Metafaza. Bu fazada bo`linish duki batamom shakllanib, xromosomalar dukning ekvator tekisligida joylashadi va metafaza plastinkasi (yoki “ona yulduz”) hosil qiladi. Metafaza oxiriga borib “opa-singil” xromosomalar (xromatidalar)ning bir-biridan ajralishi nihoyasiga etadi. Bu ikkala xromosomalar o`rtasidagi kontakt saqlanadigan oxirgi joy sentromerdir.
Anafaza. Bu fazada barcha “opa-singil” xromosomalarning sentromer vositasidagi aloqasi sinxron ravishda yo`qolib, ular hujayraning qarama-qarshi qutblariga tomon bir-biridan uzoqlasha boradi. Xromosomalar bir xil tezlikda harakat qilib, bu tezlik 0,2-0,5 mkm./sek.ga teng. Anafazaning eng muhim yakuni - hujayra qutblari oldida joylashgan xromosomalarning o`zaro aynan o`xshash 2 ta nabori hosil bo`lishidir. Xromosomalarning qutblarga tomon harakatlanish mexanizmi to`lig`icha aniqlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |