biz teri sezgilari vositasi bilan, ya'ni uni ko'rib, bevosita idrok qilamiz.
bevosita teri sezgilari vositasi bilan bilamiz. Teri sezgilari vositasi bilan
biz, xususan ikki o'lchovni uzunlik (masofa) va sirt o'lchovlarini idrok
qilishimiz mumkin, lekin narsalarning (hatto mayda narsalarning ham)
shaklini, katta-kichikligini va fazodagi munosabatlarini yolg'iz teri sezgi
lari vositasi bilan idrok qilganda to'la aniqlikka erishib bo'lmaydi. Shu
sababli ko'pincha fazoni teri sezgilari vositasi bilan idrok qilish muskullar
harakat vositasi bilan idrok qilish ila birgalikda o'tadi. Muskul-harakat
organlarimiz vositasi bilan biz yirik va mayda obyektlarning (masalan,
stol, xona, hovli va shu kabilarning) shaklini, katta-kichikligini, fazodagi
munosabatlarini hamma uch o'lchovda idrok qilishimiz mumkin. Ko'r
odamlar (yoki ko'r emaslar qorong'i tushganda) narsalarning shaklini,
masofani va fazodagi munosabatlarni ana shu yo'l bilan idrok qiladilar.
Mayda narsalarning shakli barmoq harakatlari (paypaslash) vositasi bilan
idrok qilinadi. Yirik narsalarning shaklini va masofani ko'zimizni yumib
yoki qorong'ida idrok qilganimizda biz qo'l harakatlarimizdan va qadam-
lab yurishdan foydalanamiz. Ana shu harakatlardan tug'iladigan muskul-
harakat sezgilarimizga o'tmishda hosil bo'lgan tajribamiz qo'shiladi, na
tijada biz ko'zimiz ko'rmasa ham, turgan joyimizni, fazoga oid munosa
batlarni chama bilan bilib olamiz.
Fazoni ko'z bilan ko'rib idrok qilishning o'sishida teri sezgilari va
muskul-harakat organlari katta rol o'ynaydi. Ko'r bo'lib tug'ilgan, ammo
tegishli operatsiyadan keyin ko'zi ochilgan odamlarning fazoni qanday
idrok qilishlarini tekshirish natijalari bunga dalil bo'la oladi.
Bir necha misol keltiraylik. Ko'r bo'lib tug'ilgan bir odam muvafifaqi-
yatli operatsiyadan keyin ko'zi ochilgan bo'lsa-da, lekin dastlabki kun-
larda u fazoni va narsalarning fazodagi holatini ko'zi ko'r emas (basir)
odamlarga qaraganda boshqacha idrok qilgan, masalan, ko'ruv doirasiga
kirgan hamma narsalarni juda yaqin va ko'ziga tegib turayotgandek his
qilgan, shuning uchun bu odam ehtiyot yuzasidan ko'zini
q o ‘li
bilan hadeb
qoplayvergan. Narsalarning shaklini ham faqat ko'rish bilangina fahmlay
olmagan, bu narsalarni qo'li bilan paypaslab ko'rganidagina, ya’ni o'tmish-
dagi muskul-harakat sezgisiga asoslangan tajribasiga suyanganidagina
narsalarning shakllarini taniy olgan.
Operatsiyadan so'ng ko'zi ochilgan yana bir odamga yog'ochdan yasal-
gan, har ikkalasi ham bir xil bo'yalgan va diametri teng shar bilan kub
ko'rsatganlar. U odam bu narsalarning turli buyumlarekanini ko'rib tursa
ham, lekin ularni bir-biridan aniq farq qila olmagan: qaysisi dumaloq va
qaysisi burchakli ekanini aniq aytib bera olmagan. Yana shu odamga shar
bilan bir xil kattalikdagi doiraning, kub bilan bir xil kattalikdagi
to'rtburchakning yassi shaklini yonma-yon qo'yib ko'rsatganlarida, ular
ni bir-biridan farq qila olmagan, faqat paypaslab ko'rganidan keyin shar-
ni doiradan va kubni to'rtburchakdan ajratgan. Bu odam qilingan
operatsiyadan tamomila sog'aygandan keyin, ko‘z bilan ko'rib idrok qi
lishni o'rganmoq uchun maxsus mashq qilgan. Masalan, oyog'idan etigini
yechib irg‘itib yuborar, so‘ngra etikkacha bo‘lgan masofani ko'zi bilan
chamalashga urinar ekan. Chama bilan bir-ikki qadam yurgandan keyin,
qoiini uzatib etikni olishga harakat qilar ekan, lekin ko'zi bilan masofani
aniq belgilay olmaganligidan yanglishar va paypaslab, qachon eshik qo'liga
tegsa, uni shundagina ushlab olar ekan.
Yuqorida keltirilgan misollardan maium boidiki, ko'rlar ko'zlari
ochilgandan keyin, ularda fazoni ko'z bilan ko'rib idrok qilish qobiliyati
teri va muskul harakat organlarining ishtiroki bilan asta-sekin o'sib bora
di. Demak, fazoga oid shakl, katta-kichiklik va munosabatlarni ko'rish,
teri sezgilari va muskul-harakat organlari bir-biri bilan mahkam bogianib
ishlaganlaridagina eng to'g'ri va mukammal idrok qilish mumkin.
Sezgi organlarimizning —
tuyush, muskul-harakat va ko'rish organ-
larimizning o'ziga xos xususiyati, jumladan, obyektiv mavjud fazoni ham
idrok qilish qobiliyatiga ega boiishdadir. Idrokning hamma turlari sin
gari, fazoni idrok qilish ham kishining tajribasi va umumiy kamoloti jara
yonida boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: