VII bob. Portlash xavfi bor texnologik tizimlarning elektr ta’minoti va elektr asbob-uskunalari. 256. Elektr qurilmalarining o‘rnatilishi, montaj qilinishi, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash - elektr qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlari va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
257. Yakka tartibda import bo‘yicha (texnologik uskunalar komplektida bo‘lmagan) sotib olinayotgan elektr asbob-uskunalarga guvohnoma rasmiylashtirish majburiydir. Import asbob-uskunalar kompleks bazasida qurilayotgan texnologik obyektlar tarkibiy qismiga kiruvchi asbob-uskunalarga portlashdan himoyalanganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirish va xulosa berish talab etilmaydi.
258. O‘z tarkibida I toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga ega bo‘lgan obyektlarni elektr ta’minoti ishonchlilikning I toifasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda ishlab chiqarishning barcha rejimda ishlashida, shu jumladan ikkita mustaqil o‘zaro zahiralangan ta’minot manbalaridan elektr energiya berish bir vaqtda to‘xtaganda texnologik jarayonni xavfsiz holatga avariyasiz o‘tkazish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
259. O‘z tarkibida II va III toifali portlash xavfi bor bloklari bo‘lgan texnologik tizimlarni elektr qabul qilgichlari elektr ta’minotni ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha texnologik jarayon va ekspluatatsiyaning ma’lum sharoitlariga bog‘liq holda, faqat I yoki II toifali elektr qabul qilgichlar jumlasiga kirishi mumkin.
260. Elektr ta’minot ishonchliligining I-toifali alohida guruh iste’molchilarini ta’minlovchi tashqi manbalardan elektr ta’minoti liniyalari, kuchlanish sinfidan qat’iy nazar, avtomatik chastotali yengillashtirish moslamalari (AChE-AChR) bilan jihozlanishi mumkin emas.
261. Iste’molchilarning ishonchli ishlashi quyidagilar bilan ta’minlanadi: ta’minlanish manbalarining ishonchliligi (TM);
elektr ta’minoti sxemalarining ishonchliligi (sxemalarning alohida elementlarining ishonchliligini oshirishdan va ularning sonini kamaytirish);
elektr ta’minoti tizimlari elementlarini va texnologik tizimlar elementlarini zahiralash (seksiyalashtirish, TM sonini ko‘paytirish, uzluksiz ta’minot agregatlarini qo‘llash va boshqalar);
kuchlanish qisqa muddatda pasayganda yoki ta’minlanish uzilganda, shu jumladan elektr ta’minotining avtomatik tizimlari ishlatilganda (qayta ulanishda avtomatik — AQU, AUYE, ... AQT), I toifali elektr qabul qilgichni o‘chirilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus uskunalar, elektr himoyalash va blokirovka sxemalarida zaruriy choralar qo‘llanishi bilan;
elektr ta’minotida uzilish natijasida kuchlanish pasayganda yoki qisqa vaqtga elektr ta’minoti uzilganda ayrim elektr qabul qilgichlarga o‘z-o‘zidan ulanish yoki qayta ulanish moslamalari bilan, agarda o‘z-o‘zidan ulanish yoki qayta ulanishga uskunalar konstruksiyasi va texnologiya tomonidan yo‘l qo‘yilsa;
elektr uskunalarning xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimlarining mukammallashtirilishi;
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning (ishga) sifatli tayyorlash.
262. Bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq texnologik obyektlarning elektr ta’minoti uchun bitta guruh ta’minlash manbai nazarda tutiladi.
Har xil manbalardan elektr ta’minotida, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq texnologik obyektlar tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlovchi yoki ta’minlanish manbalaridan biri ishdan chiqqan holatida ularni xavfsiz holatga o‘tkazish choralari va vositalari nazarda tutiladi.
263. Portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarishlarning elektr iste’molchilari bilan bog‘liq taqsimlovchi punktlar (TP), qurilmalar (TQ) transformator podstansiyalari (TPS) va boshqa elektr uskunalar uchun xonalar alohida turgan binolarda jihozlanadi.
Alohida asoslangan vaziyatlarda TP, TQ, TPSlarni quyidagicha joylashtirilishiga ruxsat beriladi:
I toifali portlash xavfli bor blokli texnologik obyektlar uchun portlash o‘t tushish xavfli jarayonli binoning yon devoriga tutashtirib qurilgan, ichida ishlab chiqarish va ta’mirlash xodimlari oz vaqt bo‘ladigan portlash, xavfsiz xonalar joylashgan, olti metrli oraliqdagi binoda;
II toifadan katta bo‘lmagan portlash xavfi bor blokli texnologik obyektlar uchun bir tomonidagi devori bilan portlash xavfi bor zonaga tutashgan xonalarda (ishlab chiqarish xonalarida).
Tutashtirilgan TP, TQ, TPSlar (xonalari), faqat shu xonalarda joylashgan texnologik qurilmalargagina xizmat ko‘rsatishi kerak.
264. Korxona va qurilmalar bo‘yicha kabellarni o‘tkazish estakadalar bo‘yicha, texnologik estakadalarning kabel konstruksiyalarida va galereyalarida ochiq holda bajarilishi tavsiya etiladi.
Kabelli estakadalar va galereyalar mustaqil, hamda texnologik estakadali umumiy qurilish konstruksiyalar bo‘lishi ham mumkin.
Texnologik estakadalarda kabel inshootlarini joylashtirish quvurlarni montaj qilish va qismlarga ajratishni ETQ va sanoat korxonalarining elektr ta’minotini loyihalashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma talablarini ta’minlashni hisobga olgan holda bajarish kerak.
Kabellarni qum solib to‘ldirilgan kanallarda va transheyalarda yotqizishga yo‘l qo‘yiladi.
Texnologik qurilmalar va ishlab chiqarishlarning (korxona) bo‘yicha yotqizilgan kabellar yonishni tarqatmaydigan materiallardan iborat qobiq (qoplama) va izolatsiyalarga ega bo‘lishi kerak. Kabellarning qobiqlarini va izolatsiyasini tanlash, yotqizish zonasida mavjud bo‘lgan mahsulot bug‘larini, ularga zararli ta’sirini hisobga olgan holda, amalga oshirilishi kerak. Polietilen izolatsiyali yoki qobiqli bo‘lgan simlarni va kabellarni ishlatish man etiladi.
265. Tashqi texnologik qurilmalarining elektr chiroqlari operator xonasidan masofadan va xizmat ko‘rsatish zonalari bo‘yicha - joyidan yoqilishi kerak.
266. Ta’mirlash ishlarini tor, gazlangan, shu jumladan texnologik apparatlar ichki qismlarida olib borilganda, yoritish, odatda, elektr qurilmalarini o‘rnatish (EQU) bo‘yicha me’yoriy talablariga javob beradigan ko‘chma portlashdan himoyalangan akkumulyatorli, tegishli muhitda tayyorlangan yoritgichlar yoki ko‘chma portlashdan xavfsiz yoritgichlar yordamida ta’minlanadi.
267. 1-toifali ishonchlilikning alohida guruhiga kiradigan ishlab chiqarishni avariya holatida to‘xtatish zarurligida amalga oshiriladigan ish o‘rinlarini avariya holatida yoritishning elektr ta’minoti uchinchi mustaqil manbadan ta’minlanishi kerak.
268. Baland kolonnalarda, apparatlarda va boshqa texnologik asbob-uskunalarda portlashdan himoyalangan to‘siqli chiroqlar o‘rnatish nazarda tutilishi kerak.
269. Texnologik qurilma va ishlab chiqarishlar payvandlovchi elektr asbob-uskunalarni ulash uchun statsionar tarmoq bilan jihozlanadi.
270. Payvandlovchi apparatlarni ulash uchun kommutatsion qutilar (shkaflar) qo‘llanishi kerak.
271. Payvandlovchi apparatlarni ulash uchun tarmoq me’yoriy holatda toksizlanishi kerak. Bu tarmoqqa kuchlanish berish va payvandlash elektr uskunasini ulash elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq, hamda olovli ishlarni olib borishga naryad-ruxsatnoma mavjud bo‘lganda bajarilishi kerak.
272. Topshiriq-ruxsatnoma mavjud bo‘lmaganida bu tarmoqqa, kuchlanish berishning imkoniga yo‘l qo‘ymaydigan choralar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
273. Elektr payvandlash ishlarini olib borilishi, belgilangan tartibda, “Portlash xavfi bor va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish bo‘yicha Namunaviy yo‘riqnoma” talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
274. Ko‘chma yurgiziladigan va ko‘chma olib yuriladigan elektr asbob-uskunalarni ulash uchun moslamalar portlash xavfi bor zonalardan tashqarida joylashtirilishi kerak. Bunday asbob-uskunalarning portlashdan himoyalanganligi darajasi portlash xavfi bor zona sinfiga mos bo‘lishi kerak.