Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida XXRda amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlardan qanday maqsadlar ko‘zlangan edi?
Xitoyda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar qanday natijalarga
olib keldi?
XXI asr boshlariga kelib Xitoyda industrlashtirish va urbani- zatsiya bilan bog‘liq qanday muammolar vujudga keldi?
Xitoy tashqi siyosatida AQSH bilan munosabatlar qanday rol
o‘ynaydi?
Mustaqil ish
Xaritadan foydalanib, Xitoy tarixida 1991–2017-yillar- da asosiy o‘rin egallagan viloyatlarni toping va izoh yozing.
MAVZU. 1991 – 2017-YILLARDA YAPONIYA
1990-yillarda Yaponiyaning rivojlanishi. Bu davrda Yaponiya siyosiy hayotida liberal-demokratik partiyaning (LDP) obro‘yi tiklan- di. 1990-yili hokimiyatga kelgan Tosiki Kayfu Yaponiyaning xalqaro obro‘yini oshirishga erishdi. 1990-yili Quvaytning Iroq tomonidan an- neksiya qilinishi paytida Yaponiya xalqaro harbiy kontingentga, shu- ningdek, Misr, Iordaniya va Turkiyaga moliyaviy yordam tarzida bir necha milliard dollar mablag‘ ajratdi.
1990-yillardan iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi kamayib bordi. Shuningdek, sanoatni davlat tomonidan tartibga solish ham susay- di. Bu davrda Yaponiyaning asosiy eksporti chetga kapital chiqarish bo‘lib qoldi. Chet davlatlarda joylashtirilgan investitsiyalar miqdori
1 trln dollardan oshib ketdi. Yaponiya mehnat unumdorligi bo‘yicha ham G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan o‘tib, AQSHga tenglashib
bordi. 1990-yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan videoapparatu- ralarning 90% i, sanoat robotlarining 2/3 qismi Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelardi. Ammo tashqi bozorga bog‘liqlik 1997 – 1998-yillardagi
«Osiyo inqirozi» paytida Yaponiya uchun katta qiyinchiliklar tug‘- dirdi. Shunga qaramasdan, Yaponiya iqtisodiyoti inqirozlar davrida o‘zining moslashuvchanligi va chidamliligini namoyish qildi.
Ichki siyosatda 1990-yillar hukumat beqarorligi bilan xarakterlanadi. Bu yillari Yaponiyada bir necha koalitsion hukumatlar almashgandan so‘ng 1996-yil yanvarda LDP yana bir partiyali hukumat tuzishga erishdi. Unga Ryutaro Xasimoto bosh- chilik qildi. U «olti islohot»: 1) soliq; 2) ta’lim sohasida; 3) ijtimoiy ta’minotda; 4) iqtisodiyotda davlat boshqaruvini pasaytirish bo‘yicha; 5) ma’- muriy boshqaruvni detsentralizatsiyalash bo‘yicha;
6) sanoat kompaniyalariga yer uchastkalari ajratish bo‘yicha islohotlar boshlanishini e’lon qildi. Shu-
ningdek, R.Xasimoto yangicha diplomatiyani na- Keydzo Obuti
moyish qilib, tashqi siyosatda «yevroosiyochilik» konsepsiyasini tatbiq etishga urindi. U Yaponiyada bir qator terrorchilik aktlarini amalga oshirgan «Aum Sinrikyo» sektasi faoliyatiga chek qo‘yishda qat’iy harakatlari bilan ham tanildi.
Yaponiya
XX asr oxirida Yaponiya ichki siyosatida LDP yetakchilikni saqlab qoldi. 2000-yil Yaponiya bosh vaziri Keydzo Obuti vafot etgandan so‘ng bu lavozimni Yosiro Mori egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |