R. X. Karlibayeva, A. A. Temirov korxonalarni



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/81
Sana25.10.2022
Hajmi1,35 Mb.
#856044
TuriУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
Армат KB Kaf 12.KORXONALARNI RAQOBATINI BAHOLASH 10ta

Uchinchi yondashuv – risk bilan bog‗liq. 
Uning tarafdorlari odatda investitsion muhitning tashkil etuvchilari sifatida 
ikkita asosiy mezonni ko‗rsatadilar: 
birinchisi,
investitsion salohiyat va investitsion 
risk darajalarining holati, bo‗lsa, 
ikkinchisi,
investitsion risk va ijtimoiy-iqtisodiy 
salohiyat darajalarining bog‗liqligi. 
Investitsion salohiyat makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar asosida baholanib, u o‗z 
ichiga quyidagilarni oladi: 

hududda ishlab chiqarish omillari va istemol talabining mavjudligi;

xo‗jalik faoliyati natijalari;

ilm-fanning rivojlanishi va uning yutuqlarini joriy qilinganlik darajasi;

etakchi investitsion institutlarning rivojlanganligi;

kompleks infratuzilma bilan ta‘minlanganligi.
Investitsion risk darajasi investitsiyalar va ulardan keladigan daromadni 
yo‗qotish ehtimoli nuqtai nazaridan baholanadi. Ko‗rsatkichlarning katta guruhi 
asosida, shuningdek, investitsion salohiyatning har bir tashkiliy qismi va har bir risk 
bo‗yicha hududiy reyting baholanadi. 
Uchinchi yondashuvda bundan tashqari yuqoridagi ko‗rsatkichlar bilan bir 
qatorda inson omili, rivojlanishning moddiy bazasi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat va 
siyosiy risk darajasi omili, iqtisodiyotning holati va uni boshqarish darajalari kabilar 
hisobga olinadi. 
Investitsion muhitga baho berishning obyektivlik darajasini oshirish uchun 
zamonaviy iqtisodiyot fani tomonidan ishlab chiqilgan bir qator muhim uslubiy 
qoidalarni hisobga olish zarur. 
1. Barcha turdagi investitsiyalar uchun ma‘lum investitsion muhit zarur.
Investitsiyalarning turlari kabi, kapitallarning ham ko‗rinishi turlicha (sanoat, 
savdo, ssuda, aksionerlik) bo‗ladi. Ana shunday vaziyatlarda investorlar muddati 
jihatidan bir-biriga mos kelmaydigan moliyaviy maqsadlarni ko‗zlaydi. Masalan, 


91 
ssuda kapitali qisqa vaqt ichida maksimum foyda olishga qaratilgan bo‗lib, moliyaviy 
investitsiyalar orqali harakat qiladi. Sanoat kapitali uzoq muddat davomida korxona 
faoliyatiga barqaror ta‘sir o‗tkazishga intilib, real, bevosita investitsiyalar orqali 
harakat qiladi. 
2. Investitsion muhit manfaatlar muvozanatiga asoslangan bo‗lishi kerak, 
chunki investitsiyalarni qabul qiluvchi ham, investitsiyalarni yetkazib beruvchi ham 
turli maqsadlarni ko‗zlaydi. Ularning birinchisi mamlakatdagi mavjud mahalliy 
resurslardan tejamli foydalangan holda, ishlab chiqarish (xizmatlar ko‗rsatish)ning 
ustuvor sohalarini rivojlantirish va eksportbop zamonaviy tovar (xizmat)lar ishlab 
chiqarish kabi maksimum maqsadlarni ko‗zlasa, ikkinchisi – yuqori foyda olish va 
mahalliy bozorlarni mumkin qadar tezroq va muqim egallashga intiladi. 
3. Investitsion muhit, bir tomondan, uzoq vaqt davomida barqaror bo‗lishi 
lozim, ikkinchi tomondan, yetarli darajada uddaburon tadbirkor, mamlakatda 
shakllanayotgan ijtimoiy ishlab chiqarish omillariga (ilmiy-texnikaviy, tadbirkorlik
boshqaruv, texnologik) nisbatan yuz berayotgan o‗zgarishlarni hisobga ola biladigan 
bo‗lishi darkor. 
4. Investitsiyalar inson kapitali rivoji, barcha faoliyat sohalaridagi ishchi va 
xizmatchilarning malakasi va kunikmalarining yuksalishi bilan aniq bog‗langan 
bo‗lishi lozim. 
5. Investitsion muhit xo‗jalikning iqtisodiy barqarorligi va ishlab chiqarish 
tizimlari xavfsizligiga raxna solmasligi kerak. 
6. Investorlarning va investitsiyalanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimning 
manfaatlari muvozanatini ta‘minlash maqsadida, jalb qilinayotgan investitsiyalarning 
samarali ekanligini va investitsion muhitning qulayligini kompleks baholash talab 
etiladi. Shu sababdan nafaqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi, balki ularni joriy 
etishning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlarini hisobga olish darkor. 
Investitsion muhitning yuqorida bayon qilingan uslublari asosliligi va amaliy 
ahmiyatini izohlash uchun chet el tajribasini ko‗rib chiqamiz. Investitsion muhitga 
baho berish uslublari bir-biridan farq qilib, odatda chet elda makroiqtisodiy sohaga 
nisbatan baho ishlatiladi.


92 
Investitsion muhitni baholashning ko‗p omilli usuli uslubiy talablarga ko‗proq 
to‗g‗ri keladi. Uning afzallik tomonlari: resurs-omillarning o‗zaro ta‘sirini hisobga 
olish; baho berishda subyektivizmni kamaytiradigan statistik ma‘lumotlardan 
foydalanish; 
iqtisodning 
turli 
darajalariga 
alohida-alohida 
yondashuv; 
investitsiyalarning barcha mumkin bo‗lgan manbalarini maksimal darajada samarali 
qo‗llashni ta‘minlashga intilish. 
Risk darajasi bilan bog‗liq baholash usuli eng avvalo strategik investor uchun 
qiziqish uyg‗otadi. U nafaqat investitsiyalash uchun jozibadorlikni aniqlab qolmay, 
balki, investitsiyalarni qo‗yiladigan yangi obyektga xos bo‗lgan xavf darajasi bilan 
hozirda mavjud bo‗lgan, investor uchun biznes yuritish odatiy bo‗lgan risk darajasini 
qiyoslaydi. Ushbu yondashuvda, shuningdek, investorning ham iqtisodiy, ham 
siyosiy manfaatlari hisobga olinadi. 
Zamonaviy 
iqtisodiy 
tafakkurning 
etakchi 
yo‗nalishlaridan 
bo‗lgan 
institutsionalizm investitsion muhit tahlili uchun yangi imkoniyatlar beradi. Shuni 
ta‘kilash joizki, investitsion muhit iqtisodiyotning institutsional tizimida alohida 
(qism tizim) tizim osti bo‗lib, u ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va ilmiy-
texnikaviy yangilanish jarayonida faol investitsion faoliyat orqali ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlardan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish vazifasiga ega. 
Tadqiqotlarimiz maqsadlari uchun kengaytirilgan ijtimoiy ishlab chiqarishning 
iqtisodni samarali tashkil etishni va oxir-oqibatda iqtisodiy yuksalishni 
ta‘minlaydigan institutsional shart-sharoitlar tavsifini bilish muhim. 
Xo‗jalik tizimining investitsion muhiti dinamizmga ega bo‗lib, u doim yaxshi 
yoki yomon tomonga o‗zgarib turadi. Shu sababdan uni monitoring qilish, doimiy 
kuzatishni tashkil qilish muhimdir. Jahon amaliyotida bunday monitoringning uch xil 
varianti eng ko‗p tarqalgan:
26
26
Haydarov N.H. Iktisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-solik 
munosabatlarini takomillashtirish masalalari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. 
Toshkent-2003. 60 bet. 


93 

birinchi variant
mintaqalar va tarmoqlarni ajratmagan holda butun mamlakat 
investitsion muhitini yaxlit kuzatib boriladi. Bu variantdagi kuzatuv ko‗p hollarda 
chet el konsalting agentliklari tomonidan amalga oshiriladi;

ikkinchi variant
mintaqalar va mamlakatning butun investitsiya muhiti 
kuzatib boriladi;

uchinchi variant
mintaqalar, tarmoqlar, yiriklashtirilgan mintaqalararo 
iqtisodiy zonalar investitsion muhiti kuzatiladi.
 
Uchinchi variant umume‘tirof etilgan variant hisoblanib, mamlakat investitsion 
muhitini tavsiflashning mukammal kurinishidir. U љuyidagi imkoniyatlarni beradi: 
mintaqalararo iqtisodiy tuzilmalarning investitsion shart-sharoitlari o‗rtasidagi 
o‗xshashlik, farqi va o‗ziga xosligini aniqlash; mamlakat investitsion siyosatida u 
yoki bu mintaqaning o‗sib borayotgan ahamiyatini e‘tiborga olish; subyektivizmni 
kamaytirish, axborotni yig‗ish, qayta ishlash, uzatish jarayonini soddalashtirish, turli 
iqtisodiy darajalardagi investitsion muhitni yaxshilash bo‗yicha muayyan tavsiyalar 
berish. Shuningdek, investitsion muhitni aniqlovchi turli xil omillardan, ya‘ni, 
statistik, faktologik va axborot materiallarini o‗rganish, tahlil qilish va shu kabi 
boshqa omillardan ham foydalaniladi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish