RR vitamin (nikotin kislota, nikotinamid, V5) kimyoviy tabiatiga ko‗ra nikotin kislota va uning amidi hisoblanadi.
COOH CONH2
N N
Никотин кислота Никотинамид
Bu vitamin yetishmasa teri kasalligi – pellagra (pellagra-italyancha g‗adirbudur teri degani) kelib chiqadi. Preventive pellagra-pellagraning oldini oluvchi degan so‗zlarning bosh harflari olinib, RR vitamin deb ham ataladi. Bo‗lak vitaminlardan farqi, u oz miqdorda triptofan aminokislotasidan organizmda sintezlanadi.
RR vitaminning asosiy biologik vazifasi degidrogenazalarda koofermentlik vazifasini bajarishdir, ya‘ni uning hosilalari – NAD va NADF oksidlanishqaytarilish reaksiyalarida vodorod va elektron tashish vazifasini o‗taydilar. Bu vitamin yetishmasa, uglevod, aminokislota va lipidlar oksidlanishi buziladi. RR avitaminoz-pillagra «uch D» kasalligi, ya‘ni dermatit (teri yallig‗lanishi), diareya (ich ketish) va demensiya (aql pasayishi) bilan xarakterlanadi. U jigar, buyrak va bug‗doyda ko‗p bo‗lishi aniqlangan.
piridoksal va piridoksamindan iborat.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |