qo'zg'alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib ko'rsatish
optimal qo'zg'alish uchun eng yaxshi sharoit tug'ilgan nuqtasi yiltillab
ko'rinadigan bo'lsa edi, ongi sog'lom bo'lib, bir narsani o'ylab turgan
larida juda g'alati jimjimador shakl bo'lib, surati va hajmi har lahzada bir
o'zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorug' narsaning u yoqdan-
bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug'
— deydi 1. P. Pavlov, — yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo'ladi
larining ijodga layoqatli qismi desa bo'ladi. Miya yarim sharlarining sust
qo‘zgkalgan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning
ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari boi^anda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida
ilgari hosil qilingan reflekslami bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir.
Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb atay-
digan subyektiv faoliyatdan iboratdir» (0 ‘sha kitob, 277—278-bet). Bosh
miya yarim sharlarining tormozlangan qismiga ta’sir qiluvchi qo'zg‘ovchilar
idrok va tasawurning yorqin obrazlarini tug‘dira olmaydi.
Miya po'stining optimal qo'zg‘algan joyi («yiltillab turgan nuqtasi»)
o‘z o'rnini almashtirib turishi diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga
ko‘chishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum
faoliyat turiga qarata yo‘naltirilishi va to‘planishini shartlaydi.
Diqqatning fiziologik asosi bo'lmish optimal qo'zg'alish o‘chog‘i ha
qidagi l.P. Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A. Uxtomskiyning olib bor
gan tekshirishlari bir-biriga to‘g‘ri keldi. Bu tekshirishlar natijasida qu
yidagilar ma’lum bo'ldi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo‘zgkovchilar
bir vaqtda ta’sir etsa, bosh miya po'stida shu onning o'zida bir necha
qo'zg'alish o‘choqlari paydo boMadi. Shu bilan birga, har bir qo‘zg‘alish
o'chogM bosh miya po'stining hamma yeriga tarqalishga, irradiatsiyala-
nishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo'zg'alish o'choqlari o'rtasida
to'qnashish va «kurash» sodir boMadi. Bu kurash natijasida qo'zg'alish
o'choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo'lib oladi. Mana shu hukm-
ron bo'lib olgan qo'zg'alish o'chog'ini akademik Uxtomskiy «dominan
ta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko'ra, dominanta — bu
ayni chog'da markazda sodir bo'ladigan reaksiyalar xarakterini bir qadar
belgilab beruvchi hukmron qo'zg'alish o‘chog‘idir.
Dominantalar mavjud bo'lgan paytda boshqa qo'zg'alish o'choqlari («sub-
dominantalari» — nisbatan kuchsiz qo'zg'alish o'choqlari) ko'pincha yo'qolib
ketmaydilar. Ular dominantaga qo'shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominan
ta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominan
ta bo'lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa subdominanta bo'lib qolishi
mumkin. Hukmron qo'zg'alish o‘chog4 bo'lgan dominanta diqqatimizning
ma’lum narsaga yo'naltirilishi va to‘planishining fiziologik asosidir.
Diqqatning sirtqi alomatlari, odatda, organizmning alohida moslashuv
harakatlarida tashqaridan ko'rinadi. Masalan, muayyan bir narsani e’tibor
bilan idrok qilganimizda, biz bu narsaga alohida tarzda razm solamiz;
bunda biz narsaga anchagina sinchiklab qaraymiz, hidlab ko'ramiz va
unga diqqat bilan tikilamiz. Biron narsani diqqat bilan eshitishda o‘ng
yoki chap qulog'imiz orqali yaxshi o'qib olish uchun boshimizni shunga
moslagan holda buramiz. Bunda biz gapga quloq solib, diqqat bilan ting-
laymiz. Agar diqqatimiz o'z fikrimizga qaratilgan bo'lsa, u paytda
ko'zlarimiz bir qadar cho'kib, go‘yoki «chuqurlashib» ketganday bo'ladi.
Agar diqqatimiz ijodiy xayol bilan bog'liq bo'lsa, bunda ko'zlarimiz «uzoq-
larga» tikilgan bo'ladi.
Diqqatning orta borishi bilan nafas olish ham o'zgaradi. Bunday ho
latda nafas olish biroz susayib, havo olish va chiqarish goho sekinlashadi,
goho chuqurlashadi. Ba’zan nafas olishimiz to'xtab ham qoladi. Biron
narsani eshitayotgan yoki ko'rayotgan paytimizda nafasimiz ichimizga
tushib ketadi.
Diqqat paytida muskullar sistemasida ham o'zgarish paydo bo'ladi.
Barcha ortiqcha harakatlar to'xtatilib, organizm qimirlamay qoladi. Mus
kullar sistemasi ayrim bir tarang holatda bo'ladi. Diqqat paytida orga
nizm alohida vaziyatda bo'ladi. Ammo bu vaziyat diqqatning faqat tashqi
ifodasi bo'libgina qolmay, balki uning ma’lum yo'nalishi va barqaror-
ligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Odatda, biz ishimizda or
ganizmning diqqat paytida sirtdan moslashuviga e’tibor beramiz. Shu
ning uchun ko'pincha, biror ishni boshlashdan oldin organizmimizni shu
ishga moslab, muayyan bir vaziyatda turib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: