P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarda  idrokning  o'sishi



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarda  idrokning  o'sishi

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalarning  rahbarligi osti­

da uy-ro'zg'or mehnatida ishtirok etish va o'yin  faoliyati tufayli  ixtiyoriy 

idrok  qobiliyati  ham  o'sa  boshlaydi.  Ixtiyoriy  idrok  bolalarda  tafakkur, 

iroda  va  ixtiyoriy  diqqatning  o'sishi  bilan  birga  tarkib  topadi.  Maktab­

gacha tarbiya yoshidagi bolada kuzata bilish qobiliyati  ham  ko'rina bosh­

laydi.  Kuzata bilish  qobiliyatining o'sishiga  tabiat burchaklarida  olib bo­

riladigan ishlar,  sayr va ekskursiyaga borib turishlar yordam beradi.  Bola­

lar narsalarni kattalarning rahbarligida kattalar belgilab bergan  maqsadga 

muvofiq e’tibor berib kuzatadilar.  Kuzata bilish maktabgacha tarbiya yoshi­

da,  asosan,  tarbiya jarayonida o'sib boradi.



Maktabgacha tarbiya yoshida fazoni idrok qilish qobiliyati ancha taraq­

qiy  qiladi.  Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bola  o'yin  vaqtida,  maishiy 

hayotda turli-tuman narsalar bilan turli ish-harakatlar bajaradi.  Bola ko'p 

yuguradi,  ma’lum  masofagacha  yugurib  yuradi.  U  rasm  soladi,  loydan 

biron narsa qiladi,  tuzish-ko'rish bilan shug'ullanadi.  Bu  ishlaming ham­

masi  bolaning  fazo  idroklarining  o'sishiga  yordam  beradi.  Bola  ikki 

o'lchamli  va  uch  o'lchamli  (tekis  va  hajmli)  narsalarni  ajrata  biladi.  U 

ancha uzoq masofada turgan narsalarning shaklini, katta-kichikligini, qaysisi 

uzoq,  qaysisi  yaqinroq turganini  mo'ljal  bilan  ayta oladi.

Maktabgacha tarbiya  yoshida vaziyatni  idrok  qilish qobiliyati  ham ta- 

komillashadi.  Shu  yoshdagi  bola «endi»,  «keyin»,  «ilgari»,  «awal»  hamda 

«kech kelish», «vaqtida kelish», «uzoq poylash», «tez bo'lish» kabi so'zlaming 

ma’nosiga tushunadigan bo'ladi.  Demak,  bu yoshdagi  bolalar vaqt  haqida 

tasawur va ba’zi tushunchalarga ega bo'ladilar.  Bolalaming o'yin  faoliyati 

ularda  vaqt  hissining  o'sishiga  anchagina  yordam  beradi.  O'yin  vaqtida 

doimo  o'z  harakatlari  va  o'yinga  qatnashgan  sheriklarining  harakatlariga 

e’tibor berishga,  harakatlarning sur’atini, jadalligini  hisobga olishga,  o'yin 

(harakat)  natijasini  kutishga to'g'ri keladi.  Shuningdek, bolalaming kuchi­

ga  yarasha  mehnat  qilganda  ham  harakatdagi  ildamlik,  chaqqonlik  yoki 

sustkashlikka  e’tibor  berishi  zarur  bo'lib  qoladi.  Ko'pincha  kattalar  ham 

bolaning biron yumushni jadallik, chaqqonlik bilan bajarishini talab qiladi­

lar.  Bolalar katta yoshdagi kishilarning «tez bo'l» degan buyruqlarini bajar­

ish uchun harakatlarini tezlatishga tirishadilar.  Bolalaming o'zlari ham bi­

ron  narsani  «tezroq»  bajarish uchun  «jadal»  harakat  qiladilar.

Bolalar bog'chasida va oilada belgilangan  qat’iy  rejim bolalarda vaqt- 

hissini o'stirishga yordam beradi.  Bolalar har kuni belgilangan bir mahal- 

da uxlashlari, ovqat yeyishlari, bir ish yoki o'yin va hokazolar bilan mashg'ul 

bo'lishlari lozim bo'ladi.  Olti-yetti yashar bolalar vaqtni soatga qarab bila 

boshlaydilar.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ancha murakkab musiqa asar- 

larini  cholg'u  va  ashulani  tinglash  va  tushuna  bilish  qobiliyati  o'sadi. 

Bolalar bog'chada  musiqa  asbobida chalingan  ma’lum bir kuyga  moslab 

yuradilar,  chopadilar,  raqs  tushadilar.  Musiqa  ohanglarini  ajrata  bilish 

qobiliyati  ham bu yoshda ancha ulg'ayadi,  shu sababli, bolalar musiqa va 

ashulani  o'rganadilar.

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarda  surat  va  rasmlarni  ko'rib 

tushunish  qobiliyati  o'sa boshlaydi.  Uch-to'rt  yashar bolalar rasmda tas­

vir qilingan narsalarni birma-bir ko'rsatadilar, ammo shu narsalarni rasmda 

tasvirlangan  ish-harakatlarini va uni natijalarini hamma vaqt to'g'ri idrok 

qilavermaydilar.  Olti-yetti yashar bolalar mazmuni ular uchun tushunarli 

bo'lgan surat va rasmlami ko'rganlarida uni hikoya qilib bera va muhoka-



ma  qila  oladilar,  suratda  tasvirlangan  harakat  va  voqealami  ham  ko‘rib 

tushuna va ajrata biladilar.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish