М2 - pul agregati, Ml pul agregati bilan jam g‘arma depozitlar,
muddatli omonatlar, bir kunlik
qayta
sotib olishga kelishilgan keli-
shuvlar, yevrodollarlardagi bir kunlik zayomlar hamda pul bozorining
oila xo‘jaligiga tegishli bo'lgan o‘zaro fondlaridan tashkil topadi.
Jamg‘arma depozitlar - foiz shaklida daromad keltiruvchi de
pozit institutlaridagi depozitlar bo‘lib,
ularning egalari xohlagan
vaqtda uni olish huquqiga egadirlar. Ular chekdan foydalanish
orqali tasarruf etish huquqini bermaydi.
Muddatli omonatlar - depozit institutlaridagi shartnoma orqali
kelishilgan muddatgacha saklanadigan va egasiga ushbu davr mo-
baynida foiz shaklida daromad keltiruvchi mablag'lardir. Qay
ta sotib olishga kelishilgan bir kunlik bitimlar (RP) - firma yoki
jismoniy shaxs tomonidan moliyaviy
muassasalardan qimmatdor
qog‘ozlarni sotib olishga va bir kundan keyin kelishilgan baholarda
qayta sotishga kelishilgan bitimlar.
Yevropadagi bir kunlik zayomlar - AQSh dan tashqaridagi de
pozit institutlarining bir kunga sotib olib keyin kayta sotish uchun
kelishilgan qisqa muddatli aktivlari.
MZ - pul agregati - М2 pul agregati, depozit sertifikatlari, mud
datli RP va yevrodollarlardagi muddatli zayomlar hamda pul bo
zorining Ml fondlari aksiyalari. Depozit sertifikatlari - bu, odatda.
$100000 dan kam bo’lmagan miqdordagi muddatli depozitlardir.
AQSh da to ‘rtinchi pul agregati ham mavjud bo‘lib, unga
M3+qisqa muddatli xazina majburiyatlari+korporativ qimmatdor
qog‘ozlar+jamg‘arma obligatsiyalari+bank akseptlari kiradi.
Turkiyada pul agregatlari quyidagicha taqsimlanadi:
Ml
- muomaladagi naqd pullar, talab qilib olinadigan depozit
lar, tijorat maqsadidagi talab qilib olinadigan depozitlar va Turkiya
markaziy bankidagi depozitlardan tashkil to p ad i.
М2 - Ml pul agregati, muddatli depozitlar va depozit sertifikat-
laridan iborat.
14
М2 - М2 pul agregati va chet el valyutalari dagi depozitlar.
MZa - M2a pul agregati va davlatning talab qilib olinguncha
hamda muddatli depozitlari.
MZ - М2 pul agregati va Turkiya
markaziy bankidagi boshqa
depozitlardan tashkil topadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda pul muomalasini
boshqarishda quyidagi pul agregatlaridan foydalaniladi:
MO - muomaladagi naqd pullar.
Ml - MO pul agregati va talab qilib olinadigan hisob raqamlar
qoldiqlari.
М2 - M l pul agregati va muddatli depozitlar .
MZ - М2 pul agregati, depozit sertifikatlari, maqsadli zayom ob-
ligatsiyalari, davlat zayomi obligatsiyalari,
xazina majburiyatlari-
dan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: