Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana31.12.2021
Hajmi1,09 Mb.
#231014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
yosh voleybolchilarda tezkor va kuch sifatlarni tarbiyalashda nostandart oy

1 rasm

 


 

33 


 

Mazkur  tadqiqotchi  olim  brus’yada  qo’llarni  bukish-yozish  mashqi  8-16  marta,  turnikda 

tortilish miqdori 6-10 martagacha yetkazilishi muhim deb hisoblaydi. 

Zikr  etilayotgan  12-13  yoshlari  og’ir  atletikachilarda  ko’p  qirrali  tadqiqot  o’tkazgan 

L.S.Dvorkin, shu yoshdagi bolalarda kuch sifatini organizmga zararsiz rivojlantirish uchun kator 

mashqlar tavsiya qiladi. Ushbu mashqlar quyidagi rasmlarda aks ettirilgan. 

Rasmlarda ko’rinib turibdiki 1 mashq (1 rasm) shug’ullanuvchi kushetkada yotgan xolatda 

kichik  shtangani  (maksimal  og’irlikning  50-60%)  qaytag’qayta  ko’taradi.  Qaytarish  soni 

maksimal martadan 50-55%. 



 

34 


2  rasmdagi  mashq  shtanga  bilan  o’tiri-turish.  Shtanga  bilan  o’rnidan  turganda,  ya’ni 

oyoqlar  yozilganda  nafas  olish,  oyoqlar  bukilganda,  ya’ni  o’tirgada,  nafas  chiqarish  tavsiya 

etiladi. 

3 rasmda shug’ullanuvchi shtanga bilan tik turgan holdan oldinga 90° egiladi va dastlabki 

holatga qaytadi. 

Qolgan  rasmlardagi  mashqlar  ham  sekin  shiddatda,  nafas  olish  ritmiga  bo’ysingan 

holatda  ijro  etiladi.  Rasmlarda  aks  ettirilgan  barcha  mashqlar  haqiqatdan  ham  yosh  sportchi 

bolalarda  kuch  sifatini  samarali  rivojlantirishi  mumkin  ekan.  Lekin,  bizning  kuzatuvlarimizga 

qaraganda  har  doim  bunday  mashqlarni  qo’llash  zerikarli  tus  olar  ekan,  bolalarda 

mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishini ancha so’ndirishi va nihoyat ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir 

ko’rsatishi  mumkin  ekan.  Bunday  mashqlarni,  bizning    fikrimizcha,  yanada  og’irligini 

kamaytirib,  nostandart  mashqlarni  estafeta,  o’yin  yoki  musobaqa  qiyofasida  qo’shib  qo’llansa 

ularning samaradorligi yanada oshadi deb fara qilsa bo’ladi. Chunki, o’yin yoki estafeta shaklida 

beriladigan  va  xiyolgina  og’irliklar  bilan  bajariladigan  nostandar  mashqalar  bolalarning 

emosional  xissini  uyg’otadi,  ularning  kayfiyatini  ko’taradi  va  shu  omillar  orqali  organizmida 

(mashaklarda, nerv sistemasida) ro’y beradigan o’ta charchov va zo’riqish asoratlarining paydo 

bo’lishi muddatini ancha kechroqqa surish mumkin deb o’ylaymiz. 

Yosh  og’ir  atletikachilarda  kuch  sifatini  samaraliroq  rivojlantirish  haqidagi  mazkur 

g’oyaga V.N.Savchenko (1970) va Ye.L.Kulkov (2006)larning fikrlari anchagina hamohangdir. 

Jumladan,  V.N.Savchenko  13-16  yoshdagi  og’ir  atletikachialrda  kuch  sifatini  rivojlantirish 

maxsus  og’irlik  mashqlarini  predmetsiz  o’yin  mashqlari  bilan  qo’shib  qo’llanganda  ancha 

unumli kechadi degan xulosaga kelgan. 

Ye.L.Kulkov  og’irik  mashqlarini  fiziologik  jixatdan  asoslanib  berish  bilan  bir  qatorda 

boshlovchi  atletlar  bilan  o’tkaziladigan  shiddatli  va  2-3  hafta  davom  etadigan  mashg’ulotlari 

sport o’yinlari, suzish, velosipedda uchish bilan almashib turish kuch rivojlantirish va umuman 

trenirovka samaradorligini yanada oshiradi deb ta’kidlaydi. Mazkur olimning xulosasiga binoan 

kuchni  rivojlantirishda  fiziologik  jihatdan  muhim  bir  holatga  e’tibor  qaratish  zarur.  Jumladan, 

shug’ullanishni endi boshlagan hamda tajribali voleybolchilar ham ko’pgina o’zining maksimal 

yuklamasidan  (mashq  qiladigan  og’irlik  miqdori)  kam  bo’lgan  og’irliklar  bilan  shug’ullansa, 

ularning  kuch  sifati  nafaqat  rivojlantirishda  to’xtatish  mumkin,  balki  kuchni  dastlabki 

rivojlangan  darajasidan  ham  pasayib  ketishi  mumkin  ekan.  Binobarin,  kuch  sifatini,  uning 

turlarini rivojlantirish jarayoni doimo kuzatuv va nazorat ostida bo’lishi darkor. 

Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar taxlili shuni ko’rsatdiki, kuch sifatini rivojlantirishda, 

ayniqsa  uni  yosh  voleybolchilarda  tarbiyalash  masalasi  aksariyat  maxsus  hamda 

ixtisoslashtirilgan mashqlar bilan bog’lanadi. Boshqacha qilib aytganda voleybolchilarda kuchni 



 

35 


rivojlantirish  ustivor  jihatdan  trenajyor  yoki  og’irliklarsiz  mashqlar  asosida  ijro  etiladigan 

standart  yoki  an’anaviy  ixtisoslashgan  mashqlar  yordamida  amalga  oshirilishi  yakdillik  bilan 

tasdiqlanadi. Masalaga bunday yondoshuv, albatta o’ta ahamiyatli va birdan-bir bo’lgan omildir. 

Ammo,  ushbu  omil  vag’oyani  to’liq  qo’llab-quvvatlagan  holda,  voleybol  bilan  dastlabki 

bosqichda  shug’ullanayotgan  bolalar  mashg’ulotlarida  kuch  sifatini  rivojlantirish  og’irlik  va 

og’irliksiz  mashqlarni  nostandart  shaklda  hamda  estafeta  yoki  o’yin  tarzida  almashib  qo’llash 

qanday natija berar ekan? 

G’oya to’g’ri  yoki noto’gri bo’lishidan qat’iy nazar ushbu mavzuni tadqiqot  yordamida 

o’rganib ko’rish dolzarb ahamiyatga ega deb o’ylaymiz. 

 


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish