56
moliyaviy faoliyatning daromadlilik va risk darajalari o‗rtasidagi maqbul nisbatni aks
ettiradi.
Moliyaviy menejment nazariyasi korxona aylanma aktivlarini shakllantirishda
uchta prinsipial yondoshishni e‘tirof etadi: konservativ, o‗rtamiyona
va agressiv.
3. Aktivlar hajmini optimallashtirish.
Bunday optimallashtirish, aylanma aktivlardan foydalanish samaradorligi va risk
o‗rtasidagi nisbatning belgilangan darajasini ta‘minlagan holda, ularni
shakllantirishning maqbul siyosatidan kelib chiqishi kerak.
4. Aktivlarning doimiy va o‗zgaruvchan qismlari nisbatini optimallashtirish.
5. Aktivlarning zaruriy likvidligini ta‘minlash.
Modomiki, aylanma aktivlarning barcha turlari likvidli ekan (kelgusi davr
xarajatlari va ishonchsiz debitorlik qarzidan tashqari), ular tezkor likvidligining
umumiy darajasi korxona to‗lov qobiliyatining zaruriy
darajasini joriy moliyaviy
majburiyatlar bo‗yicha ta‘minlashi lozim. Shu maqsadda kelgusi to‗lov aylanmasi
hajmi va grafigini hisobga olgan holda, aylanma akvtilarning ulushi pul shaklida
aniqlanishi kerak.
6. Aktivlarning rentabelligini oshirish.
Korxona faoliyatida aktivlardan samarali foydalanish natijasida muayyan
foydaga erishish lozim. Aylanma aktivlarning ayrim turlari korxonaga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri foiz va dividendlar ko‗rinishida daromad keltirishga mo‗ljallangan (
qisqa
muddatli moliyaviy qo‗yilmalar
). Qisqa muddatli moliyaviy qo‗yilmalar portfelini
shakllantirish uchun ishlab chiqilayotgan siyosatning
tarkibiy qismini vaqtincha
bo‗sh turgan pul qoldiqlari aktivlaridan majburiy foydalanish tashkil etadi.
7. Aktivlardan foydalanish jarayonlarida ularni yo‗qotish xatarlarini
kamaytirishni ta‘minlash.
Aylanma aktivlarning barcha turlari yo‗qotishlar xavfiga mahkum. Pul aktivlari
sezilarli darajada inflyatsion yo‗qotish riskiga uchrash ehtimoli mavjud; qisqa
muddatli moliyaviy qo‗yilmalar – moliyaviy bozor konyunkturasi noqulay
bo‗lganligi sababli daromadning bir qismini yo‗qotish xatariga,
shuningdek
inflyatsiyadan zarar ko‗rish xatariga duchor bo‗ladi; debitor qarzdorlik –
57
qaytarilmaslik yoki vaqtida qaytarmaslik xatariga, shuningdek inflyatsiyadan zarar
ko‗rish xatariga duchor bo‗ladi; tovar-moddiy boyliklar zaxiralari – tabiiy
kamayishdan zarar ko‗rish xatari va h.k.larga duchor bo‗ladi. Shuning uchun aylanma
aktivlarni boshqarish siyosati, ayniqsa, inflyatsion omillarning ta‘sir etish sharoitida,
ularni yuqotishni kamaytirishga qaratilgan bo‗lishi kerak.
8. Aktivlarning ayrim turlarini moliyalashtirish tamoyillarini shakllantirish.
Aktivlarni moliyalashtirishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqqan holda,
apital qiymati va tarkibiy tuzilishini belgilovchi, aylanma
aktivlarning ayrim turlari
va tarkibiy qismlarini moliyalashtirish tamoyillarini aniqlab olish lozim.
Menejerlarning moliyaviy mentalitetiga bog‗liq ravishda, shakllangan tamoyillar
aylanma aktivlarni moliyalashtirishning keng diapazonli – o‗ta konservativdan tortib,
to o‗ta tajovuzkorgacha bo‗lgan yo‗nalishlarini aniqlash mumkin.
9. Aktivlarni moliyalashtirish manbalarining optimal tarkibini shakllantirish.
Aylanma aktivlarni moliyalashtirishning tanlangan tamoyiliga mos ravishda,
kapital qiymatini baholashni hisobga olgan holda, moliyalashtirish manbalarining
aniq tarkibiy tuzilishini tanlashga yondoshishlar shakllantiriladi.
Aylanma aktivlarni boshqarish siyosati korxonada
ishlab chiqilgan moliyaviy
me‘yorlarda o‗z ifodasini topadi. Asosiy me‘yorlar quyidagilar:
korxonaning xususiy aylanma aktivlari me‘yori;
aylanma aktivlar asosiy turlarining aylanuvchanligi va operatsion siklning
davomiyligi me‘yorlari tizimi;
aylanma aktivlarning likvidlik koeffitsientlari tizimi;
aylanma aktivlarni moliyalashtirishning ayrim manbalari nisbatining
me‘yorlari.
Aylanma aktivlarning ayrim turlaridan foydalanishning maqsadi va xarakteri
farqlidir, shuning uchun katta hajmdagi aylanma aktivlarga ega bo‗lgan korxonalarda
ularning alohida turlarini boshqarishning mustaqil siyosati ishlab chiqiladi, masalan:
tovar-moddiy boyliklar zaxirasini boshqarish; debitor qarzdorlikni boshqarish; pul
aktivlarini boshqarish.
58
Aylanma aktivlarning bu guruhlari uchun boshqaruv
siyosati aniqlashtirilib, u
korxona aylanma aktivlarini boshqarishning umumiy siyosatiga bo‗ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: