Reja: Salib yurishlari (XI asr oxiridan to XIII asr oxirigacha) sabablari va ularning qatnashchilari, xarakteri


To`rtinchi yurish. Vizantiyaning istilo etilishi



Download 81,34 Kb.
bet7/14
Sana21.01.2022
Hajmi81,34 Kb.
#396431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
7-mavzu Salib yurishlari

To`rtinchi yurish. Vizantiyaning istilo etilishi. XIII asrning boshlarida papa Innokentiy III Yevropani yangi Salib yurishiga dahvat etdi. Bu to`rtinchi salib yurishi edi (1202-1204) . To`rtinchi salib yurishi o`ziga xos yurish bo`lib, u boshqa salib yurishlariga nomi jixatdangina aloqadar bo`lsa-da, lekin u butun salibchilik xarakatining bosqinchilik moxiyatini ro`yi- rost ochib bergan yurish bo`ldi. To`rtinchi yurish qatnashchilari xatto Falastingacha ham yetib bora olmadilar. Salibchilar bu safar turklarga yoki boshqa musulmonlarga qarshi yurish qilmay, balki xristianlar Vizantiyasiga yurish qildilar. To`rtinchi yurish tarixida venetsiyaliklar ayniqsa katta rolg’ o`ynadilar, ular yurish marshrutining o`zini ham o`zgartirib yubordilar. Salibchilarning feodal raxbarlari dastlab Turkiya-Misr sultoniga qarashli Misrga yurish qilishi mo`ljallagan edilar. Misr bilan foydali savdo-sotiq olib borgan, Lekin Vizantiyani kuchsizlantirishdan manfaatdor bo`lgan Venetsiya, salibchilarni dastlabki niyatlaridan qaytarib, o`zining savdo raqibi va konkurenti Konstantinopol ustiga yurish qilishga yo`lladi. Angellarning yangi Vizantiya sulolasi ichidagi alg’ov-dalg’ovlardan foydalangan (Komninlardan keyin 1185 yildan idora qila boshlagan edi) salibchilar 1204 yilda Konstantinopolni bosib olib, Bolqon ya’im orolining janubiy qismida Latin imperiyasi degan yangi davlat barpo etdilar. Quddus qirolligi singari, bu davlat ham tipik feodal davlat edi. SHimoliy fran­tsuz feodali, Flandriya grafi Balduin imperiyaga boshliqqilib qo`yildi. Imperiya tarkibiga bi’ nechta yirik vasallik mulklari: Fessalonika qirolligi, Afina gertsogligi, Axeyya knyazligi va boshqalar bor edi.

Vizantiyadan ko`p miqdorda ye’-mulklarni Konstantinopolning bir qismini, Gallipolg’ shaxrini, Egey dengizidgi bahzi orollarni, Ionin orollarini, Krit orolini, Peloponnesning janubiy g’arbiy qismini Venetsiya oldi. Vizantiyani istilo etishda eng katta rol o`ynagan Venetsiya doji Enriko Dandolo «Romeya (Vizantiya) imperiyasining sakkizdan uch qismining xokimi degan rasmiy nom oldi».

«Latin», yahni Rarbiy Yevropa feodalla’i Vizantiyaning maxalliy aholisiii ayovsiz taladilar va ekspluatatsiya qildilar. Venetsiya Konstaptinopolda, Bolqon yarim orolida va O`rta dengiz SHarqiy qismining ko`pgina orollaridagi butun savdo-sotiq ishlarini o`z qo`llariga kiritib oldi. Ammo Vizantiyaning bahzi mulklari uz mustaqilligini saqlab Kichik Osiyoning g’arbiy soxilida savdo-sotiq ishlarida muhim o`rin tutgan greklarnipg Nikeya imperiyasi bu mulklar orasida eng kuchlisi hisoblanardi. Kichik Osiyo shimolidagi imperiyaning bir qismi Trapezund mustaqil bo`lib qolaverdi. Balqon yarim orolida Epir mustabidligi (knyazligi), Latin imperiyasi nazaridan tashqarida qoldi.

Vizantiyaning istilo etilmagan uchta territoriyasidagi eng yirik Nikeya imperiyasining imperatori Mixail VIII Paleolog latinlar zulmi ostida yashagan greklarning xayrixohligiga tayanib, 12b1 yilda Konstantinopolni bosib oldi va u yerdan yevropalik feodallarni haydab yubordi. Vizantiya imperiyasi ana shu tariqa qaytadan tiklandi. Lekin qaytadan tiklangan Vizantiya endi kuchsizlanib qolgan davlat edi. To`rtinchi salib yurishi buyuk davlat bo`lgan Vizantiyani yo`qqildi. Vizantiya qayta tiklangandan keyin uning Bolqon yarim orolidagi va Kichik Osiyoning kambar qismidagi mulklarining ancha-munchasi cheklanib qolgan edi. To`rtinchi salib yurishi boshlanishidan burunroq, Vizantiyaga qaram holda yashagan bolgarlar 1186— 1187 yillarda uniig zulmidan xalos bo`lgan edilar. Serbiya mulklari ham taxinan shu vaqtlarda Vizantiyadan ajralib chiqqan edi.




Download 81,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish