Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida


VIII bob. Isitish va shamollatish (havo almashtirish)



Download 1,02 Mb.
bet24/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

VIII bob. Isitish va shamollatish (havo almashtirish).
275. Isitish va shamollatish tizimlari vazifasi, o‘rnatilishi, texnik tavsiflari, ijrosi, xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish shartlari bo‘yicha qurilish me’yorlari va qoidalari, sanoat korxonalarini loyihalashning sanitariya me’yorlari, davlat standartlari va ushbu Qoida talablariga mos kelishlari kerak.
276. Shamollatish tizimining tuzilishi, shu jumladan avariyaligi holatida havo almashinish karraliligi ishonchli va samarali shamollatishni ta’minlash zaruriyati bilan aniqlanadi.
Har qanday toifali portlash xavfi bor texnologik blokli xonalar uchun xonaga texnologik uskunalardan yonuvchi va zararli mahsulotlarni avariya holatida, baravariga maksimal chiqindilar chiqishi mumkin bo‘lganda, barcha shamollatish turlaridan foydalanish mumkinligini baholash, loyihalashda amalga oshiriladi va texnologik hamda foydalanish hujjatlarida aks ettiriladi.
277. Shamollatish tizimini ekspluatatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sozlash va shamollatish tizimlarini ishlash samaradorligini instrumental tekshiruvini o‘tkazish tartibi sanoat ventilatsiyasini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha tarmoq nizomlar va yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.
278. Shamollatishga havo keltirish tizimlari uchun havo olish moslamalari, ishlab chiqarishning barcha ish rejimlarida shamollatish tizimlariga portlash xavfi bor bug‘ va gazlarning tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan joylarda, o‘rnatilishi nazarda tutiladi.
279. Umumalmashinish va avariya holatida tortuvchi shamollatish tizimlaridan havoni chiqarib tashlash moslamalari, samarali tarqalishni, tashlash zonasida portlash va korxona ustida, shu jumladan statsionar yoqish manbalari oldida, portlash xavfi bor aralashmalarni hosil bo‘lishi mumkinligiga yo‘l qo‘yilmaslikni ta’minlashi kerak.
280. Portlash-yonish xavfi bor chang va gazlarni olib ketuvchi mahalliy so‘rib oluvchi tizimlar — so‘rib olish ishlamaganda ishga tushirish va u bilan bog‘liq texnologik uskunalarni konstruktiv ishlashiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
281. Avariya holatida shamollatish tizimlari uchun, xonaga o‘rnatilgan portlashgacha konsentratsiya signalizatorlari ishlab ketganda yoki portlash xavfi bor bug‘ va gazlarni konsentratsiyasi chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi oshganda, ularni avtomatik ulanishi nazarda tutiladi.
282. Shamollatish tizimlarida havo uzatgichlar orqali bir xonadan ikkinchisiga portlash-yonish xavfi bor bug‘ va gazlarni o‘tishiga imkon bermaydigan choralar va vositalar nazarda tutiladi.
283. Shamollatish uskunalari, havouzatgichlar, havo tortuvchi shamollatish tizimlarining uchun elementlari (shiferlar, qopqoqlar, klapanlar) ijrosida mexanik o‘t olish (zarba, ishqalanish) yoki elektr (statik elektr energiyasi) manbalariga yo‘l qo‘ymaslik nazarda tutilishi kerak.
Ventilyatorlar, portlashdan himoyalangan ventilyatorlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
284. Shamollatish tizimlarining havo uzatgichlari — ularni bir-biri va ventilyatorlar bilan birikish joylari germetik bo‘lishi kerak va havo keltiruvchi shamollatish tizimiga tarkibida portlash xavfi bor bug‘ va gazlar bo‘lgan havoning tushishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
285. Havo uzatgichlarning va uskunalarning ichki yuzalarida suyuq yoki qattiq portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar hosil bo‘lishi (kondensatsiya, cho‘ktirish) mumkin bo‘ladigan tortuvchi shamollatish tizimlari uchun bu mahsulotlardan tizimni davriy tozalash, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda yong‘inni o‘chirishni statsionar tizimlari bilan ta’minlanishi nazarda tutiladi. Tozalash bo‘yicha ishlarni bajarish davriyligi va tartibi tarmoq me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi.
286. Ishlab chiqarish xonalarida, bino tashqarisida va shamollatish uskunalari xonasida o‘rnatiladigan shamollatish tizimining elektr uskunalari portlashdan himoyalanish darajasi va turi, guruhi va harorat sinfi bo‘yicha elektr qurilmalarni tuzilishi qoidalari talablariga muvofiq tanlanadi.
287. Shamollatish tizimining (havo keltiruvchi va tortuvchi) barcha havo uzatgichlari va metalli uskunalari kimyo, neft-kimyo va neftni qayta ishlash sanoatining ishlab chiqarishlarida statik elektrdan himoyalash qoidalari va elektr qurilmalarni tuzilishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq sim bilan yerga ulanishi kerak.
288. Boshqarish xonalari va ishlab chiqarish xonalarida shamollatish tizimlarining nosoz ishlashi haqida signalizatsiya nazarda tutilishi kerak.
289. Portlash-yonish xavfi bor zonalari mavjud bo‘lgan xonalarda asosan havo keltiruvchi shamollatish bilan birlashtirilgan, havo bilan isitish nazarda tutiladi. Jarayonda qatnashayotgan moddalar suv bilan portlash xavfi bor mahsulotlarni hosil qilmaydigan hollarda xonalarni suv yoki bug‘ bilan isitilishiga ruxsat beriladi. Isitish tizimi yuzasining qizish maksimal harorati jarayonda qatnashayotgan moddalarning o‘z-o‘zidan alangalanishining eng past haroratiga ega bo‘lgan moddaning o‘z-o‘zidan alangalanish haroratining 80 foizidan oshmasligi kerak.
290. Elektr xonalari va NO‘AvaA xonalari ustidan isitish (suv, bug‘ bilan) tizimining moslamalari, qo‘llaniladigan elementlari va armaturalarni o‘tkazishda ularni joylashishi, bu tizimlarga xizmat ko‘rsatish va barcha foydalanish rejimlarida, bu xonalarga nam tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
291. Issiqlik tashuvchining kirish uzellari quyidagicha joylashishi mumkin:
havo keltiruvchi shamollatish tizimi xonalarida (shamollatish kamerasida);
zinadan yoki portlash-yonish xavfi bo‘lmagan ishlab chiqarish binolaridan alohida kiriladigan mustaqil xonada;
suv yoki bug‘ bilan isitish qo‘llaniladigan ishlab chiqarish xonalarida.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish