Elektr skatlar (Torpedinidae) tanasi yumaloq, tumshug'i(rostrumi)bo‘lmaydi. Dumi kalta, suzgichlari sferik shaklda. Tanasining ikki yonida ko'krak suzgichlari bilan boshi oralig'ida elektr organi joylashgan. Bu organ shaklan o'zgargan muskul to'qimasidan iborat. Har bir elektr organi vertikal joylashgan teri katakchalariga o'xshaydigan yuzlab ustunchalardan iborat. Ustunchalarning orasi g'ovak to'qima bilan to'lgan. Har bir ustuncha elektr batareyasiga o'xshash quyuq modda bilan to'ldirilgan 350 — 400 diskdan iborat. Skat hosil qilgan elektr razryadi 8 voltdan 220 voltgacha yetadi. Elektr skatlar dengiz tubida kam harakat qilib yashaydi. Hamma okeanlarning subtropik va tropik qismida uchraydi.
Oddiy elektr skat (Torpedo marmorata) Atlantikaning sharqiy sohillarida va O'rta yer dengizida keng tarqalgan. Tog'ayli baliqlar dunyo miqyosida ushlanadigan baliqlaming 1,5 — 2 foizini tashkil etadi. Avstraliya va Yaponiyada ko'pchilik tog'ayli baliqlar ozuqa sifatida ishlatiladi.
Akulaning jigaridan vitamin "A"ga boy bo'lgan baliq yog'i olinadi. Bulardan tashqari, akula va skatlaming terisidan poyabzal va galantereiya mahsulotlari tayyorlanadi.
Test topshiriqlariga javob bering
Tog'ayli baliqlar qanday tuzilgan?
a — boshi ikki yonida besh juft jabralari bor, b — dum suzgichi ustki bo'lagi ostki bo'lagiga nisbatan yirik, d —boshi suyakdan va tog'aydan iborat, e —terisi plakoid suyak tangachalar bilan qoplangan, f—dum suzgichi teng bo'lakli.
A — a,d,e;
B — b,d,e;
D — a,b,e;
E — b,d,f;
F — a,f,g.
99
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tog'ayli baliqlarga mansub turkumlarni ko'rsating.
a — akulalar, b — shu'la qanotlilar, d — suyak — tog'aylilar, e — skatlar.
A — a,e; B — b,d;
D — a,b; E — d,e;
F — b,e.
Akulalarga mansub turlami ko'rsating?
a —katran, b —tikan dumli, d —arrabaliq, e —dengiz avliyosi,
f—kitsimon, g — arraburun, x — elektr baliq, i — dengiz mushugi,
j — seldsimon:
A — a,b,e,f; B — b,e,f,i; D — b,d,h,i; E — a,e,g,f,j; F — a,d,f,g,h.
Akulalar qanday tuzilgan?
a — dum va anal suzgichlari bo'lmaydi, b — dum suzgichi bo'laklari keng, har —xil, d —gavdasi yassi, e —gavdasi suyri shaklda, f—qorin suzgichi juda kengaygan, g—juft suzgich qanotlari gorizontal, h —juft suzgichi qanotlari vertikal.
A — a,d,e;
B — b,e,g;
D - b,d,f;
E — a,e,h;
F — a,d,f.
Skatlar qanday tuzilgan? (4 —topshiriqqa qarang).
Qaysi javobda baliqlar nomi va ular tuzilishiga tegishli tushunchalar juftlab yozilgan?
1—kitsimon akula, 2 —arraburun akula, 3 —qoziq dum, 4 —elektr skat, 5 —arra baliq, 6 —dengiz mushugi; a —tanasi ikki yonida elektr organi bor, b — dumida bitta yoki bir nechta arrasimon ninasi bor,
d—jag'lari qilichsimon tumshuqqa aylangan, e —tanasi cho'ziq, tumshug’i ikki yonida yirik tishsimon o'simtasi bor, f —yog' olish maqsadida ovlanadi, g —uzunligi 15 —20 m.
A — la, 2b, 3g, 4f, 5e, 6d;
B — 1b, 2g, 3d, 4a, 5e, 6f;
D — 1g, 2d, 3b, 4a, 5e, 6f;
E — le, 2d, 3b, 4a, 5g, 6f;
F — Id, 2g, 3f, 4a, 5b, 6e.
100
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tog'ayli baliqlaming suyakli baliqlardan farq qiluvchi belgilami ko'rsating.
a—jabra yoriqlari birjuft, b —jabra yoriqlari besh juft, d —kloakasi bor, e — siydik chiqarish teshigi alohida, f — dum suzgichi har xil pallali, g —og'iz teshigi boshi ostida ko’ndalang joylashgan, h —og'iz teshigi boshining oldingi qismida, i —jabra qopqog'i bo'lmaydi.
A — a,b,e,g,h;
B — b,d,f,g,i;
D — d,e,g,h,i;
E — a,d,e,f,g;
F — b,d,e,h,i.
To'garak og'izlilaming ovqat hazm qilish sistemasini tartib bilan ko'rsating.
A — og'iz teshigi; B — qizilo'ngach; D — halqum; E — og'iz oldi voronkasi; F — endostil; G — orqa chiqaruv teshigi; H — ichagi.
101
www.ziyouz.com kutubxonasi
SUYAKLI BALIQLAR (OSTEICHTHYES) SINFI
Suyakli baliqlarning tuzilishi
Suyakli baliqlar barcha suv havzalarida tarqalgan. Bu sinf xordalilar tipiga kimvchi turlaming yarmiga yaqinini, ya'ni 20000 dan ortiq tumi o'z ichiga oladi. O'zbekistonda baliqlarning 77 ta tun uchraydi.
Suyakli baliqlarning skeleti suyakdan tuzilgan yoki skeletida hamma vaqt ma'lum miqdorda qoplagich suyaklar bo'ladi. Terisi suyak tangachalari bilan qoplangan bo'lib, hech qachon plakoid tan gacha bo'lmaydi. Kloakasiyo'q. Dumlari teng pallali gomoserkal tipda bo'ladi. Qizilo'ngachning ustki old tomonida havo pufagi bor7
Suyakli baliqlarning tuzilishi zog‘ora baliq misolida ko‘rib chiqiladi (28 —rasm). Zog'ora baliqning terisi suyak tangachalar bilan qoplangan bo'lib, terisi shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlarga boy. Shilimshiq modda suzganda gavdasining suvga ishqalanishini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |