Pedagogika instituti rivojlanish biologiyasi


-12. ma’ruza Sitoplazma kiritmalari va yadro tarkibi



Download 23,67 Mb.
bet32/70
Sana31.12.2021
Hajmi23,67 Mb.
#258570
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
Bog'liq
1-KURS MAJMUA

11-12. ma’ruza Sitoplazma kiritmalari va yadro tarkibi
O`zak (yunon. - caruon, lotin. - nucleus) hujayraning muhim tarkibiy qismi va uning vazifalari hujayrada yuz beradigan oqsil biosintezi bilan chambarchas bog`liq (10-rasm).

O`zakda irsiy informatsiya (axborot) o`zgarmasdan saqlanadi. Bu hol o`zakda DNK molekulalarining qaytadan hosil.






10-rasm. Hujayra o’zagi:

A-qon hosil qiluvchi hujayra o’zagining electron mikrofotografiyasi (16.000 marta kattal). 1-o’zak qobig’i; 2-qobiqdagi poralar; 3-xromatin parchalari; 4-o’zakcha; 5-granulyar sitoplazmatik to’r (Fauset bo’yicha).

Б- interfazadagi hujayraning o’zagi; 2-o’zakning yuza apparati; 2,3-o’zak qobig’ining tashqi va ichki membranalari; 4-zich plastinka; 5-pora kompleksi; 6-ribosomalar; geteroxromatin; 8-euxromatin; 9-o’zak matriksining elementlari; 10-RNP zarrachalari; 11-o’zakcha; 12-o’zakcha atrofi xromatini (Zavarzin va Xazarova bo’yicha).









bo`lishi, ya`ni reduplikatsiyasi natijasida amalga oshadi. Mitoz bo`linishidan keyin paydo bo`lgan har bir hujayra sifat va miqdor jihatdan tamomila bir xil genetik informatsiya oladi. O`zakda hujayraning oqsil sintezlovchi apparati ham yaratiladi. Bu jarayon o`zakning DNK molekulalarida informatsion, transport va ribosomal RNK sintezlanishi, o`zakda sintezlangan ribosomal RNK bilan sitoplazmada sintezlanib o`zakka o`tgan ribosomal oqsillar birikishi natijasida ribosomal subbirliklar hosil bo`li-shini o`z ichiga oladi. Shunday qilib o`zak struktu-ralari nuklein kislotalar va oqsillar sintezida asosiy ahamiyatga ega.

O`zak eukariot hujayra-larning doimiy tarkibiy qismi bo`lib, odatda bir, ayrim hollarda bir necha o`zak mavjud. O`zakning kattaligi hayvon organizmining turiga, yoshiga, to`qimalar tipi va funksional holatiga bog`liq. O`zak tipidagi (ya`ni o`zagi katta) va sitoplazma tipidagi (sitoplazmasi ko`p) hujayralar farq qilinadi. O`zakning shakli, odatda, hujayraning shakliga bog’liq, lekin murakkab o`zakli hujayralar (masalan, leykotsitlar) ham uchraydi.

O`zak uni sitoplazmadan ajratib turuvchi qobiq - kariolemma, o`zak plazmasi - karioplazma va o`zakchadan iborat. Xromatin karioplazmaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Kariolemma ikkita - ichki va tashqi o`zak membranalaridan iborat. Bu ikkala membrana perinuklear bo`shliq vositasida bir-biridan ajralib turadi. Kariolemmaning membranalari o`z tuzilishiga ko`ra, boshqa hujayra membranalaridan farq qilmaydi. Kariolemma tashqi membranasini sitoplazmatik to`r bilan bevosita aloqasi mavjud bo`lishi mumkinligi, gialoplazma tomonidagi yuzasida poliribosomalar saqlashiga ko`ra, sitoplazmatik to`r membrana sistemasiga kiritish mumkin. Ichki membrana esa o`zakdagi xromatin modda bilan aloqador bo`ladi. O`zak qobig`ida xarakterli strukturalar - teshik (pora)lar mavjud. Ular kariolemma membranalarining o`zaro qo`shilishi natijasida hosil bo`ladi. Teshiklarning diametri 80-90 nm, bu teshikda murakkab tuzilgan donador va tolador strukturalar bor. Hujayrada moddalar almashinuvi qanchalik yuqori bo`lsa, kariolemma teshiklarining soni ham shuncha ko`p bo`ladi.

Karioplazmaning turli bo`yoqlar, ayniqsa, asosli bo`yoqlarni yaxshi qabul qiladigan zich moddadan iborat qismi xromatin (yunon. chromos-rang, bo`yoq) nomini olgan. Xromatinnig tarkibi DNK va oqsildan iborat. Mitoz yo`li bilan bo`linayotgan hujayralarnig xromosomalari ham xuddi shunday xossalarga ega. Bo`linmayotgan hujayrada yorug`lik mikroskopida ko`rinadigan xromatin karioplazmada ma`lum darajada bir tekis tarqalib yoki ayrim-ayrim parchalar holida to`planib joylashishi mumkin.

Interfazadagi o`zakning xromatini dekondensatsiya natijasida siyraklashgan (yumshoqlashgan) xromosomalardir. Xromosomalarning to`liq dekondensatsiyalanadigan qismlari euxromatin nomini oladi va bu joyda moddalar sintezi yuqori sur`atlar bilan amalga oshadi. To`liq dekondensatsiyalanmaydigan qismlar esa geteroxromatin deb nomlanadi. Xromatin mitoz paytida maksimal darajada kondensatsiyalanib zichlashadi va xromosomalar shaklida ko`rinadi. Bu davrda xromatin hech qanday sintez jarayonlarini amalga oshirmaydi. Shunday qilib, interfazadagi o`zakning xromosomalari dekondensatsiya holatida bo`lib, faol ravishda transkripsiya va reduplikatsiya jarayonlarini amalga oshiradi, mitoz paytida esa maksimal darajada kondensatsiyalanadi, moddalar sintezlanishida ishtirok qilmaydi va genetik materialni “qiz” hujayralar orasida taqsimlash vazifasini bajaradi.

Xromosomalar (yunon. chromos-rang, soma-tanacha) DNKning oqsillar (asosan giston oqsili) bilan birikmasi, ya`ni dezoksiribonukleoproteid (DNP)dan iborat tuzilmalardir (11-rasm).





Download 23,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish