ning to'laligi narsaning ayni idrokda aks etgan belgilarining miqdori va
bo'lsa, u shuncha aniq bo'ladi. Mazmunan to'liq bo'lmagan idrok obraz
lari ayni vaqtda tussiz va siyqa bo'ladi. Idrokning aniqligi idrok obrazlari
idrok qilinayotgan narsalarga qanchalik muvofiq bo'lishida bilinadi. Id-
rokda faqat idrok qilinayotgan narsaning ayni vaqtda mavjud bo'lgan belgi-
lari aks ettirilsa, u aniq idrok bo'ladi. Idrokning mazmunida idrok qili
nayotgan narsada yo'q bo'lgan belgilar ham bo'lsa, u noaniq idrok bo'ladi.
Bunday belgilar biron sabab bilan awal idrok qilingan narsalardan olib
qo'shiladi yoki xayolda yaratiladi. Yuqorida aytilganidek, har xil illuziya
lar ana shunday noaniq idroklar jumlasidandir.
Butun psixik hayotimizda, faoliyatimizning hamma sohalari va xusu-
san o'qish-o'qitishda idrokning ahamiyati kattadir. Shuning uchun hami-
sha idrokning sifatiga alohida e’tibor berish lozim bo'ladi. Psixik hayo-
timizning butun boyligi sezgi va idroklarimiz orqali hosil bo'lgan maz-
mundan voqe bo'ladi. Idrok olamni bilish faoliyatimizning boshlang'ich,
asosiy momentidir. Idrok qilish yo'li bilan hosil bo'lgan ma’lumotlar xoti-
ramizda saqlanib qoladi va so'ngra ongimizning oliy jarayonlari — tafakkur,
xayol, iroda faoliyati uchun asos bo'ladi. Tasawurlarimizning qanchalik
to'la va ravshan bo'lishi idrokning sifati bilan belgilanadi. Idrok xilma-xil
hissiyot va xususan estetik hislar manbai bo'lib xizmat etadi. Shu tuyg'u
hissiyotlarning xususiyatlari tegishli idroklarning u yoki bu sifatlariga hiy-
la darajada bog'liq bo'ladi. Idrok sifat atrof-tevarakdagi sharoitni to'g'ri
va tez tushunib olish, inson faoliyatining har xil turlari — o'yin, mehnat,
sport mashqi va musobaqalari uchun ahamiyati kattadir. Xususan, ta’lim-
tarbiya ishida idrokning sifatini e’tiborga olish katta ahamiyatga egadir.
O'qituvchi bergan har bir o'quv materialini o'zlashtirish uchun o'quvchi
awalo uni idrok qilmog'i-ko'rmog'i, eshitmog'i va hokazo kerak. O'quvchi
idrok qilgan narsasini esda qoldiradi, tushunib oladi. O'quvchi o'quv ma
terialini qanchalik tez, to'la, ravshan va aniq idrok qilsa, u bu materialni
shunchalik yengil va to'g'ri tushunib, fahmlab oladi, shunchalik oson,
to'la va mustahkam bilib oladi.
Shuning uchun o'qish o'qitishda idrokning sifatiga oid xususiyatlami
e’tiborga olish, o'quv materialini eng yaxshi usulda idrok qilishni ta’min etish
lozim, o'qish-o'qitish ishini shunday tashkil etish kerakki, o'quvchilar materi
alni tez, to'la, ravshan va. aniq idrok qila oladigan bo'lsin. Buning uchun
o'quvchilar idrokning sifati qanday sabablaiga bog'liq ekanini bilishi kerak.
Idrokning sifati — uning tezligi, to'laligi, ravshan va aniqligi — tashqi
shartlar, organik va psixik shartlar bilan belgilanadi. Biz idrok qilayotgan
narsa va hodisalaming xossalari idrokning sifatini belgilovchi tashqi yoki
obyektiv shartlardir. Aniq va chiroyli qilib ishlangan rasm, kitob harfla-
rining aniqligi, ravshan va to'g'ri talaffuz qilingan nutq tez, oson, to'la va
aniqroq idrok qilinadi. Idrok qilinayotgan paytdagi sharoit ham idrok
sifatini ta’minlovchi obyektiv shartlar jumlasidandir. Masalan, ko'rish id-
roki uchun joyning yaxshi yoritilgan bo'lishi, eshitish idroki uchun —
jim-jitlik alohida ahamiyatga ega. Ko'rish yoki eshitish lozim bo'lgan
narsalarga nisbatan masofa ham shunday shartlardandir.
Nerv sistemasi va sezgi organlarining holati idrok sifatini belgilovchi
organik shartdir. Umuman idrokning yaxshi sifati nerv sistemasi va sezgi
organlarining sog'lom, tetik bo'lishiga bog'liqdir. Nerv sistemasi kasal,
charchagan yoki biror zahar ta’sirida buzilgan bo'lsa, idrokning sifati pasa-
yadi; idrok qilish sekinlashadi, idrok obrazlari xiralashadi, ba’zan esa
juda ravshandek bo'lsa ham aslida noaniq, noto'g'ri bo'ladi. Sezgi organ
larida biror nuqson bo'lsa, idrokning sifati ham o'zgaradi. Masalan, eshi
tish va ko'rish organi zaif bo'lganda eshitish va ko'rish idroki to'la va aniq
bo'lmaydi. O'qish-o'qitish ishida ko'rish va eshitish organlari, ayniqsa,
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o'qituvchi har bir o'quvchining
sezgi organlari (tibbiyot tekshirishiga qarab) qanday holatda ekanini bili
shi kerak. Ko'zi yaxshi ko'rmaydigan yoki qulog'i yaxshi eshitmaydigan
o'quvchilami oldingi partalarga o'tkazish zarurdir. Shunday hollar uchray-
diki, ayrim o'quvchilar dars materialini puxta esga olib qola olmaslik
yoki, uni o'qib ololmaslikdan emas, balki yaxshi eshita olmasliklari yoki
ko'ra olmasliklari oqibatida o'zlashtira olmaydilar.
Mavjud tasawurlar, tajriba va bilimlar, tafakkurning taraqqiyot dara
jasi, diqqatning faolligi, kishining hislari, qiziqish-havaslari va manfaat
lari idrokning sifatini belgilovchi
Do'stlaringiz bilan baham: