildi.

  2. Mamlakatda olib boriladigan islohotlar natijasida haydovchilik guvohnomasini olish bayram va dam olish kunlarisiz 24 soat ishlaydigan xizmat ko‘rsatish agentligi tomonidan amalga oshiriladi, avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish 15 daqiqa ichida amalga oshiriladi.

v) Davlat xizmatiga kadrlarni qabul qilish meritokratiya prinsipiga muvofiq amalga oshirildi (bir-birlari bilan hech qanday aloqasi, jumladan oilaviy aloqalari bo‘lmagan, bitta universitetda o‘qimagan va hk).
g) Soliq tizimida esa 25 ta soliq organlari qisqartirilib, faqatgina 6 ta soliq bo‘yicha organ qodirildi. Shuningdek, 2008 yilda bojxona to‘lovlari qisqartirildi va deyarli butunlay bekor qilindi, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlarini xususiylashtirishga ruxsat berish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
d) Korrupsiyaga qarshi kurashishda juda qattiq choralar ko‘rildi. Masalan, nafaqat korrupsiya huquqbuzarligi uchun, balki pora talab qilgan yoki taklif qilayotgan shaxslar uchun ham jinoiy jazo kuchaytirildi. Bundan tashqari, ayb prezumpsiyasi joriy qilindi, bunda mansabdor shaxs o‘z molmulkini qanday qilib qo‘lga kiritganligini tushuntirishi lozimligi belgilandi.
j) Korrupsiyaga qarshi strategiyani amalga oshirishda aholini keng doirada xabardor qilish, televideniyeda maxsus videofilmlarni namoyish qilish va fuqarolarni korrupsiyaga qarshi kurashda ishtirok etishga jalb qilindi.
3. Janubiy Koreyada 2020 yil 15 iyulda “Yuqori martabali mansabdor shaxslar o‘rtasida korrupsiyani tergov qilish boshqarmasini tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risida”gi 16863-son qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunga asosan, yuqori lavozimda ishlab keladigan amaldorlarga qarshi shikoyatlarni tekshirish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi (Corruption Investigation Office – CIO) tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar tergovini amalga oshiradi.
Boshqarma quyidagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan tergov harakatlarini olib boradi:

  • Prezident;

  • milliy yig‘ilish raisi va uning a’zolari;

  • bosh vazir;

  • Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud raislari;

  • bosh prokuror;

  • sudyalar va prokurorlar;

  • ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari;

  • milliy xavfsizlik boshqarmasi, Prezident xavfsizlik xizmati va boshqalar (to‘liq ro‘yhat qonunning 2-moddasida ko‘rsatilgan).

Shuningdek, boshqarma quyidagilar yuzasidan surishtiruvni amalga oshiradi:

  • Koreya JKning 122-133 moddalarida nazarda tutilgan, mansabdor shaxslarning vazifalarini bajarish bilan bog‘liq jinoyatlar (pora olish, mansab vakolatini suiste’mol qilish, rasmiy sirlarni xususiy kompaniyalarga oshkor qilish);

  • JKning 144, 225, 227, 227-2, 229 moddalarida nazarda tutilgan mansab sohtakorligi hamda hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar;

  • JKning 355, 357, 359 moddalarida nazarda tutilgan o‘g‘irlik va mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatlar;

  • “Advokatlar to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan vositachilik uchun pora olish va boshqa jinoyatlar.

Boshqarma nafaqat ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilingan yuqori lavozimli mansabdor shaxslarni, balki quyidagilarni ham tekshirishi mumkin:

  • yuqori lavozimli mansabdor shaxslarga pora bergan shaxslarni;

  • yuqori lavozimli mansabdor shaxslarning oila a’zolariga pora bergan shaxslarni; – yuqori lavozimli mansabdor shaxs yoki uning oila a’zosi tomonidan sodir etgan jinoyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslarni (masalan, jinoyatchiga boshpana berish, qochish, yolg‘on guvohlik berish, dalillarni yo‘q qilish);

  • yuqori lavozimli mansabdor shaxslarni yuqorida sanab o‘tilgan jinoyatlarni sodir etganlikda yolg‘on ayblagan shaxslarni.

Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi faqat tergov olib boradi va to‘plangan ma’lumotlarni prokuratura organlariga yuboradi.
Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi boshlig‘i Prezident tomonidan tayinlanadi va uning tarkibiga 25 prokuror hamda 40 tadan ko‘p bo‘lmagan tergovchilar kiradi.
Ma’lumot uchun:Janubiy Koreyada korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasini yaratish jarayoni 20 yildan ortiq davom etgan. Bunday organni tashkil etish bo‘yicha birinchi qonunchilik tashabbusi 1996 yilda paydo bo‘lgan.
Braziliyada 2013 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 12.846-son qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun yuridik shaxslarni (kompaniyalar, korxonalar) ularning hodimlarini korrupsiyaga oid xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun jazolashni nazarda tutadi.
Ushbu qonunga binoan kompaniya xodimlari korrupsiyada aybdor deb topilganda kompaniyaga nisbatan quyidagi choralar qo‘llaniladi:

  • kompaniyaning yillik yalpi daromadining 0,1 foizidan 20 foizigacha miqdorda jarima (agar bunday daromad miqdorini belgilashni iloji bo‘lmasa, sudya 6 ming realdan 60 million realgacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga haqlidir);

  • korrupsiyaviy faoliyat natijasida yetkazilgan zararni undirish;

  • korrupsiyada aybdor deb topilgan kompaniya hodimining qilmishlarini sudning kuchga kirgan qarori asosida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;

  • davlat moliya institutlaridan resurslarni (kreditlar, subsidiyalar, imtiyozlar) olish huquqini

1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga cheklash;

  • jazo muddati davomida shartnomalar tuzishni taqiqlash; – kompaniya faoliyatini vaqtincha taqiqlash va boshqalar;

4. Gollandiyada ham Daniyada bo‘lgani kabi korrupsiyaga qarshi kurash samarali yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha muhim vakolatlarga ega “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat xavfsizligi” tizimi yaratilgan .
Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • har yili aniqlangan korrupsiya faktlari va korrupsiyaga aloqador shaxslarni jazolash bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida parlamentga hisobot taqdim etish;

  • korrupsiya harakatini sodir etganlik uchun asosiy jazo turi sifatida ijtimoiy nafaqalarni to‘xtatgan holda davlat tashkilotlarida ishlashni ta’qiqlash; – korrupsiya harakatini sodir etganlik uchun jarima to‘lash va vaqtinchalik hizmatdan chetlashtirish;

  • korrupsiya nuqtai nazaridan xavfli bo‘lgan lavozimlarga shaxslarni tanlashni tashkil etish;

  • korrupsiya jinoyatlariga oid barcha materiallarni jamoatchilik muhokamasiga yetkazish

(milliy xavfsizlik tizimiga ta’sir qiluvchi holatlar bundan mustasno);

  • mansabdor shaxslarni korrupsiyaning zararini tushuntirish bo‘yicha maxsus o‘quv

kurslarida o‘qitish;

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish