Qatnashchilar: Usmon Nosir shoir Nosir hoji otasi Xolambibi aya onasi Rohatoy


Usmon deding o’tgan qaytib kelmaydi yo’q yo’q ertani, ertani sevilib kut Qiz siymosi



Download 38,67 Kb.
bet14/14
Sana20.07.2022
Hajmi38,67 Kb.
#825073
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Usmon Nosir drama(1)

Usmon
deding o’tgan qaytib kelmaydi
yo’q yo’q ertani, ertani sevilib kut


Qiz siymosi:
Ha, men seni kutdim
Kutdim ertani
so’nggi nafasgacha kutdim sevgilim
har kunim har oyim o’tdi o’rtanib
so’ldim oxir sening hajringda gulim
necha bor sog’inding zor qirg’og’ida
yolg’iz o’tirardim vaslingni tilab
necha bor sarg’aydi hijron bog’ida
tabiat soxorin kuzlarga ulab
go’yo mening tilimdan yozgan she’rlaringni o’qiyman yoddan
ko’nglimni xarob aylab ketdi
sevganimni kamoli shodlik bo’lmadi
bir bahor umriga to’ysa kapalak
mening qalbim sira unga to’ymaydi.
Qani, qani u kunlarki Oy kunlar suzgun
Uni kutib yo’llariga termulgan edim
Qani, u kunlarki Bir ko’rib tutqun
Shirin xayoliga kayf surgan edim.
Ey, qalbim yig’lagin qon qara qaqshab
Ey shirin ta’mingni a’zasin tutgun
Ko’zyoshim aylansin yurak qoniga
Ey, qayg’urgun, lahza qon yutgul.
Istadim istadim u bo’lsin yupanchim mening
Alam bo’ldi oshno kulfat hamrohim
Nafas ichdan kelar aylanib o’tgil
Osmonni ham teshar go’yoki ohim
Uni dedim men kuydim
kuyib kul bo’ldim
kuyib kul bo’ldim kul!
Lekin sen qaytmading holimni so’rab
Sening yo’llaringda qoldi intizor
Necha ko’zlar necha nigohlar
Yo Rab na qabring topoldim
Na topdim mozor!


Usmon;
yo Rab! Na qabring topoldim
Na topdim mozor.
Shafaq o’chay deb qoldi
Kaptar qoniday rangsiz
Ko’zlarimni uzmayman
Deding o’tgan qaytib kelmaydi
Yo’q! yo’q! ertani, ertani sevinib… (o’ladi)

(Hamshira yugurib chiqadi)


Hamshira: Usmon! Usmon! Usmon! Ey, Xudoyim qaysi gunohlaring uchun shuncha azob? (tiz cho’kib) tuprog’ingni hidiga to’ymay ketding. Ona yurtingni ko’rolmay ketding. Zamonangga o’t qo’y! Zamonangga la’natlar bo’lsin! Zamonangga la’natlar bo’lsin, Usmooonnn!


Usmon: (oppoq kiyimda) mening yosh boshimdan ko’p alamli kunlar o’tdi. Hayotga to’ymadim. Niyatlarim quyoshdek charog’on, nurdek pok edi. Meni qaro tunlar bag’riga otishdi. Ammo men o’sha zulmatlar ichida ham nur izlab unga intildim. Men ozod vatanimga qaytdim. Elim meni eslab yig’lama! Shod ruhimni endi tig’lama! Sen umrimga havas qil. Axir meni tanlab siylagan taqdir, hammaga ham nasib etmadi. Hammaning ham qo’lin tutmadi. Men haqiqat uchun berdim jon. Xoinlikda axtarmadim shon. Dema ketdi armonda Usmon. Dema endi kul bo’ldi Cho’lpon. Dema aslo Qodiriyning ham ketdi yuragida cho’g’-alam. Axir derlar har bitta boshga bu dunyoda kelur bir o’lim. Aylantirdi palahmon toshga bizni elni xor etgan zulm. Hech yig’lama men uchun elim. Axir mendan baxtli inson yo’q. Fe’ling kabi keng edi fe’lim, diydam edi diydang kabi to’q. Arzir edi yig’lasang agar meni birov xoin deganda. Arzir edi yig’lasang agar yurtim nomim etganda kanda. Qismatimdan roziman xalqim, meni eslab yig’lama aslo! Men tirikman yurt bayrog’ida guldan bitgan haykalim balqib turar ozod vatan bog’ida. O, u qandayin husnkor! Nur bilan to’lgan butun. Gullari chaman-chaman. Men ularni ichaman. Bargday uzilib ketsam, unutmas meni bog’im. Ming yillardan keyin ham unutmas meni bog’im. She’rlarim yangrab qolur. Bir umrga o’lmayman. Hayotimning davomi kelajagimga homiy o’rnimga bog’bon bo’lur. Bir umrga o’lmayman!!!
Download 38,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish