5.2.
Investitsion muhit, uning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati
Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi shuningdek, olib
borilayotgan investitsion faollikning o‗sish sur‘atlari investitsion muhitga bog‗liq
bo‗ladi.
Investitsion muhit investitsion resurslarni joylashtirish uchun umumiy mezon
bo‗lib, birinchi navbatda kapital mablag‗larning daromadliligini ta‘minlab beradi.
Qulay investitsion muhit mamlakatga kapital olib kelishni rag‗batlantiradi,
investorlar faoliyati faolligi ko‗tarilishiga xizmat qiladi aksincha, investitsion muhit
ma‘qul bo‗lmasa, kapital chiqib ketadi, investitsion faoliyat so‗na boshlaydi.
Qayerdaki qulay investitsion muhit mavjud ekan o‗sha tomonga investitsiyalar oqimi
tezlashadi. Darhaqiqat, investitsiyalar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir.
Investitsion muhit mavhum tushuncha bo‗lib, uning muayyanligini investitsion
faoliyatni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarning
umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi.
85
Investitsiya iqlimi tushunchasi iqtisodiyotda yangi emas, ammo, mustaqil
O‗zbekiston sharoitiga nisbatan ishlab chiqilmagan. Investitsiya iqlimi juda keng
ma‘noda ishlatiladigan tushuncha bo‗lib, investor tomonidan hisobga olinadigan
barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan ma‘lum bir
mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir
qatorda, o‗z kapitalini kiritmoqchi bo‗lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti
va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi.
23
Qulay investitsion muhit yaratishning muhim tashkil etuvchilaridan biri
huquqiy-me‘yoriy baza bo‗lib, u har bir salohiyatli investorning mulkiy manfaatlarini
himoyalashi, kafolatlashi va shuningdek, mamlakatdagi mavjud investitsiya
mexanizmining tushunarli va aniq bo‗lishini ta‘minlashi lozim.
Sodda qilib, e‘tirof etganda ingvestitsion muhit- investitsion munosabatlarni
amalga oshirish mumkin bo‗lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o‗zida aks
ettirgan voqelikdir.
Investitsion muhitni yaxshilashdan maqsad investitsion salohiyatni oshirish
uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsion faoliyatni
jadallashtirish va provardida iqtisodiyot yuksalishi, ijtimoiy muammolar hal etilishi,
ishlab chiqarish samaradorligi ortishidir.
Investitsion muhit - muayyan mamlakatga (yoki hududga) investitsiyalar
kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan iqtisodiy,
ijtimoiy, tashkiliy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlar mavjudligining ijobiy yoki
salbiy tomonlarini anglatadi.
Hududiy investitsion muhitni yaxshilashda ustuvor ishlab chiqarishga
asoslangan korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari qanday bo‗lishidan qat‘iy
nazar, ularning investitsion faoliyatlarini qo‗llab-quvvatlash lozim. Bu esa mavjud
ishlab chiqarish quvvatlarini va bino-inshootlarni imtiyozli narxlarda sotish,
investitsion kredit, soliq va o‗zaro qarzlarni restrukturizatsiya qilish yo‗llari bilan
amalga oshiriladi. Shuningdek, investorlarni qonunchilik yo‗li bilan himoya qilish,
23
G‘ozibekov D.G., Qoraliev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. -T., 2003.
46-bet.
86
ularni investitsion dasturlarga kiritish, budjet mablag‗larini jalb qilish kabilar ham
katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |