Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi


  Muhammadjonov A.7-sinf 0 ‘zbekiston tarixi  121-122 - betlar



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

2  Muhammadjonov A.7-sinf 0 ‘zbekiston tarixi  121-122 - betlar
187


R. RAJABOV
M ashhur ensiklopedik olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048-y) astro- 
nomiya, fizika, m atem atika,  geologiya,  geodeziya,  geografiya, m ineralo- 
giya,  tarix  singari  fanlar y o ‘nalishida ulkan  kashfiyotlar  qilgan  qom usiy 
bilim  sohiblaridan biri  hisoblanadi.
Uning  shoh  asarlari jum lasiga  «Qadim gi  xalqlardan  qolgan yodgor- 
liklar»,  «X orazm ning  m ashhur  kishilari»,  «Hindiston»,  «M a’sud  qonu- 
ni»,  «M ineralogiya»,  «Saydana»,  «A strologiyaga kirish»,  «Astronom iya 
kaliti»,  «Jonni  davolovchi  quyosh kitobi»,  «Ibn  Sino  bilan  yozishm alar» 
singari  asarlam i  kiritish  mumkin.  Beruniy  asarlari  k o ‘p  asrlardan  buyon 
sharq-u g ‘arbda keng tarqalib, ulardan foydalanilm oqda. U o ‘zining fala- 
kiyotga oid  asarlarida Kopernikdan  qariyb  5  asr m uqaddam  Yeming Qu­
yosh atrofida aylanishi  haqidagi fikm i  o ‘rta asrlarda birinchi  bo‘lib ilgari 
surdi.  Yeming  dum aloq  shaklda  ekanligini  asoslab  berdi.  U  dunyoning 
geografik xaritasini v a globusni yaratdi  ham da Am erika qit'asining mav- 
judligini Kolum bdan  oldin  ilmiy asosladi.
Jahon  fani  ravnaqiga  katta  hissa  q o'shgan  U yg'onish  davri  dahola- 
ri  qatorida  yurtdoshim iz  Abu  N asr  Farobiy  (873-950-y.y)  alohida  o ‘rin 
egallaydi.  0 ‘zining  qom usiy  bilim lari,  ayniqsa,  falsafa  sohasidagi  ulkan 
xizm atlari  bilan  u  «A l-m uallim   as-soniy»  (Tkkinchi  m uallim ), Arastudan 
keyin  «Sharq Arastusi»  nomi  bilan mashhurdir.
U tabiiy va ijtimoiy fanlargaoid  160 dan ortiq asar yaratgan. Ayniqsa, 
falsafa  ilmini  rivojlantirishga  katta  hissa  q o ‘shgan.  Forobiy  Arastuning 
«M etafizika»,  «Etika»,  «Ritorika»,  «Sofistika»  singari  shoh  asarlarini 
chuqur  ilmiy  sharhlash,  m azm un  m undarijasini  ilm iy-nazariy tahlili  fan­
ga q o ‘shilgan  ulkan  hissa edi.  Farobiyning  «Ilm lam ing  kelib chiqishi  va 
tasnifi»,  «Falsafaga  izohlar»,  «Fozil  odam lar shahri»  singari  asarlari  al- 
lom a qiziqish doirasi v a m a’naviy olam ining nechog‘lik kengligi, teranli- 
gidan  darak beradi.  Turkistondagi  fan  yutuqlari  yangi  davrda Yevropada 
ilmiy  bilim lam ing rivojlanishi uchun ju d a m uhim  aham iyat kasb etdi.
Ikkinchi  oqim  -  V izantiya  fani  b o ‘lib,  Yunon-Rim  dunyosi  fanining 
bevosita vorisi  edi.  V izantiyalik  m ashhur  olim  Lev  M atem atik  (VTII  asr 
oxiri  IX  asm ing  60-yillarida)  matematika,  fizika,  m exanika,  falsafa,  as­
tronom iya,  tibbiyot  sohalarida  asarlar  yozdi.  U  birinchi  b o ‘lib  harflami 
arifm etikaning belgisi sifatida ishlatdi.  M ixail Psel  (1018-1096/97-yillar) 
olim -ensiklopedik bo‘lib, falsafa bilan shug‘ullanib, m antiqning asoslari-
188


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
ni  yaratdi.  N ikifor Grigorial  (1295-1360-yillar) Arastu  g ‘oyalarini  rivoj- 
lantirdi,  kalendar islohotini tak lif qildi.
Georgiy  Plefon  (1360-1452-yillar) Aflotunning muxlisi b o ‘lib,  uning 
g ‘oyalarini  o ‘zining  «Qonunlar»  falsafiy-diniy  asarida  rivojlantirdi.  U 
Florensiyada Platon akadem iyasini takror tiklashga erishdi.
Uchinchi  oqim  -  sharq  va  antik  ilmiy  tafakkum ing asoslarini  qabul 
qilgan G ‘arbiy Yevropa fani k o ‘pincha tadqiqotlarda o ‘z y o ila rin i tanlab 
am alga oshirdi  ham da o ‘rta asr Yevropasining ilmiy  m erosini yaratdi.
0 ‘rta asr Yevropasining birinchi ensiklopedik olimi vestgot Ispaniya- 
si  olimi  Sevilyalik  Isidor  edi  (570-630-yillar).  Uning  20  kitobdan  iborat 
katta («Etim ologiya» yoki «B oshlang‘ich») asarida grammatika, ritorika, 
dialektika,  geom etriya,  kimyo,  astronom iya  kabi  ilmiy  bilim lar  to ‘plan- 
gan edi.
XI-XI1  asrlar Yevropa fani  uchun  xos  b o ‘lgan  xususiyat -  bu Arastu 
ta ’lim otining  katolik  ilohiyatshunosligi,  aqidaparastligining  rivojlanishi 
bilan  sintez qilishni  am alga oshirishga urinish  edi.  Bu  sohada Fom a Ak- 
vinskiy  (1225/26- 1277-yy.)  faoliyatini  k o ‘rsatish  m um kin.  U  o ‘z  asarla- 
rida e ’tiqod va bilim ni m urosaga keltirishga urindi.  Bilim ning qim m atini 
tan oldi,  lekin  din aqidalariga birinchilikni berdi.
Tabiiy  va  amaliy  fanlar  rivojlandi.  Pizanlik  Leonardo  Fibonachchi 
sharq algebrasi va hind hisobini Yevropa faniga kiritdi.  Uning «H isoblar 
kitobi»  (1202-y)  asari  m atem atikaning rivojlanishi  va uni  injenerlik  ishi, 
qurilishda am alda qo‘llashga im koniyat yaratdi.
Yevropa ilmiy  bilim ining o ‘sishida tub burilish XV-XVI  asrlar oxiri­
da yuz bergan  ilmiy  inqilob  b o ‘ldi.  Din  aqidalaridan  xoli  b o ‘lgan,  am al­
da  to ‘plangan  dalillam i  um um lashtirish  asosida  dunyoning  yangi  ilmiy 
m anzarasini  yaratish  vaqti  keldi.  Bu  dunyoni  keyingi  asrlarda  industrial 
o ‘zgartirish  uchun  asosni  q o ‘ydi.  Ilmiy  kashfiyotlar va texnik  ixtisoslar- 
ning soni keskin o ‘sdi.
Ilmiy inqilobni bubosqichida tabiiy fanlam ingyutuqlari yaqqol k o ‘ri- 
nadi.  Fizika  fanining turli  sohalari -  m exanika,  statika,  optika,  gidravli- 
ka tez rivojlandi.  M atem atika yanada keng rivojlandi.  Logarifm lar k ashf 
qilindi.  Trigonom etriya,  sferik  geom etriya  takom illashdi.  A nalitik  geo­
m etriya yaratildi.  Kimyo, biologiya, zoologiya, geologiya va m ineralogi- 
yada yangi  bilim lar ja m g ‘arila boshlandi.  G eografik qarashlar kengaydi. 
Iqlim,  shamollar,  dengiz  oqim larini  o ‘rganish  boshlandi.  Gidrografiya,
189


R.  RAJABOV
okeanografiya  fanlari  paydo  bo ‘ldi.  K artografiya  takom illashdi.  Sharq 
m am lakatlari, ayniqsa,  0 ‘rta O siyoda bu davrda bog‘lar barpo qilinib, bu 
bog‘larda  dunyoning  turli  burchaklaridan  o ‘sim liklar  to ‘plandi.  Bunday 
bog‘lar A m ir Temur  bog‘lari  (Sam arqandda),  B obur  bog‘lari  (A fg'onis- 
ton va H indistonda) tarixdan  m a’lum.  Yevropada birinchi botanika bog‘i 
Italiyada,  keyin esa boshqa m am lakatlarda paydo  bo‘ldi.
Ilm iy  texnika  inqilobining  nam unalari  Leonardo  da  Vinchining  gid- 
ravlika  va  m exanika  sohasidagi  yutuqlari,  N ikolay  Kopernikning  gelio- 
sentrik tizimi,  Tixo  Brage,  Iogan  K epler va Galileo G alileyning astrono­
m iya  sohasidagi  yutuqlari  edi.  0 ‘sha  davm ing  buyuk  ingliz  olimi  Isaak 
Nyuton  (1643-1727-y.y)  klassik  fizikaning  asoschisi  b o ‘ldi.  U  butun 
dunyo tortilish qonunini  ochdi.  Bu  olim  N .K opem ikning  astronom iyada 
boshlagan  to ‘ntarishini  tugalladi.  Differensial  va  integral  hisoblashlarni 
ishlab  chiqdi.  O ptika  sohasida  kashfiyotlar  qildi.  Birinchi  reflektorli  te- 
leskopni yaratdi.
Ijtimoiy fanlarda ijobiy siljishlar yuz berdi.  M ashhur faylasuf Frensis 
Bekon (1561-1626-y.y)  barcha bilim lam ing asosi tajriba degan xulosaga 
keldi.  U ingliz m aterializm ining asoschisi  edi.  F.Bekon  insonga tabiat us- 
tidan hukm ronlikni  berishi  lozim bo‘lgan fanlarning rivojlanish dasturini 
ishlab chiqdi.
M atem atik va fay lasuf R ene D ekart (1596-1650-y.y) analitik geom et- 
riyaning  o ‘zgaruvchan  kattaliklar tushunchasini  q o ‘llab,  m atem atika  fa- 
nining rivojlanishiga katta hissa q o ‘shdi.  U kosm ogonik nazariyani ilgari 
surdi. Bu nazariyaga k o ‘ra, Q uyosh tizim ining yuzaga kelishi v a qurilishi 
uzoq rivojlanish y o ‘li natijasidir.
Birinchi  ilmiy  jam iyatlar  sharq  m am lakatlarida  vujudga  keldi. 
B ag‘dodda  «Bayt  ul-hikm a»  (D onolar  uyi),  xalifa  M a’mun  akademiya- 
si  (IX  asr),  X orazm da  X orazm shoh  M a’mun  akadem iyasi  (XI  asr),  Sa­
marqandda U lug‘bek akadem iyasi (X V  asr) buning misolidir.
Yevropada birinchi ilmiy jam iyatlar XVII asrda paydo b o ‘ldi. London 
qirollik jam iyati (1662-y.), Fransuz qirollik akadem iyasi (1666-y.) tashkil 
topdi. A kadem iyalar fanlararo  tadqiqotlam i  ilmiy  um um lashtirish  uchun 
imkoniyat yaratdi.  Davlat tom onidan akadem iyalarga hom iylik qilindi.
Sanoatdagi yutuqlar m exanika va pnevm atika fanlarining rivojlanishi­
ga yordam   berdi.  Ishlab  chiqarish  ehtiyojlari  fanning jadal  taraqqiyotiga 
olib keldi.
190


______________________________________________________J a h o n   s i v i l i z a t s i y a l a r i   t a r i x i

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish