O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5/1 2021
- 68 -
va o‘quvchilar, boshqa tomondan maktablar va davlatlar,
umuman olganda esa fuqarolar va fuqarolik jamiyatini
manfaatlari hisobga olinishi zarur. Keng ma’noda
ta’kidlaganda, dunyoda ta’lim sifatini ta’lim jarayoni va
erishilgan yutuqlarga sarflangan xarajatlarga mos kelishi va
ta’lim olish maqsadlari, standartlari,
jamiyat talablariga
nisbatan natijasi tushuniladi [1; 2; 3; 4; 5; 6].
- Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Maktab
ta’limida sifat menejmentini joriy etishning rivojlantirilishi bir
vaqtning o’zida maktab rahbariyati, maktabning ichki muhiti,
boshqaruvning to’g’ri va qonuniy tashkillanganiga bog’liq
bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim muassasalari, boshqaruv
organlari va ularning rahbarlaridan tashkilotchi, tadbirkor,
zamonaviy bilim va madaniyat egasi bo’lishini talab etadi.
Deyarli ko’plab umumta’lim maktablari rahbarlari xalq ta’limi
xodimlari orasida eng ko’p mehnat sarf qilib ishlayotganlar
toifasiga kiradi va ular faoliyatlari davomida juda ko’p
qiyinchiliklarga duch keladilar. Albatta, bunga obyektiv va
subyektiv sabablar bor. Ularning
asosiylarini quyidagilarda
ko’rishimiz mumkin:
-ta’lim
boshqaruvi nazariy asoslari to’g’risida
bilimlarning yetishmasligi;
-maktabda tashkil etilgan ichki boshqaruvning
samarasizligi;
-maktabdagi jarayonlarni boshqaruvida inson omilini
hisobga olmaslik;
-boshqaruvda
qog’ozbozlik
va
buyruqbozlikka
asoslangan uslubning saqlanayotganligi;
-maktab rahbarlari o’rtasidagi ish taqsimotining
amalda yaxshi ishlamayotganligi;
-malaka oshirish masalasiga e’tiborsizlik;
-kadrlar qo’nimsizligi;
-vaqtdan unumli foydalanmaslik va hokazo.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
nazoratning quyidagi turlari keng qo‘llaniladi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladigan
nazorat turlari
Qamroviga ko‘ra
Individual nazorat, frontal nazorat, kompleks nazorat
Subyektiga ko‘ra
Ichki nazorat, tashqi nazorat, Davlat nazorati
Obyektiga ko‘ra
O‘quvchilar bilim o‘zlashtirish
darajalari nazorati, pedagogik faoliyat nazorati,
ma’muriy-boshqaruv jarayoni nazorati, tashkilot moliyaviy faoliyati nazorati
Maqsadiga ko‘ra
Diagnostik nazorat, prognostik nazorat, revizion nazorat
Shu o’rinda, boshqaruvning asosiy yo’nalishi
hisoblangan maktab ichki nazoratini tashkil etishning ayrim
masalalari to’g’risida to’xtalish joiz.
Maktab ichki nazorati:
-bu maktab jamoasining erishishi kerak bo’lgan
maqsadiga muvofiq ravishda o’quv-tarbiya jarayonini har
tomonlama o’rganish va tahlil qilishdir.
-rejali, mukammal ishlab chiqilgan nazorat, yutuqlarni
anglash va rivojlantirish, pedagogik jamoa faoliyatida yuz
berayotgan kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish
imkonini beradi.
-maktabda ichki nazoratni to’g’ri
tashkil qilinganligi
o’qituvchilar bilan bir qatorda maktab rahbarlarini ham
intizomga o’rgatadi, bu ish rejali, tizimli, aniq bir faoliyatga
qaratilgan, mujassam bo’lishi, o’quv-tarbiya jarayonini har
tomonlama qamrab olishi zarur.
Maktab
ichki
nazoratini
rejalashtirish
va
va
tashkillashtirish jarayonida rahbar nazoratning hamma
obyektlari, yo’nalishlari haqida mukammal,
puxta tasavvurga
ega bo’lishi lozim. Bu esa taxminan quyidagilarda ko’rinadi:
-o’quv rejasidagi ba’zi fanlarning o’qitish darajasi;
-dasturda
berilagan
ma’lumotlarni o’zlashtirish
darajasining davlat talablariga (davlat ta’lim standartlariga)
mosligi;
- pedagogik jamoada bilimli va qobiliyatli o’quvchilar
bilan ishlashning tizimli yo’lga qo’yilganligi;
- maktabda ma’lumot olishni ta’minlaydigan tizimning
samaradorligi va doimiyligi (ixtiyoriy fanlardan fakultativlar,
to’garaklar, maxsus kurslar va boshqalar);
-past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashda
yo’lga qoyilgan samarali tizim;
-pedagogik
jamoaning ta’limni ta’minlash va
tashkillash bo’yicha ishlari;
-uslubiy va tarbiyaviy ishlar, maktab hujjatlarini
yuritishni to’gri yo’lga qo’yish;
-
o’quv-moddiy
ta’minotdan
foydalanish
samaradorligi va boshqalar[7].
Yuqoruda sanab o’tilgan omillardan tashqari t’lim
sifatning yana bir rivojlanish tendensiyalarini maktabda
innovatsion boshqaruvning qay darajada tashkil etilishida ham
ko’rib chiqishimiz mumkin.
Pedagogik innovatsiyalarning mazmun mohiyati,
mezonlari to’g’risida
aniq bilim va tasavvur, ularni qo’llash
uslubiyotini bilish har bir o’qituvchi va rahbarlarga ularni
joriylashtirishni xolisona baholash va prognoz qilish imkonini
beradi. Innovatsiyalarning mohiyatini tushunmagan holatda
kiritishga shoshilish, tavsiya etilgan yangilikni qisqa vaqtdan
keyin unutilishiga yoki bekor qilinishiga olib keldi. Bu holatga
olib keluvchi asosiy sabablardan biri maktablarda innovatsion
muhitning yo’lga qo’yilmaganligi bo’lib, bunday muhitning
yo’qligi ta’lim beruvchilarning uslubiy jihatdan tayyor
emasligida, ularning pedagogik
innovatsiyalar mohiyatini
yaxshi bilmasliklarida namoyon bo’ladi, bu holatni bartaraf
etish uchun esa, maktabni boshqarishda ma’lum bir axloqiy va
ruhiy holatni yaratish, maktab o’quv-boshqaruv jarayoniga
innovatsiyalarni joriy etishni ta’minlaydigan tashkiliy, uslubiy
va psixologik chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak bo’ladi.
O’qituvchilar tarkibidagi qulay innovatsion muhitning
mavjudligi o’qituvchilarning innovatsiyalarga «qarshilik»
koeffitsientini pasaytiradi, kasbiy faoliyat stereotiplarini
yengishga
yordam
beradi
va
innovatsion
muhit
o’qituvchilarning
pedagogik
yangiliklarga
bo’lgan
munosabatida aks etadi.
Bugungi kunda innovatsion
jarayonlarni tartibga solish va malakali boshqarish zarurati
bilan o’qituvchi va menejerlar o’rtasida pedagogik
yangiliklarni aniq tushunishning yo’qligi, shuningdek, ushbu
faoliyatni kuzatish va boshqarish qobiliyati o’rtasida ziddiyat
mavjud[8].
Bu ziddiyat esa innovatsiya jarayonini soddalashtirish
va menejerlarni ushbu jarayonni boshqarishga o’rgatish
kerakligini aniqlab beradi.
Buni amalga oshirish uchun esa,
quyidagilarni yo’lga qo’yish tavsiya etilmoqda:
-bolalarning salomatligi va jismonan rivojlanishini
ta’minlash;
-yangi avlod o’quv dasturlari, o’qitish texnika va
texnologiyalarini qo’llash ;
-iqtisodiy, ekologik ta’lim, axborot texnologiyalari
bo’yicha kurslarni joriy etish;
-jamiyat
ehtiyojlarini ta’minlash uchun ta’lim
xizmatlarining tarmog’i va tarkibini kengaytirish;
-ta’limning mintaqalararo tarkibiy tuzilmasini joriy
etish.
Maktabda
innovatsiyalarni
boshqaruvning
quyi
tizimini samarali tashkil etish uchun asosiy faoliyatlar tartibi
quyidagicha: