Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi


  Jamiyat  ijtimoiy  stratifikatsiyasining  evolyutsiyasi



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

2. 
Jamiyat  ijtimoiy  stratifikatsiyasining  evolyutsiyasi. 
0 ‘rta  asr 
jam iyati  antik  sivilizatsiyadan  m urakkab  ijtimoiy  tuzilmani  meros  qilib 
oldi.  Qaysiki,  u  m odifikatsiya  qilindi,  feodal jam iyatga mos  ijtim oiy gu- 
ruhlar bilan  boyitildi.
Feodal jam iyat ijtim oiy  pog‘onasining  eng yuqorisida feodallar sinfi
— yer egalari,  oliy  ruhoniylar,  harbiy  boshliqlar u yoki  bu darajada  impe- 
rator,  sulton,  xon,  qirolga  bo'ysunganlar turar edi.  Ular doim iy  ravishda 
urushlar,  soliqlar y ig ‘ish, o ‘zaro urushlar bilan  band edilar.
Ularga  qaram a-qarshi  tom onda  o ‘zining  tirikchiligi  va  feodalga  pul 
va m ahsulot hisobida bir qism  hosilni  beradigan,  chek yerga ega bo‘lgan 
qaram  dehqonlar  turar  edi.  Qaram  dehqon  x o ‘jayin  tom onidan  sotilishi, 
askarlikka berilishi  va jazolanishi  m umkin  edi.
Shaharlarda  boy  savdogar-hunarm andlar,  sex  oqsoqollari,  sudyalar, 
sudxo‘r-bankirlar,  amaldorlar,  kam bag'al  hunarmandlar,  xizm atkorlar, 
xalfalar,  m ayda  savdogarlar,  qullar yashar  edi.  O lrta  asrlar  oxirida  sha­
harlarda burjua jam iyatining sinflari  tadbirkor -  kapitalistlar va yollanm a 
ishchilar shakllana boshladi.
XVI-X1X  asrlarda  burjua  ijtim oiy-siyosiy  tizim ining  shakllanishi  va 
keng tarqalishi jam iyat tuzilm asida tub siljishlarga olib keldi. Ijtimoiy po- 
g ‘onaning cho‘qqisida o ‘z tarkibiga ko‘ra,  bir xil  boMmagan  kapitalistlar
177


R.  RAJABOV
sinfi  turardi.  Uning asosida savdo va tadbirkorlik orqali  katta ja m g ‘arm a 
to ‘plagan  va uni  m anufaktura-fabrika,  qishloq x o ‘jaligi  va qurilish  kom- 
paniyalariga qo ‘ygan savdo-m oliya kapitalistlari  turadi.
Katta yer egalari uzoq vaqt o ‘z m avqelarini saqlab turdilar, lekin asta- 
sekin  ular  qo ‘shim cha  qiym atning  bir  qismini  o'zlashtirib,  tadbirkorlik 
bilan shug‘ullandilar v a burjua sinfiga transform atsiya qildilar.
0
‘z ishchi  kuchini  sotib yashaydigan  ishchilar sinfi  ham  bir xil  emas 
edi.  Yuqori  malakali  ishchilar,  kasaba uyushm alari  rahbarlari  uncha kat­
ta  boMmagan  qatlam  edi.  Ishchilarning  asosiy  qismi  shafqatsiz  ezilardi. 
Yarim  proletariat va mavsum iy  ishchilar bir qism  yerga ega bo'lib,  ozgi- 
na  ish  haqi  olar  edilar.  Lyumpen  proletariat tasodifiy  ish  haqi,  o ‘g ‘rilik, 
qashshoqlik bilan yashar edi.
Dehqonlam ing ham qiyofasi  o ‘zgardi.  Uning tarkibidan bevosita ish­
lab  chiqarishga  ishtirok  etishdan  ajralm agan  qishloqlam ing  burjuaziyasi 
ajralib chiqdi.  0 ‘rtahol dehqonlar o ‘z ehtiyojlarini  o ‘z shaxsiy x o ‘jalikla- 
ridan  qondirib  yashar edilar.  Ulardan  tashqari,  ozgina yerga ega  boMgan 
qashshoq  dehqonlar,  batraklar,  qishloq  hunarm andlari,  yersiz  dehqonlar 
qishloqda ko ‘pchilikni tashkil  qildi.
Shahar  m ayda  burjuaziyasining  ancha  katta  qatlami:  m ayda  savdo- 
garlar,  maishiy  xizm at  ko‘rsatish  d o ‘konlari,  sartaroshxona,  oshxona, 
restoran,  ustaxona egalari  shakllandi.  U lar tovar va xizm atlam i  sotish hi­
sobidan yashab, turli  soliq v a m ajburiyatlam i o ‘tar edilar.
Industrial jam iyatda ziyolilam ing o ‘sib  borayotgan qatlam i  shakllan­
di:  ilm iy-texnik  (olim ,  injenerlar,  texniklar,  agronom lar),  ijodiy-badiiy: 
(rassom , artist,  musiqachi, yozuvchi va boshqalar),  iqtisodiy (menejerlar, 
boshqaruvchilar).  U lam ing  sezilarli  qismi  industrial  m ashinaning  ziyoli 
bo ‘g ‘ini -   «oq yoqalilar»  sifatida chiqib,  o ‘z malakali  ish  kuchini  sotish 
hisobiga yashar edilar; qisman gonorar, m edsenatlar hisobidan yashovchi 
erkin m ehnat kishilari.
Byukrokratik davlat m ashinasiga xizm at qiladigan, buning uchun  ish 
haqi oladigan va ishdan ketgandan keyin nafaqa oladigan am aldorlar qat- 
lamini  alohida k o ‘rsatish  lozim.
Anchagina  katta  ijtimoiy  qatlamni  harbiy  xizm atchilar  tashkil  etdi. 
Eng a w a lo , jam iyatda alohida o ‘rinni egallagan  ko‘p sonli zobit va gene- 
rallar asosan  zodagon va  burjuaziya  ichidan  tanlab  olinar,  ular  hukmron 
tabaqaning tayanchi edilar. Vaqti-vaqti bilan ular ochiq harbiy diktaturani 
o‘m atar edilar.
178


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
Industrial  jam iyatda  diniy  farqlar  saqlanib  qoldi,  lekin  o ‘tm ish  aha- 
miyatini  yo‘qotdi.  Lekin  m illiy-etnik  m ansublik,  ayniqsa,  milliy  davlat- 
larning shakllanish  davrlarida Yevropada XVI11-XIX asrlar va XX  asrda 
milliy-ozodlik harakatining kuchayishi davrlarida roli kuchaydi.
S o‘nggi  industrial  jam iyatda  sotsialistik  variantda  ijtimoiy  stratifi- 
katsiya  tubdan  o‘zgardi.  Pomeshchiklar,  burjuaziya,  quloqlar,  ruhoniy- 
lar nafaqat  iqtisodiy,  huquqiy  balki jism oniy  yo ‘q  qilindi.  Ishchilar  sinfi 
gegemon  deb  e’lon  qilindi,  lekin  davlat  -   byurokratik  apparati  tom oni­
dan ekspluatatsiya qilinadigan sinfga aylandi.  Dehqonlar majburiy jam o- 
alashtirish  natijasida  yerdan  ajralib, jam o a  x o ‘jaligi  (kolxoz)  dalalarida 
ozgina  ish  haqi  hisobiga  ishlashga  m ajbur  bo‘ldilar.  Tomorqa  x o ‘jaligi 
ham  ozgina  darom ad  berar,  uning  uchun  soliq  to ‘lanar  edi.  «Ziyolilar» 
qatlami  injenerlar,  loyihachilar,  fan,  ta ’lim,  m a’daniyat  xodim lari  hi­
sobiga  m iqdoriy  o ‘sdi,  lekin  «shubha’  ostida  turgan  huquqsiz  ijtimoiy 
qatlam  kam   bo ‘lib  qoldi.  Ijtimoiy  piram idaning  cho‘qqisida  esa  yangi 
hum kron  sin f paydo  bo‘ldi.  Bu  sinfga  partiya-davlat  xodim lari,  arm iya 
generaliteti, xavfsizlik xizmati xodimlari kirar edi. Aynan shu sin f am alda 
«umumxalq»  va  shirkat  m ulkiga  x o ‘jayinlik  qildi,  qo'shim cha  qiym atni 
o ‘zlashtirib oldi, jam iyatga rahbarlik qildi, norozilik va o ‘zgacha fikrlash- 
ni  shavqatsiz  bostirdi.  Jam iyatning  boshqa  qatlam lari  teng  va  huquqsiz 
edilar.  M illiy  farqlar  nazarga  ilinmadi.  Milliy  urf-odat,  an’analar  ta ’qib 
ostiga  olindi.  Respublikalar  o ‘rtasida  chegaralar  hukm ron  elita  tom oni­
dan takror-takror o ‘zgartirilib,  ko‘plab xalqlar jazolandi, kelajakda milliy 
va etnik guruhlar o ‘rtasida ixtiloflarda urug‘  tashlandi.
Feodal kapitalistik jam iyatlarda siyosiy  hayot,  davlat va huquq, o ‘rta 
asrlar jam iyatida ichki va tashqi  siyosat amir,  sulton,  xon,  qirol  (im pera- 
tor),  yirik  feodallar,  ulam ing  yaqinlari,  vazirlam ing  asosiy  m ashg‘uloti 
edi. Xalq ommasi noroziligi qo ‘zg‘olon v a x a lq  harakatlari shaklida siyo­
siy  kurash  shaklini  oldi.  Bu  harakatlar  soliq  va  m ajburiyatlam ing  oshib 
ketishi,  ijtimoiy zulm ga qarshi  norozilik edi.
Siyosiy  partiyalar  ijtimoiy  qatlam,  guruhlarning  m anfaatini  himoya- 
chisi  sifatida burjua jam iyatda  paydo  bo‘ldi. A ngliyada  1215-yilda aholi 
turli  qatlam lari  huquq  m anfaatlarini  him oya  qiladigan  qonuniy  hujjat- 
liuyuk  ozodlik  xartiyasi  qabul  qilindi.  Toifalar  vakillik  organlari:  Ang- 
liya  parlamenti  (1265-y),  Fransiyada General  shtatlar (1302-y),  Germ an 
knyazliklarida  lantaglar  (XIII  asr  oxiri)  yuzaga  keldi.  Birinchi  haqiqiy 
siyosiy  partiya Angliyadagi  tori  va  viglar  partiyalari  edi.  Lekin  siyosiy
179


R. RAJABOV
partiyalar  industrial  jam iyat  qaror  topishi  bilan  o ‘z  o ‘m ini  topdi.  X IX  
asrda Yevropa va Shim oliy A m erikada har bir sin f o ‘z partiyasiga ega edi. 
A sosan  bular parlam ent  partiyaiari  edi.  X IX   asr  o ‘rtalarida  ezilgan  sinf- 
lam ing m anfaatlarini  him oya qiladigan,  m avjud tuzum ni  ag ‘darib, yangi 
jam iyatni  qurishga  ahd  qilgan  yangi  tipdagi  partiyalar  paydo  bo‘ldi.  Bu 
blankistlar,  kom m unistlar  ittifoq,  intem atsional  anarxistlar  edi.  XIX  asr 
oxirida  ko‘pgina  Yevropa  m am lakatlarida  sotsial-dem okratik  partiyalar 
paydo b o ‘ldi. Rossiyadagi inqiloblar vaqtida sotsial-dem okratlar (bolshe- 
viklar,  m ensheviklar),  eserlar,  kadetlar,  oktyabristlar  faoliyat  ko ‘rsatdi- 
lar.  Qaram   Turkiston  o ‘lkasida  ham  sotsial-dem okratlar  partiyasining 
bo‘limlari  rusiyzabon  aholi  ichida  tashkil  topdi.  Bolsheviklar  partiyasi 
hokim iyatni egallab, davlat apparati, sovetlar, kasaba uyushm alari, yosh- 
lar  harakatini to ‘la  o ‘ziga  bo‘ysundirdi.  Siyosiy  hayotni  bunday  cheksiz 
monopollashtirish  industrial  jam iyatning  so ‘nishi  uchun  xos  xususiyat 
edi  va halokat  bilan  tugashi  aniq  edi.  Shu  bilan  birga,  saylovchilar yirik 
burjua  va  sotsial-dem okratik  partiyalarga  ishonchni  y o ‘qotdilar.  Q ator 
G ‘arb  davlatlarida  ikki  partiyali  tizim   saqlanib  qoldi  (AQSH,  Angliya). 
Sharq dunyosida davlat shaxs ustidan an'anaviy cheklanm agan hukm ron- 
likka ega edi. Yevropa tarixida o‘rta asr davlati taraqqiyotini uch bosqich- 
ga ajratish m um kin:  ilk  feodal davlatning paydo  b o ‘lishi  va shakllanishi, 
davlat feodal tarqoqlik holati, m arkazlashgan davlatning shakllanishi;  ilk 
o ‘rta  asrlarda qirollik  harbiy  dem okratiya tam oyilida  shakllandi.  Harbiy 
boshliqning  kuchli  hokim iyati  ko ‘ngilliiar  q o ‘shini  va  bir  qism  shaxsiy 
qism ga asoslangan edi.
Asta-sekin oliy hukm dor (podsho,  sulton, qirol,  im perator)ning funk­
siyasi  kengaydi.  U  endi  muntazam   q o ‘shin,  davlat  apparati,  huquq  nor- 
malariga asoslanar edi.  U  yerlam ing oliy  egasi,  feodal  rentani  oluvchiga 
aylandi.  H ukm dorning  qoMida  harbiy,  sud,  siyosiy-m a’m uriy  hokim iyat 
to ‘plandi.  Qirol yoki  podsho  ilk o ‘rta asrlar oxirida eng katta feodal yer- 
mulk egasiga aylandi.
Sharq m am lakatlarida m arkazlashgan feodal jam iyat ancha erta pay­
do  bo‘ldi.  IX asrdan O lrta Osiyo (Somoniylar,  Qoraxoniylar, G ‘aznaviy- 
lar,  Saljuqiylar),  Xitoy,  Hindiston,  M ongoliyada qudratli feodal  davlatlar 
shakllandi.  Kuchli  davlat  hokim iyatining  shakllanishida  din  alohida  rol 
o ‘ynadi.  Davlat  hokim iyati  m arkazlashuv  an ’anasini  q o ‘llab-quvvatlash 
uchun  diniy  tashkilotdan  foydalandi.  Cherkov  siyosiy  kuchga  aylandi. 
Feodal  tarqoqlik  davrida  m arkazlashgan  davlatlar  parchalandi  yoki  ular
180


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
nominal  hokim iyatni  saqlab qoldi. M arkazdan qochuvchi kuchlar ustuvor 
boMdi. Yer-mulk, taxt uchun  qonli  kurashlar kuchaydi.
XIV-XVI  asrlarda Sharq va G ‘arbda kuchli  feodal  davlatlam ing pay­
do  boMish  an ’anasi  kuchaydi.  Sharqda  U sm oniylar imperiyasi,  Temuriy- 
lar, Boburiylar, Shayboniylar kabi qudratli davlatlar vujudga keldi. Bu ilk 
feodal  m arkazlashgan  davlat  boMmay,  feodal jam iyatning  ijtim oiy-siyo- 
siy hayotdagi yangi  o ‘zgarishlar asosidagi  olg‘a siljish  edi.
Bu  davrda  Yevropada  toifaviy  m onarxiya  davlat  hokim iyatining 
yetakchi  shakli edi. Har bir toifa vakillik organi (parlam ent, general shtat- 
lar,  zemstvo  sobori)ga  o ‘z  delekatlarini  m uhim   siyosiy  m asalalam i  mu- 
hokama  qilish  uchun  yuborar  edi.  Bu  organ  ba’zida  hukm dom i  taxtdan 
tushirar yoki  saylar edi.
Feodal  suverenitetiga  qarshi  turgan  mustaqil  kuchli  davlat  apparati 
shakllandi.  H ukm dorga bo'ysungan  q o ‘shin  tashkil  topdi.  M illatning  su- 
vereniteti  huquq  manbasi  sifatida  qirol  hukum atida  nufiizli  o ‘rinni  egal- 
ladi. Taxt vorisligi muam mosi hal qilindi. Bu m asalada qat’iy tartib-qoida 
o'm atildi.  Sharq m am lakatlarida esa taxt vorisligi muammosi qonli  kech- 
di.  Bu ko ‘p hollarda m arkaziy hokim iyatni  zaiflashtirdi.
Feodal  yer-m ulkining  vorisligida  m ayorat  tartibi joriy  qilindi.  Mulk 
maydalashib  ketm asligi  uchun  katta  o ‘gMlga  qoidiriladigan  boMdi.  Feo- 
dalning  qaram   dehqonga  nisbatan  suiiste’moli  cheklandi.  Erkin  shahar- 
lam ing  im tiyozlari  tugatildi.  Bu  m a’lum  darajada  feodal  tarqoqligini  bir 
muncha  chekladi,  yetuk  feodal  jam iyatning  bozor  m unosabatlarini  tar- 
tibga  solish  v a  kelgusi  burjua jam iyatining  unsurlarini  shakllantirishga 
shart-sharoit yaratdi.
Italiyada kuchli  shahar-davlatlar-Venetsiya,  Genuya,  Florensiya o ‘r- 
tasida  kurash  boshlandi.  Q ator  Sharq  m am lakatlarida  kuchli  podsho  ho­
kimiyati  shakllandi ( 0 ‘rta O siyoda Temuriylar,  Shayboniylar;  Hindiston- 
da  Boburiylar;  Old  Osiyoda  Usm oniylar;  E ronda  Safaviylar).  Lekin  bu 
mam lakatlarda siyosiy dualizm va toifaviy vakillik organlari  shakllanm a- 
di.  Natijada.  bu  im periyalar  asta-sekin  o 'zaro   feodal  urushlar  girdobiga 
tushib qolib,  oqibatda davlatlar halokatga uchradi.
Davlatchilikning  keyingi  bosqichi  Yevropada  ko‘pgina  m am lakat­
larda  mutlaq  m onarxiyalam ing X V  asr oxirida  shakllanishiga olib  keldi. 
Hunda yirik  m illiy  davlatlam ing tashkil  topishi  yordam   berdi.  Fransiya, 
Angliya,  Ispaniya,  Rech  Pospolitasi,  Rus  davlatlarida  m arkazlashgan 
monarxiya  hokim iyatining  kuchayishi,  vakillik  toifaviy  organlarning
181


R.  RAJABOV
aham iyatininm g kuchayishi  bunga yordam   berdi. Am erikaning ochilishi- 
dan  so ‘ng v a uning katta qismini  m ustam laka qilinishi  natijasida Ispani- 
ya eng  katta jahon  im periyasiga aylandi.  Uning hududi  G ‘arbiy Yevropa 
va  Am erikaning  katta  qismini  qam rab  olgan  edi.  Germ aniya  va  Italiya 
tarqoq davlatlar boMib qolaverdi. Lekin siyosiy kuchlam ing tengligi uzoq 
davom  etmadi.
XVII  asrda  (N iderlandiyada  XVI  asm ing  ikkinchi  yarm idan)  absol- 
yutizm ning  tushkunligi  boshlandi.  K uchga  to ‘lib  borayotgan  burjuazi­
ya  siyosiy  m aydonda  o ‘ziga  tegishli  o ‘rinni  talab  qila  boshladi.  Ingliz 
va  fransuz  burjua  inqiloblari  absolyutizm ga  kuchli  zarba  berdi.  Qirollar 
o ‘lim  jazosiga  tortildi,  zodagon  feodallam ing  sezilarli  qismi  jism onan 
y o ‘q  qilindi.  Inqilob  natijasida hokim iyatga kelgan N apoleon  m utlaq ho- 
kim iyatning  qator  belgilarini  takror  tikladi.  Bu  yangi  -   bozor  m unosa­
batlariga asoslangan jam iyatning ilgor etakchi  ijtimoiy qatlam i-tadbirkor 
savdo -  sanoatchilam ing hokimiyati  shakli  boldi.
Yevropaning  k o ‘pgina  davlatlarida  m utlaq  m onarxiyalar  oz  hokimi- 
yatini  saqlab  qolishga  urinmasin,  uni  liberal  islohotlar  bilan  yum shatish 
yangi  siyosiy  tuzum   demokrat.iyaning  qaror topishiga  to ‘sqinlik  qila  ol- 
madi.  Industrial  jam iyatlarning  asosiy  konsepsiyalari  shakllandi,  liberal 
goyalar  keng  tarqaldi.  Liberal  goyaga  kora  insoniyat  hayotining  asosiy 
qadriyati erkinlik.  Individning erkinligi jam iyatdan yuqori turadi. Alohida 
shaxslam ing  har  qanday  foydali  faoliyati  jam iyat  uchun  foydali  boladi. 
Hayot bu musobaqa, davlatning vazifasi barcha odam lar ucun m usobaqa- 
ning  boshlanishida teng  im koniyatlar bilan tam inlash.  Keyin  esa barcha- 
sini  raqobat  hal  qiladi  va  barchasini jo y  jo y ig a  qoyadi.  Liberalizm ning 
asosiy  raqibi  m arksizm   edi.  AQShdagi  prezidentlik  respublikasi,  Angli- 
yada  konstitutsiyaviy  m onarxiya  liberal  g ‘oyalam ing  yaqqol  ko‘rinishi 
edi.  Dem okratiya  asosida  barcha  fuqarolam ing  teng  huquqli  va  erkinli- 
gini  tan  olish,  alohida  guruhlar  uchun  feodal  toifaviy,  kasta  va  boshqa 
cheklashlam i  bartaraf qilish,  shaxsiy  va  mulkiy  huquqlam i  huquqiy  hi- 
m oya  qilish,  irqiy,  milliy,  diniy  belgilarga  k o ‘ra  kam sitishlam i  tugatish, 
m a’lum  bir  beigilangan  yoshga  yetgan  fuqarolarga  markaziy,  mahalliy 
va m unitsipial  organlarga saylash va saylanish huquqini  berish yotar edi.
Erkin  bozor raqobati  siyosiy  raqobat erkinligi  bilan  to ‘ldiri!gan  edi. 
Burjua dem okratiyasining asosiy va muhim  tamoyili-qonun  chiqaruvchi, 
ijro  etuvchi  va  sud  hokim iyatlariga  b o ‘ysunish  edi.  Bu  hokim iyatni
182


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
monopoliya  qilish  va  biror  bir  diktaturani  o ‘m atilishiga  y o ‘l  qo ‘ym as 
edi.  Albatta,  turli  m am lakatlarda  dem oktariyaning  bu  asosiy  tam oyillari 
ijtim oiy-siyosiy  kuchlarining  nisbatidagi  o ‘zgarishlam i  aks  ettirgan  hol­
da  keskin  siyosiy  kurash  natijasida  o ‘zgardi.  Lekin  bu  industrial  sivili- 
zatsiyalam ing  yetuklik  bosqichida  erishilgan  siyosiy  revolyutsiyaning 
cho‘qqisi edi. Kapitalizm  taraqqiyotining m onopolistik, keyin esa davlat- 
m onopolistik  bosqichlariga  o 'tish   hokim iyatni  yirik  burjuaziya  qoMida 
to ‘planishiga  olib  keldi.  D em okratiya  asoslarining  cheklanishi  umum- 
milliy  tushkunliklar  sharoitida  qator  inqiloblarga  ochiq  diktaturalam ing 
o ‘m atilishiga  olib  keldi.  Bu  totalitar  davlatlam i  -  Germ aniya,  Italiyada 
fashizm,  SSSRda,  keyin  esa  boshqa  sotsialistik  m am lakatlarda  ham da 
Lotin A m erikasi,  Osiyo,  Afrikaning  qator  ozod  b o ‘lgan  m am lakatlarida 
avtoritar -  totalitar tuzum ning qaror topishida yaqqol k o ‘rindi.
Inson  totalitar  siyosiy  tizim da  ulkan,  ham m a  narsani  yutib  yubora- 
digan  davlat  byurokratik  m ashinaning  vintchasiga  aylantirildi.  Totalitar 
davlat hokim iyatlarini taqsim lash tam oyilini  chetga uloqtirdi.  Hokim iyat 
to ‘laligicha  hukm ron  tabaqaning  q o 'lid a  to ‘plandi.  Davlat  boshqaruvi- 
ning  m arkazlashuvi  va  m am lakatning  m ilitarizatsiyalashuvi  o ‘ta  had- 
dan  oshib  ketdi.  Huquqiy  suiiste’mol  keng  avj  oldi.  Repressiyalar  keng 
qo‘llanildi.  G ‘arb  m am lakatlarida  industrial  sivilizatsiyaning  so‘nish 
davrida  hukm ron  tabaqa  tom onidan  hokim iyatni  hukm ron  elita  tom oni­
dan m onopollashtirish,  m ilitarilizm ning kuchayishi, fuqarolam ing huquq 
va erkinliklarini cheklanishi kuzatildi.
T ayanch  ib o ra la r:  uzoq muddatli  sikl,  transform atsiya,  evolyutsiya, 
Jakeriya,  Uot  Tayler,  Ivan  Bolotnikov,  g ‘ayridin,  yuz  yillik  urush,  de­
mokratik  tuzum ,  parlam ent  m onarxiyasi,  kapitalistik,  Parij  kom m unasi, 
proletar, kapitalistik jam iyat, parlament,  general  shtatlar, zem stvo sobori, 
diktatura,  avtoritar -  repressiv tuzum.
Savol va  to p s h iriq la r:

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish