oriyentirovka
yoki
te k
shirish
reflekslaridan iborat.
Bu reflekslarni akademik l.P. Pavlov boshqacha nom bilan «bu nima
ekan» refleksi deb ataydi. Shu bilan birga, Pavlov kishilarda «bu refleks
juda ham yuksak taraqqiy qila borib, nihoyat fanni yarata oladigan bilim-
ga havas tarzida ko‘rinadi» deydi (Полное собрание сочинений, IV
tom, 28-bet).
Diqqatimiz qaratilishi lozim boMgan narsani oldin belgilab olib, ongli
ravishda qo‘yilgan maqsad bilan ishga solingan diqqatni
ixtiyoriy
diqqat
deyiladi.
Bu diqqatning boshlanishi va, ko£pincha, butun qilinayotgan ish mobay-
nida davom ettirilishi kuch va zo‘r berishni, ya’ni irodaning ishtirokini
talab qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz
diqqatning kuchi asosan qiyinchiliklarni yengish bilan bogMiq boMgan
irodaviy zo‘r berish darajasi bilan xarakterlanadi.
Masalan, bu yerda ana shunday qiyinchiliklarni ayni chog'dagi ishga
hech qanday aloqasi boMmagan va ixtiyorsiz tarzda yuzaga keladigan ke-
raksiz taassurot, tasawur, fikr, hissiyot va mayllarni yenga bilish orqali
ifodalab berish mumkin.
Ixtiyoriy diqqat fiziologik tomondan, asosan, ikkinchi signallar siste
masining faoliyati bilan belgilanadi.
CVquvchining tushuntirilayotgan yangi darsni eshitib oMirishi shu ix
tiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli boMa oladi. Bunda o‘quvchi «eshi
tib o‘tiraman» deb, ilgaridan o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va o4z diqqatini
faqatgina o‘qituvchining so‘ziga qaratish uchun kuch sarf qiladi. Shuning
bilan birga, olquvchi beixtiyor ravishda paydo boMib, o'qituvchining so'zini
eshitishga xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik
jarayonlarni yo‘qotish uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat,
masalan, ninaga ip taqish kabi juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko‘rinadi.
Juda ko‘p har xil ishlar borki, ular asosan, ixtiyoriy diqqatni talab qiladi,
masalan: musahhihning ishi, gMsht teruvchining ishi, ekskavatorda ish
lash va shuning kabilar. Bu ishlar boshlanishdan oxirigacha ixtiyoriy diqqat
asosida bajariladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari o‘rtasidagi farq yana shundan ibo-
ratki, ixtiyorsiz diqqat bilan qilinadigan faoliyat ko'pincha unchalik zo‘r
bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga oshiriladi;
ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat esa ancha
gina zo‘r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli boMadi. Yuqorida
ko'rsatilgan ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat o'rtasidagi ayirmalarga ikkita
alohida funksiya deb qarash yaramaydi. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning
ham muhim belgilari bir xildir. Bunday belgilar biron faoliyat davomida
biz idrok va tasawur qiladigan hamda uning haqida fikr yuritadigan ma’lum
narsaga ongimizning qaratilishi va to'planishidan iboratdir.
Bir xil ish jarayonida va, shu jumladan, o'qish jarayonida ham, ixtiyoriy
diqqat ixtiyorsiz diqqatga va, aksincha, ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga
o'tib ketishi mumkin. Masalan, qandaydir o'qish materialini
o'zlashtirishning boshlanishi o'quvchilardan ixtiyoriy diqqat talab qiladi.
Lekin, ko'pincha, o'zlashtirish jarayonida bu ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz
diqqatga o'tib ketadi. Diqqatning bunday o'zgarishi o'qish materiali maz-
munining ba’zi xususiyatlari (masalan, uning ma’nodorligi, qiziqarlili-
gi) tufayli yoki bayon qilishning xususiyatlari — ko'rgazmali bo'lishi,
jonliligi va shuning bilan birga, o'quvchilaming o'qish materiali maz
muniga qiziqishlari tufayli sodir bo'ladi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyorsiz
diqqatga mana shunday o'tib ketishi bilimlami o'zlashtirish jarayonini
ancha yengillashtiradi.
Buning aksincha holati ham bo'ladi. Agar biron faoliyat jarayonida
(masalan, bilim egallash jarayonida) qandaydir qiyinchilik uchrab qolsa,
bunday paytda ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o'tib ketadi.
Faoliyat jarayonida, ko'pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy
ishdan bo'lak narsalarga ko'chib turishi uchraydi. Bunday hodisani
diqqatning chalg'ishi deb ataladi. Diqqatning chalg'ishi ishga yomon ta’sir
qiladi. Shu sababli, diqqatni, garchi salgina bo'lsa ham chalg'itmaslik
uchun ish jarayonida ora-sira ixtiyoriy diqqatni kuchaytirishga hamda
beixtiyor paydo bo'lib, ishga aloqasi bo'lmagan idrok tasawur va fikrlarni
bosmoq uchun zo'r berishga to'g'ri keladi.
Ixtiyorsiz diqqat ham, ixtiyoriy diqqat ham o'zining yo'nalishiga ko'ra
tashqi va ichki bo'lishi mumkin.
Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo'lgan diqqatga
Do'stlaringiz bilan baham: |