P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

akkomodatsiya 

deb  ataladi.  Ko'zning  ak- 

komodatsiyasi  20-25  metr  doirasida  fazoning  uchinchi  oichovini,  ya’ni 

olislikni,  chuqurlikni,  relyefni  ko'z  bilan  idrok  qilishda,  ayniqsa,  katta 

ahamiyatga  ega.

Ko‘z  xiralik  —  uzoqdan  yaxshi  ko'ra  olmaslik  va  yaqindan  yaxshi 

ko‘ra olmaslik. 

Ko'z gavhari qanchalik shar shakliga yaqinlashsa, yorug'lik 

nurining  sinishi  shunchalik  kuchliroq  boiadi  va  qaralayotgan  narsaning 

surati ham ko'z gavharidan shunchalik yaqin yerda aks etadi.  Ko'z gavhari 

qanchalik ko'p  cho'zilib yassi  shakl  olsa,  numing sinishi  ham shunchalik 

kuchsiz  boiadi  va  qaralayotgan  narsaning  surati  ham  ko'z  gavharidan 

shunchalik  yiroq  yerda  aks  etadi.  Ko'z  gavharining  yassi  shaklga  yoki 

bo'rtib  shar  shakliga  kira  olish  qobiliyati  hamisha  zo'r  berib  tikilishdan 

yoki  odamning  yoshiga  qarab  susayib  bormog'i  mumkin.  Bunday  hol­

larda  normal  ko'rish  qobiliyati  buzilib,  uzoqdan  yaxshi  ko'ra  olmaslik 

(yassilanish  qobiliyatining  zaifligi)  yoki  yaqindan  yaxshi  ko'ra  olmaslik 

(bo'rtish qobiliyatining zaifligi)  paydo boiadi.  Uzoqdan  yaxshi  ko'ra  ol­

maydigan  odamlarning  ko'z  gavharida  nurlarning  sinishi  kuchli  boiadi;



binobarin,  bu  sinayotgan  nurlar  ko'z  to‘r  pardasiga  borib  yetmasdanoq 

bir nuqtaga yig‘iladi.  Buning natijasida narsaning surati ko'z to‘r pardasi­

da  xira,  mujmal  aks  etadi.  Shuning  uchun  ham  uzoqdan  yaxshi  ko'ra 

olmaydigan  odamlar  botiq  ko'zoynak  taqib  yuradilar,  chunki  botiq 

ko'zoynak nurlarni tarqatadi va bu nurlarning sinish nuqtalarini  ko‘z to‘r 

pardasigacha  yetkazadi.

Yaqindan  yaxshi  ko'rmaydigan  odamlarning  ko‘z  gavharida  nurlar­

ning sinishi zaif bo'ladi,  natijada nurlar ko'z to'r pardasining orqa yerida 

turadi.  Ko'z to'r pardasining o'ziga esa hali bir nuqtada turmagan  nurlar 

tushadi.  Shu  sababli,  ko'z  bu  holda  ham  ravshan  ko'ra  olmaydi.  Ya­

qindan  yaxshi  ko'ra  olmaydigan  odamlar  bo'rtiq  ko'zoynak  taqadilar, 

chunki  bo'rtiq  oyna  nurlarning  sinishini  kuchaytiradi  va  nurlarni  xuddi 

ko'z to'r pardasiga to'playdi.

Uzoqdan  yaxshi  ko'rmaslik va  yaqindan  yaxshi  ko'rmaslikning  yana 

bir sababi  shuki,  ba’zi  odamlarning  ko'z  soqqasi  cho'zinchoqroq  (uzoq­

dan  yaxshi  ko'ra olmaydiganlarda)  yoki  kalta  (yaqindan  yaxshi  ko'ra  ol- 

maydiganlarda)  bo'ladi.  Shuning  uchun  ko'zning  bu  kabi  xiraligi  bolalik 

chog'idanoq  ko'rinmog'i  mumkin.  Uzoqdan  yaxshi  ko'ra  olmaydigan 

odamlar  bilan  yaqindan  yaxshi  ko'ra  olmaydigan  odamlarning  ko'zida 

nurlarning  qanday  sinishi 

25-rasmda  ko'rsatilgan.

Fazoni  (monokulyar ko'rish 

yo'li bilan) bir ko'z bilan yetarli 

darajada  aniq  va  mukammal 

ko'rib  bo'lmaydi.  Ayniqsa, 

fazoning uchinchi o'lchovini bir 

ko'z  bilan  (monokulyar)  idrok 

qilish  yo'li  bilan  ko'rishda  to'la 

aniqlikka  erishib  bo'lmaydi.

Odatda  biz  narsalarni  fazo  mu­

nosabatlari  shakllari  va  katta- 

kichikligi bilan birlikda idrok qil- 

ganimizda ikkala ko'zimiz bilan, 

ya’ni  binokulyar idrok qilamiz.

Shunisi  qiziqki,  bir  narsaga 

qaraganimizda  uning surati  har 

qaysi ko'zimizning to'r pardasiga 

yakka-yakka  tushsa  ham,  lekin 

bu narsa va nuqtalar ikkita bo'lib 

emas, 


balki  bitta  bo'lib 

ko'rinadi,  buning sababi  nima?




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish