P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

sm

  va  1 


m

  masofadan  turib  idrok  qilinsa  ham,  baribir 

uning uzunligi o'zgarganligi sezilmaydi, holbuki uning ko'z to'r pardasiga 

tushgan  surati  o'zgaradi,  ya’ni  qalamni  20 



sm

  masofadan  turib  ko'rishga 

nisbatan  1 

m

 masofadan ko'rilganda, qalamning ko'z to'r pardasiga tusha­

digan surati  5  marta qisqaradi.  Shu qalamning sezilarli darajada kaltaroq 

ko'rinishi  uchun  uni  hiyla  uzoq  masofadan  turib  ko'rish  kerak  bo'ladi. 

To'g'ri burchakli stol bizdan  1 

m

 yoki  10 



m  uzoqroqda

 tursa ham biz unga 

to'g'ridan  yoki  yondan  qarasak  ham,  uning  kattaligi  va  shaklining  aksi 

ko'z to'r pardasida  har safar o'zgarib turishiga  qaramay,  baribir hamisha 

o'z shakli va katta-kichikligini o'zgartirmagandek, boyagicha idrok qilina- 

veradi.  Kosaga to'g'ridan qarasak, shakli dumaloq ekanini ko'ramiz, ammo 

ana  shu  kosaga  yondan  qarasak,  qarash burchagi  o'zgarganligidan  uning 

ko'z  to'r  pardasiga  tushgan  surati  tuxumsimon  cho'zinchoqroq  shaklda 

bo'ladi.  Biz esa doimo uni dumaloq shaklida idrok qilamiz.  Bu safar ham 

narsaning  idrok  qilinayotgan  shakli,  uning  haqiqiy,  obyektiv  shakliga 

muvofiq  bo'lib,  doimo  to'g'ri  idrok  qilinadi.  Ayni  shu  kabi  konstantlik 

ranglarni  sezishda  ham  ro'y beradi.  Yorug'lik  darajasi  turli  xil  bo'lganda 

ham narsalarning rangi, narsalar qaytargan yorug'lik nurlarining fizik tarkibi 

o'zgarishiga qaramay, biz doimo birtusda idrok qilaveramiz.  Masalan, oq 

qog'oz  elektr chirog'ining  sarg'ish  nurida  ham,  yoki  u  yashil  barglar so- 

yasida yotsa ham baribir u bizga oppoq bo'lib  ko'rinaveradi.  Holbuki,  bu 

ikki vaziyatda ham  qog'oz  yuzidan  qaytariladigan  nurlarning fizik tarkibi 

o'zgaradi.  Yozuv qog'ozi  qosh  qoraygan paytda  ham oppoq,  qora bosma 

harf  bilan  yozilgan  xat  esa  quyosh  yorug'ida  ham  qop-qora  bo'lib 

ko'rinaveradi,  holbuki  qosh qoraygan  paytda qog'oz  yuzidan  qaytarilgan 

nurlarning  kuchi,  quyosh  yorug'ida  bosma  xatdan  qaytarilgan  nurlarga 

qaraganda zaifroqdir.  Ma’lumki, bir parcha ko'mirdan tushki vaqtda qay­

tariladigan  nurlar  miqdori  tong  yorishish  paytida  bundan  qaytariladigan 

nurlar  miqdoriga  qaraganda  bir  necha  marta  ko'pdir.  Holbuki,  ko'mir 

tush vaqtida ham qop-qora,  bo'r esa tong otarda ham, g'ira-shira  paytda 

ham,  hatto tunda  ham,  baribir oppoq bo'lib  ko'rinadi.

Konstantlik hodisasi shuni ko'rsatadiki, biz narsalarni ko'rib turgan paytimiz- 

da, ulaming ko'z to'r pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq holda ko'rmay, 

balki shu  narsalar haqiqatda qanday mavjud bo'lsa,  shu holda ko'ramiz.

Idrokning konstantligi  odamning tajribasi jarayonida,  amaliy faoliya­

tida vujudga kelib,  mustahkamlanadi.  l.P.  Pavlov ko'z bilan  ko'rib  idrok 

etish konstantligi uchun fiziologik asos bo'lib xizmat  qiladigan  muvaqqat




bog'lanishlarga oid reflektor faoliyatning tashkil topish xususiyatlarini ochib 

berdi, «bironta narsaning haqiqiy katta-kichikligi to‘g‘risida tasawur hosil 

qilmoq uchun,— deb yozadi  Pavlov,  — shu  narsaning  ko‘z to'r pardasiga 

tushgan  surati  ma’lum  katta-kichiklikka  ega  bo‘lmog‘i  va  ko‘z  soqqasi- 

ning  sirti  va  ichki  muskullarining  ma’lum  ravishda  birlashib  ishlamog‘i 

talab  qilinadi.  Ko'z  to‘r  pardasi  va  ana  shu  muskullardan  keluvchi 

qo'zg'alishlarning  muayyan  kombinatsiyasi,  muayyan  kattalikda  bo'lgan 

narsani teri sezgisi orqali idrok etishdan hosil  boMgan  qo'zg'alishlar bilan 

bir  necha  marta  ayni  vaqtda  to'g'ri  kelaverib,  narsaning  haqiqiy  kattali- 

gidan hosil bo'lgan shartli qo'zg'ovchi bo'lib qoladi»  (Полное собрание 

сочинений,  III  tom,  1 -kitob,  121-bet).

l.P.  Pavlov aytib  o'tgan  ko'z  muskullari  harakati  bilan  narsaning  ko'z 

to'r pardasiga tushgan surati o'rtasida ana shu tariqa hosil bo'lgan bog'lanishlar 

doimo turmushda mustahkamlanib turadi, shuning uchun ham bu bog'lanishlar 

idrok  konstantligini  nerv-fiziologik tomondan belgilab beradi.

Konstantlik hodisasi voqelikni bilishda, tevarak-atrofdagi muhitni fahm- 

lab,  kunda amaliy ish  ko'rishda juda katta  ahamiyatga egadir.  Idrokimiz- 

da  konstantlik bo'lmaganida edi, biz har birqimirlashimizda, boshimizni 

salgina  burganimizda,  yorug'lik  o'zgarib  turganida,  narsalar  o'z joylari- 

dan  andakkina  siljiganida  ham  xuddi  shu  narsalarni  har  gal  butunlay 

boshqa-boshqa,  yangi  notanish  narsalardek  idrok  qilardik,  biz  hatto  o'z 

narsalarimizni ham ulardan hatto yarim metr uzoqlashgan taqdirda, taniy 

olmasdik.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish