VII. HARAKATNI IDROK QILISH
Biz narsalarning harakatsiz, sokin holatinigina idrok qilib qolmay,
balki fazoda joy almashtirib turgan holatini, narsalarning harakatini ham
idrok qilamiz. Harakatning hamma xillari singari, narsalarning ana shu
mexanik harakatlari ham vaqt davomida voqe bo'ladi. Shu sababli, ha
rakat tez yoki sekin bo'lmog'i mumkin. Harakatning tezlik darajasini obyek
tiv o'lchash uchun vaqtning bir miqdori, masalan, bir soniya olinib, bu
harakatning tezligi jism shu vaqt ichida bosib o'tgan masofa bilan aniqla-
nadi. Jism bir soniya ichida qancha katta masofa bosib o'tsa, harakat
shuncha tez hisoblanadi va aksincha.
Binobarin, harakatni idrok qilish ayni zamonda ham fazoni, ham
vaqtni idrok qilish demakdir. Masalan, yurayotgan mashinani ko'rib turar
ekanmiz, biz ayni vaqtda uning bizga nisbatan joyini ham va biror nuqta-
ga nisbatan masofasi o'zgargan (yaqinlashgan yoki uzoqlashgan) vaqtini
ham idrok qilamiz. Idrok qilinayotgan harakatning tezligi shu narsa ha
rakatining obyektiv (haqiqiy) tezligiga hamisha teng baravar bo'lavermaydi.
Ayni bir xildagi harakat tezligi, vaziyatga qarab, har xil idrok qilinishi
mumkin: goho ildamroq, goho sekinlashgandek ko'rinadi. Tanamizga be
vosita tegib turgan narsalarning harakatini biz teri sezgisi, muskul va ko'ruv
organlari vositasi bilan idrok qilamiz. Bizga nisbatan muayyan masofada
turgan narsalarning harakatini ko'z bilan ko'rib idrok qilamiz.
Harakatni ko'z bilan ko'rib idrok etish ikki xil usul bilan: birinchidan,
harakatda bo'lgan narsaga ko'zni uzmasdan qaraganda uning surati ko'z
to'r pardasida hosil bo'ladi, ikkinchidan, ko'zimizni harakatda bo'lgan
narsa tomon yuritish, harakatini kuzatib borish bilan voqe bo'ladi.
Ko'zimizni harakatlanuvchi narsa tomon yuritib idrok qilingan harakatga
qaraganda, ko'zimizni uzmasdan (yuritmasdan) idrok qilingan harakat
ancha tez harakatdek ko'rinadi. Odatda, harakat ana shu ikkala usul bilan
bir yo'Ia idrok qilinadi. Ikki usulning biriashgani uchun idrok qilinayot
gan harakatning tezligi ancha aniq bilib olinadi.
Harakat idrokini nisbiy va g'ayri nisbiy idrok deb ataladigan ikki xilga
bo'lish rasm bo'lgan. Harakatni nisbiy idrok qilish deyilganda, biz ha
rakatlanuvchi narsa va shu narsaning harakati bog'langan yoki yonidan
o'tgan sokin nuqta ham ayni vaqtda birgalikda idrok qilinishini tushu-
namiz. G'ayri nisbiy idrok deb harakatda bo'lgan narsani boshqa narsa-
lardan ayrim holida idrok etishni aytiladi. Obyektiv tezligi baravar bo‘lsa
ham, nisbiy harakat ancha tez, g‘ayri nisbiy harakat esa ancha sekin
harakatdek idrok qilinadi.
Harakatning tezdek yoki sekindek ko‘rinishi shu harakatning obyektiv
tezligiga hamda harakatda boMgan buyumning ko‘zimizdan uzoq-yaqin
boMishiga bogMiq: u bizdan qancha uzoq boMsa, uning harakati ham shun
cha sekindek ko'rinadi. Idrok qilinayotgan harakatning tez yoki sekindek
ko'rinishi buyumning muayyan vaqt davomida o'tadigan harakatini idrok
qilganda hosil bo'ladigan qarash burchagining katta-kichikligi bilan belgi
lanadi. Harakatda bo'lgan buyumlarni idrok qilgan paytda qarash burchagi
kattalashadi. Qarash burchagi harakatlanuvchi buyum bosib o'tayotgan fazo
nuqtalaridan bir-birini kesib ko'zga keluvchi nurlardan hosil bo'ladi. Muayyan
vaqt ichida (masalan, bir soniya ichida) hosil bo'lgan qarash burchagi qan
cha katta bo'lsa, harakat ham shuncha tez harakatdek idrok qilinadi.
Harakatda bo'lgan buyum ko'zimizdan qancha uzoqlashsa, qarash
burchagi ham shuncha kichrayadi, binobarin, harakatning haqiqiy (obyek
tiv) tezligi o'zgarmasa ham, harakat sekindek ko'zga ko'rinadi. Odam
idrok qilmog'i mumkin bo'lgan — eng sekin harakat shunday harakat-
dirki, bunda harakatni nisbiy va to'g'ri qarab idrok qilganda hosil bo'ladigan
qarash burchagi soniyasiga 1—2° ga baravar keladi. G'ayri nisbiy harakat
ni to'g'ri qaraganda ana shu burchakning kattaligi soniyasiga 15—20° dan
kam bo'lmasligi shart. Sekundiga 15° dan kichikroq qarash burchagi hosil
qiladigan harakat to'g'ri kelganda bevosita idrok qilinmaydi (masalan,
soat strelkasining, quyosh, yulduz va hokazolarning harakati), harakatni
yondan qarab idrok qilganda qarash burchagi hiyla katta bo'lmog'i kerak.
15° dan kichikroq qarash burchagi hosil qiladigan harakat haqida narsa-
laming o'z o'rnini o'zgartirganliklariga qarab hukm qilamiz. Masalan,
soat strelkalarining, quyosh, yulduz va shu kabilarning harakati haqida
ana shu yo'l bilan xulosa chiqaramiz. Harakatda bo'lgan narsaning ovozi-
ga qarab, ya’ni harakatni eshitib ham idrok qilamiz. Masalan, yurayotgan
poyezdning o'zini ko'rmasak ham, lekin bizdan uzoq, yaqin yurib keta-
yotganligini poyezd ovozining kuchayishi yoki pasayishidan bilamiz. Le
kin bu harakatni bevosita idrok qilish emas, balki bavosita (ovoz orqali)
idrok qilishdir. Harakatni bavosita idrok qilishda, asosan, o'tmishdagi
tajribamizga va bilimlarimizga suyanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |