Amfibiyalar eng sodda tuzilgan quruqlikda yashovchi umurtqalilar. Tuxumlari tashqi muhitda (suvda) urug'lanadi. Lichinkasi suvda rivojlanadi, metamorfoz orqali voyaga yetadi. Ana shu davrda lichinkaning jabrasi o'pka bilan almashinadi, ikki juft quruqlikda harakatlanish organi besh barmoqli oyoqlari paydo bo'ladi, qon aylanish va sezgi organlari sistemasida katta o'zgarishlar sodir bo'ladi. Shuning bilan birga amfibiyalaming quruqlikda yashashga moslanish belgilari uncha yaxshi rivojlanmagan. O'pkasi kuchsiz rivojlanganligi tufayli terisi ham nafas olishda ishtirok yetadi. Uch kamerali yuragi qonni arteriya va vena qoniga ajratishga imkon bermaganligi tufayli ko'pchilik tomirlarida aralash qon oqadi. Harakat organlari kuchsiz rivojlanganligidan tanasini yerdan ko'tarib turolmaydi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilaming tuzilishi baqa misolida ko'riladi (31 —rasm). Baqaning terisi yalang'och bo'lib, unda shox suyak tangachalari bo'lmaydi. Epidermisida ko'p hujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko'p bo'ladi. Shilimshiq modda terini qurib
116
www.ziyouz.com kutubxonasi
qolishidan saqlaydi. Terisi muhiin nafas olish organ! hamdir. Baqaning terisi boshidan oyog'igacha gavdaga yopishmagan bo'ladi, shu joylarda limfa bilan to'ldirilgan bo'shliqlar bo'ladi.
31 - rasm. Baqaning tashqi va ichki tuzilishi. A — tashqi tuzilishi: 1 — burun teshigi, 2 — nog'ora pardasi, 3 — rezonator, 4 — teri qatlami, 5 — kloaka teshigi, 6 — ko'zi; B — ichki tuzilishi: 1 — yurak, 2 — o'pka, 3 — jigaming chap pallasi, 4 — jigaming o'ng pallasi, 5 — o't pufagi, 6 — oshqozon, 7 — oshqozon osti bezi, 8 — o'n ikki barmoqli ichak, 9 — ingichka ichak, 10 — to’g'ri ichak, 11 — taloq, 12 — kloaka, 13 — siydik pufagi, 14 — siydik pufagi teshigi, 15 — buyrak, 16 — siydik yo'li, 17 — siydik yo'lining kloakadagi juft teshigi, 18 — o'ng tuxumdon (chap tuxumdoni olib tashlangan), 19 — yog' tanacha, 20 — o'ng tuxum yo'li, 21 — chap tuxum yo'li, 22 — tuxum yo'lining bachadon qismi, 23 — tuxum yo'lining kloakaga ochilgan teshigi, 24 — orqa aorta, 25 — orqa kovak vena, 26 — umumiy uyqu arteriyasi, 27 — aortaning chap yoyi, 28 — o'pka —teri arteriyasi.
Skeleti umurtqa pog'onasi, bosh skeleti, erkin oyoqlar skeleti va ulaming kamar skeletidan tashkil topgan (32 —rasm).
117
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |