VI bob. XOTIRA
I. XOTIRA TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi,
balki ma’lum darajada esda olib qolinadi, ya’ni esimizda saqlanib qoladi
va qulay sharoitda yoki kerak bo Iganda esimizga tushadi.
Shuningdek, kechirilgan tuyg'u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham
esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o‘z
tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, o'quvchilar maktabda o'qitilayotgan
narsalarini esda olib qoladilar, esda saqlaydilar va esga tushiradilar.
Kundalik tajribamiz ko'rsatadiki, esda qolgan narsalarning hammasi
ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham
xotiraga oid hodisadir.
Ta’sirotlarning ana shunday esda qoldirish va keyin esga tushirishning
fiziologik asosi muvaqqat nerv bog'lanishlaridir, bu muvaqqat
bog‘lanishlaming hosil bo'lish, mustahkamlanish va keyin jonlanish (tik-
lanish) jarayonidir.
Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va
esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.
Eng awal bevosita idrok qilingan narsa va hodisalar (uylar, ko'chalar,
daraxtlar, hayvonlar va hokazolar)ning obrazlari esda olib qolinadi, saqlanib
qoladi va esga tushadi. Ko'rgan badiiy surat va rasmlar, eshitgan musiqa
kuylari, ashulalar va hokazolar esda qoladi.
Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasawur
deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo'lib, maz-
munan obrazli xotiraga taalluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini
nutq-so‘z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalaming
nomlari, o'qilgan matnlar, so'zlar, gaplar boshqalarning nutqi esda olib
qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib
qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish sistemalari emas, balki
nutqda ifodalangan ma’no, o'zi va boshqalarning fikrlari esda qoladi,
saqlanadi va esga tushadi. So'zlarning ma’no jihatdan mantiqiy sur’atda
bir-biriga bog'lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so‘z logik
xotirasi bo'lib, obrazli xotiraga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyat-
dir. Biz ko’ngildan kechirgan tuyg'ular, har xil muskul va ish-harakatlari
ham xotira mazmunini tashkil qiladilar.
Shu sababli esda qoladigan materialning xilma-xil mazmuniga qarab,
xotirani, odatda, obrazli, so‘z logik, emotsional (tuyg'u-hissiyot) va ha
rakat xotirasi kabi xillarga ajratiladi. Albatta, xotiraning ana shu xillarga
bo'linishi nisbiydir. Haqiqatda xotiraning shu hamma xillari bir-biri bilan
chambarchas bog'langan, bironta narsaning esimizda qolgan va keyin esi
mizga tushirilgan obrazi gap bilan ifodalanadi, har bir tuyg'u-hissiyot
bironta bir tasawurga, yoki fikrga, yoki ish-harakatga va hokazolarga
bog'liq holda tug'iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |