13-14. ma’ruza Hujayralarning bо‘linishi. Mitoz
Organizmdagi hujayralar sonining ortishi mavjud hujayralarning bo`linib ko`payishi hisobiga amalga oshadi. Hujayra bo`linishidan oldin DNK sintezi yuz beradi va xromosomalar reduplikatsiyaga uchraydi. Hujayraning bo`linishi boshlanishidan navbatdagi bo`linishigacha, yoki bo`linish boshlanishidan qarib
|
12-rasm.
A-mitoz sikli. Sxema (Xem bo’yicha).
Б- mitoz sxemasi (Maeziya bo’yicha), a, б-interfaza, в, г-profaza, d-metafaza, e-anafaza, ж,з-telo-faza.
| nobud bo`lishigacha bo`lgan yashash davri hujayra sikli deyiladi. Yuqori umurtqalilarning voyaga etgan organizmlaridagi turli to`qima va organlar hujayralarining bo`li-nish qobiliyati bir xil emas. Tabaqalangan va ixtisoslashgan
hujayralar (masalan, qon granulotsitlari) bo`linish qobiliyatini to`lig`icha yo`qotgan. Organizmda hujay-ralari doimo yangila-nib turadigan to`qi-malar - turli epiteliy-lar, qon yetishtiruvchi to`qimalar ham mavjud. Bu xil to`qimalardagi bir qism hujayralar doimo bo`linib, o`z fao-liyatini tugatayot-gan va o`layotgan hujayra-larning o`rnini oladi. Odatdagi sharoitda ko`paymaydigan hujayralar reparativ regeneratsiya (to`qimalar shikastlangandan keyin tiklanish) jarayonlarida qaytadan ko`payish qobiliyatini tiklashi mumkin.
Hujayra sikli ikki bo`linish oralig`i - interfaza va mitoz bo`linish davrini o`z ichiga oladi (12-rasm). Hujayra siklining bosqichlariga ko`ra, ko`payayotgan hujayralardagi DNK miqdori har xil bo`ladi. Bu holni somatik hujayralar ham, gametalar ham ko`payayotganda kuzatish mumkin. Ma`lumki, yetilgan tuxum va urug` hujayralarda xromosomalar soni gaploid bo`lib, DNK miqdori organizmning boshqa hujayralaridagidan 2 marta kamdir. Ploidlik n harfi bilan belgilanadi, ya`ni 1 n sondagi xromosomalarga ega hujayralar gaploid, 2n-diploid, 3n-triploid va h. Shunga mos ravishda hujayraning DNK miqdori (c) hujayra ploidligi bilan bog`liq: xromosomalarning soni 2 n bo`lgan (diploid) hujayrada DNK miqdori 2 c.
Otalanish jarayonida ikki gaploid hujayra qo`shilishidan hosil bo`ladigan hujayra - zigota diploid (2 n, 2 c)dir. Bundan keyin zigotaning maydalanishidan hosil bo`ladigan diploid hujayralarning navbatdagi bo`linishlari natijasida taraqqiy qiladigan organizmning yetilgan jinsiy hujayralardan tashqari barcha hujayralari odatda diploid bo`ladi.
Diploid hujayralarning hujayra sikli tekshirilsa, ularning populyatsiyasida ham diploid (2 c), ham tetraploid (4 c) va oraliq miqdorda DNK saqlovchi interfazadagi hujayralarni uchratish mumkin. Hujayralarning DNK miqdoriga ko`ra, bunday turli xil bo`lishning sababi DNK miqdorining ikki barobar ortishi interfazaning ma`lum bir paytida yuz berishi, bo`linishi esa faqat bu jarayondan keyin amalga oshishi bilan bog`liq.
Butun hujayra sikli to`rt davr: mitoz (M) hamda interfazaning presintez (G1), sintez (S) va postsintez (G2) davrlaridan iborat. Bevosita mitozdan keyin bolanadigan G1 davrda hujayralar diploid bo`lib, har bir o`zakda 2 c miqdorda DNK bor. Bo`linishdan keyin G1davrda oqsillar va RNK miqdori ona hujayradagidan kam. G1 davrda hujayraning o`sishi asosan RNK miqdori ortishi bilan bog`liq bo`lgan hujayra oqsillarining to`planishi hisobiga boradi. Bu davrda hujayraning DNK sinteziga tayyorlanishi boshlanadi. Navbatdagi, S davrda har bir o`zakka to`g`ri keladigan DNK miqdorining va bunga mutanosib holda xromosomalar sonining ikki barobar ortishi yuz beradi. S davrdagi turli hujayralarda DNK miqdori 2 c dan 4 c gacha bo`lishi mumkin. Bu hol DNK sintezining turli bosqichidagi (endigina sintezga kirishgan yoki uni yakunlagan) hujayralar tekshirilayotgani bilan bog`liq.
S davr hujayra siklining markaziy davridir. DNK sintezi davrini o`tmagan hujayralarning mitoz bo`linishiga kirish hollari uchramaydi. Faqat meyozning ikkinchi bo`linishi bundan mustasnodir.
S davrda DNK miqdorining ortishiga mutanosib holda RNK sintezi darajasi ham ortib, G2 davrda u o`zining maksimumiga etadi. G2 (postsintez) davr premitotik davr ham deb ataladi. Bu davrda mitoz amalga oshishi uchun lozim bo`lgan i-RNK, bundan sal avvalroq esa ribosomalarning r-RNK si sintezlanadi. Premitotik davrda sintezlanuvchi oqsillardan tubulin - mitotik dukning oqsillari alohida ahamiyatga ega. G2 davr oxirida va mitoz davomida xromosomalarning kondensatsiyalanishi bilan RNK sintezi keskin susayib, mitoz paytida umuman to`xtaydi. Shunga mutanosib holda oqsil sintezi ham susayadi va boshlang`ich darajasining 25%i atrofida bo`ladi.
O`simlik va hayvonlarning o`sayotgan to`qimalarida “tinch holatdagi”, vaqtincha yoki umuman bo`linishdan to`xtagan hujayralar mavjud bo`lib, ularni G0 davrdagi hujayralar deyiladi. Ayrim to`qimalarda bunday hujayralar uzoq vaqt o`z morfologik xususiyatlarini o`zgartirmasdan, bo`linishga bo`lgan qobiliyatini saqlovchi kambial (stvol) hujayralar holatida turishi mumkin. Ko`pincha bo`linish qobiliyatini yo`qotish ixtisoslashish va tabaqalanish qobiliyati paydo bo`lishi bilan bog`liq amalga oshadi. Tabaqalanayotgan bunday hujayralar sikldan chiqadi, lekin ma`lum sharoitda (shikastlanish yuz berganda) yana qaytadan siklga kirishi mumkin. Ko`pchilik jigar hujayralari G0 davrda bo`ladi; ularda DNK sintezi va bo`linish kuzatilmaydi. Ammo tajriba sharoitida jigarning bir qismi olib tashlansa, ko`pchilik hujayralarda DNK sintezi boshlanib, ular mitoz bo`linishi mumkin. Boshqa hollarda, masalan epidermisda sikldan chiqqan hujayralar qaytib siklga kirmaydi, ma`lum vaqt faoliyat ko`rsatib, keyin nobud bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |