P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

parishonlik 

deyiladi.  Parishonlik odamning o‘z diqqatini 

biron-bir muayyan  ishda tutib tura olmasligidir.  Parishonlikda  odamning 

diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ravishda o'tib turadi,  bu 

narsalardan  birontasida  ham  to'xtab  turmaydi.  Parishonlik  holatini  biz 

bolalar hayotining  dastlabki  kunlarida  uchratishimiz  mumkin:  yosh  bola 

diqqatini  hali  hech bir narsa ustida tutib tura olmaydi.  Parishonlik  holati 

katta yoshdagi odamlarda ham boMadi, masalan, charchaganda nerv kasal- 

ligiga  duchor  bo'lganda,  nerv  sistemasi  zaharlanganda.  Maktabda  pari- 

shonxotir o'quvchilar  uchrab  turadi.  Bunday  o'quvchilar hamisha  ham-




ma  yoqqa  «alang-jalang»  qilaveradi,  biron  narsa  ustida  diqqatini  tutib 

tura olmaydi. Bolalaming parishon bo‘lib qolishlariga, ko'pincha, yasli va 

maktabda  ular diqqatini  yetarli  darajada tarbiyalamaslik sabab  bo'ladi.

Parishonlikni  odamning  hech  bir  narsaga  diqqat  qila  olmasligi  deb 

tushunish yaramaydi. Odam hamisha diqqat qila olish qobiliyatiga egadir, 

lekin  odam  diqqatining  to'planish  darajasi  hamma  vaqt  bir  xil 

bo'lavermaydi.  Parishonlik  —

  bu  eng  kuchsiz  diqqatdir,  miya  po'stida 

qo'zg'algan joyning  kuchsiz  bo'lishligidir.

Diqqat  haddan  tashqari  kuchli  bo'lganida  ham  alohida  parishonlikni 

ko'rish  mumkin.  Eng  kuchli  diqqatda  ongimiz  diqqat  qaratilgan  narsaga 

batamom  to'planadi  va  kam  chalg'iydi  yoki  hatto  boshqa  kuchli 

qo'zg'ovchilar ta’sir qilib turganida ham sira chalg'imaydi. Odam narsaga 

juda  berilib  ketganda  vaziyatni  unutib  qo'yadi,  tevarak-atrofdagilarning 

gapi  qulog'iga  kirmaydi,  o'zining  odatlangan  ish-harakatlarini  sezmay 

qoladi.  Diqqat  kuchli  bo'lgan vaqtda  odamning  parishon  bo'lib  qolishini 

har bir  kishi  o'z tajribasidan  yoki  boshqa  odamlarda  ko'rganlaridan  yax­

shi  biladi.  Masalan,  odam  haddan tashqari  quvongan vaqtda  mana shun­

day  parishon  bo'lib  qoladi.  Odamning  quvonishiga  sabab  bo'lgan  narsa, 

hodisalar ba’zan  odam  ongini  o'ziga shu  qadar jalb  qilib  oladiki,  boshqa 

hech bir  narsa  uning ongiga borib  yetmaydi  yoki  yetsa  ham, juda qiyin­

chiliklar  bilan  borib  yetadi.  Odam  haddan  tashqari  xursand  vaqtida  shu 

xursandchilik uyg'otgan obyektga taalluqli narsalarnigina idrok qiladi, faqat 

shu  narsalar  to'g'risidagina  o'ylaydi.  Ba’zan  biron-bir juda  qiziqarli  ro­

man  o'qiganda,  matematikadan  murakkab  bir  masalani  yechganda  va 

umuman  biron  faoliyatga juda  berilib  ketgan  vaqtda  bizda  ham  shunday 

parishonlik  holati  sodir bo'ladi.

P.  Pavlov bunday parishonlikning  fiziologik  asosini  ko'rsatib  bergan: 

«O'yga  cho'mib  ketganimizda,  biror  ishga juda  berilganimizda  tevarak- 

atrofimizda bo'layotgan  narsalarni  ko'zimiz ko'rmaydi,  qulog'imiz eshit- 

maydi  — bu  yaqqol  manfiy  induksiyaning  yuz  berishidir»  (III  tom,  2- 

kitob,  335-bet).  Buning  ma’nosi,  bosh  miya  po'stining  bir  uchastkasida 

sodir  bo'lgan  qo'zg'alish  po'stning  boshqa  uchastkalarini  tormozlaydi, 

demakdir.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish