Рақамли иқтисодиёт


«Blokcheyn» texnologiyalari



Download 71,22 Kb.
bet3/11
Sana16.03.2022
Hajmi71,22 Kb.
#499211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bu ham

«Blokcheyn» texnologiyalari (maʼlumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyalari), «sunʼiy aql», superkompʼyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat jahonning koʻplab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
«Blokcheyn» texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning koʻplab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, investisiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha eng muhim vazifalar belgilab olindi.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish vazifalari
investisiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikasiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yigʻimlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini taʼminlash va yangi bloklar yaratish boʻyicha faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sugʻurtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, «blokcheyn» texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish
«blokcheyn» texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish koʻnikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash
fripto-aktivlar boʻyicha faoliyat va «blokcheyn» texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun «blokcheyn» texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat koʻrsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan xolda «blokcheyn» texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovasion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subʼektlarining yaqin hamkorligini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
* «blokcheyn» texnologiyalari joriy etiladigan aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan belgilanadi.
* raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni va «blokcheyn» texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim;
* kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi;
* yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operasiyalari, jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operasiyalar soliq solinadigan obʼekt hisoblanmaydi, mazkur operasiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
* kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda lisenziya olgan shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻlik valyuta operasiyalariga valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018 — 2020 yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi «Blokcheyn» texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqib va amalga oshiradilar:
a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mazkur faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro kripto-birjalarda realizasiya qilish imkoniyatini nazarda tutishni;
b) 2021 yil 1 yanvardan boshlab «blokcheyn» texnologiyalarini:
*davlat organlari faoliyatiga, jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, davlat xizmatlarini koʻrsatishda, shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni verifikasiyalashda tatbiq etishni; *davlat reestrlari, klassifikatorlari va boshqa maʼlumotlar bazalarini yuritishda, jumladan ularga kiritilgan axborotni yangilash va undan foydalanishda joriy etishni;
*ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor boʻlgan yirik tijorat tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan biznes-jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, maʼmuriy va operasion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq etish va resurslarni boshqarish uchun tatbiq etishni;
kliring operasiyalarida, toʻlovlarni amalga oshirishda, savdoga oid moliyalashda (akkreditiv), shuningdek, loyihalarga kredit berishda joriy etishni.

Download 71,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish