Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik



Download 5,07 Mb.
bet54/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

Yaponiya XXI asrda. Yaponiya XXI asr boshlarida iqtisodi barqaror rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. U 400 mlrd dollardan oshiqroq summaga teng mahsulot eksport qilyapti. Yaponi- ya kemasozlik, traktorsozlik, metallni qayta ishlash sanoati uchun
uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. U po‘lat, televizorlar va avtomobil ishlab chiqarishda ham jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Yaponiya YIM hajmi bo‘yicha jahonda AQSH va Xitoydan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yaponiya ko‘plab orollardan iborat mamlakat. U boshqa mamlakat-
larga nisbatan tabiat kuchlari: okean bo‘ronlari, tayfunlar, zilzilalarga ko‘proq bog‘liq. Yaponlar o‘z ishlab chiqarish madaniyatida ana shu bog‘liqlikni kamaytirishga intilib keldi. Ammo tabiat kuchlaridan to‘liq ustun kelishning iloji yo‘q, ularning zararini kamaytirish mumkin, xolos.
2011-yil mart oyida Xonsyu orolida yuz bergan zilzila Yaponiyaga katta zarar yetkazdi. Minglab kishilar halok bo‘ldi,
300 mingdan oshiq kishi boshpanasiz qoldi. Bir necha atom elektrostansiyalariga zarar yetdi, Fukusima-1 atom elektrostansiyasidan radioaktiv moddalarning atrof-muhitga tarqali-

shi yuz berdi. Mamlakatga juda katta iqti- sodiy zarar yetkazildi.
Sindzo Abe

Ichki siyosatda asosan LDPning yetakchiligi saqlanib qoldi. 2001-yili Yaponiya bosh vaziri lavozimini Junitiro Koidzumi egalladi. U nisbatan yosh, serg‘ayrat bo‘lib, mamlakatda katta obro‘ga ega edi. J. Koidzu- mi Yaponiya konstitutsiyasining mamlakatga o‘z qurolli kuchlariga ega bo‘lishini taqiqlovchi moddasini qayta ko‘rib chiqish tarafdori bo‘lib chiqdi. J. Koidzumi uch muddat hukumatni boshqardi. 2012-yildan LDP yetakchisi Sindzo Abe hukumatni boshqarib kelmoqda.
Shuni aytish lozimki, siyosiy inqirozlar faqat Yaponiya uchun xos bo‘lgan hodisa emas. Shunga o‘xshash jarayonlar yangi, postindustrial
sivilizatsiya shakllanayotgan boshqa mamlakatlarda ham yuz bermoqda. Aholining ijtimoiy tarkibi o‘zgarmoqda, jamiyatni tashvishga solayot- gan muammolarning ham mohiyati o‘zgacha tus olyapti; ko‘plab eski partiyalar inqirozni boshdan kechirmoqda – ular juda qiyinchilik bilan yangi sharoitlarga moslashmoqda, har doim ham yangilikni o‘z vaqtida ilg‘ab ololmayapti. Rivojlangan mamlakatlar siyosiy tizimida ham jiddiy qayta qurish ketyapti. Vakillik demokratiyasining rivojlanishi yaqin ke- lajakda mutlaqo yangi mazmun kasb etishi mumkin, qandayligini vaqt ko‘rsatadi. Ammo hozirdanoq yaponlar muammolarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga ishonch bilan harakat qilmoqda.
Yaponiya tashqi siyosatida AQSH bilan munosabatlar asosiy o‘rin tutadi. Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan beri Yaponiya

AQSHning mintaqadagi eng yaqin savdo hamkori va strategik sherigi bo‘lib kelmoqda. Yaponiyaning Xitoy bilan munosabatlari ancha mu- rakkab. 2005-yili J.Koidzumi hukumati Tayvan oroli masalasida ilk bor AQSHni ochiq qo‘llaganda Xitoy bilan munosabatlari keskin yo- monlashdi. Jahon hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan va 2017- yili yanada keskinlashgan Shimoliy Koreya masalasida ham Yaponiya bilan Xitoy o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud.




Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish