13.2. Kapital qurilishni rejalashtirishning turlari, mazmuni va yo’nalishlari
Rejalashtirish maqsad va vazifalarni avvaldan belgilash jarayoni sifatida joriy yoki istiqbolli bo’lishi mumkin. Agar joriy rejalashtirish qurilish ishlab chiqarishining dolzarb, kundalik faoliyatda yuzaga keladigan vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo’lsa, istiqbolli rejalashtirish ustivor yo’nalishlarni prognozlash va aniqlashga mo’ljallangan bo’ladi.
Kapital qo’yilmalar rejasi kapital qurilish rejasining yetakchi bo’limidir. U tarmoqlar bo’yicha ham, hududlar bo’yicha ham ishlab chiqiladi va xalq xo’jaligining mutanosib va kompleks rivojlanishini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Bu reja quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |