13.3. Qurilish ishlab chiqarishini va qurilish-montaj
tashkilotlarining quvvatlarini rivojlantirishni rejalashtirish
Qurilish-montaj tashkilotlari - bu qurilish boshqarmalari, trestlar, montaj boshqarmalari va trestlari, ko’chma va shu jumladan ixtisoslashgan ko’chma mexanizasiyalashgan kolonnalar, ishlov berish boshqarmalari va trestlari, yo’l-qurilish boshqarmalari, ko’prik qurish otryadlari - ya’ni qurilish industriyasining ishlab chiqarish bo’g’inlari bo’lib, ular ham deyarli sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar bajargan ishlab chiqarish funksiyalarni bajaradilar. Boshqacha qilib aytganda, qurilish-montaj tashkilotlari ham qurilish tarmog’ining ishlab chiqarish bo’g’inlari kabi, ko’p jihatdan qurilish ishlab chiqarishining joriy va istiqbolli dasturlarining rejalashtirilishi va amalga oshirilishini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |