O’zbekiston uzliksiz ta’lim standartlari davlat tizimi o’rta maxsus kasb hunar ta’limi o’zbekiston respublikasi davlat standarti


AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI



Download 0,87 Mb.
bet6/25
Sana13.04.2023
Hajmi0,87 Mb.
#927862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
KHK-AL Математика ДТС укув ва ишчи дастур

5. AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI
O’QUVChILARI O’ZLAShTIRIShI ZARUR BO’LGAN
UMUMTA’LIM FANLARI MAZMUNIGA
QO’YILADIGAN TALABLAR

Algebra va analiz asoslari:


to’plamlar haqida dastlabki tushunchalarga ega bo’lish;
to’plamlarning berilish usullarini, bo’sh to’plam, qism to’plam, to’plamlar birlashmasi, kesishmasi, ayirmasi, chekli, cheksiz to’plamlarni bilish;
ixtiyoriy va mavjudlik kvantorlarini bilish va ularni matematik fikrlarni yozishda qo’llay olish;
chekli o’nli, cheksiz o’nli, davriy, davrsiz kasrlar, ratsional, irratsional, haqiqiy sonlar haqida bilimlarga ega bo’lish;
asosiy sonli to’plamlar (natural, butun, ratsional, irratsional, haqiqiy sonlar)ni bilish;
sonli kesmalar, ochiq, yopiq intervallar haqida tushunchalarga ega bo’lish, haqiqiy sonlar ustida amallar bajarishni, haqiqiy sonning moduli, uning asosiy xossalarini bilish;
kompleks sonning ta’rifi, mavhum birlik, kompleks sonlarning tengligi, kompleks sonlar ustida amallar bajarishni, komleks sonning geometrik ma’nosini, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarishni bilish;
butun ratsional ifodalarning kanonik ko’rinishini, Bezu teoremasi, ko’phadni ikki hadga bo’lishni (Gorner sxemasi), ratsional algebraik ifodalarni aynan almashtirishni bir o’zgaruvchili ratsional tenglama va tengsizliklarni yechishni, tenglama va tengsizliklarni yechishning asosiy usullarini bilish;
Al Xorazmiyning "Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida"gi kitobining qisqacha mazmunini bilish;
ikki o’zgaruvchili tenglamaning geometrik ma’nosini bilish, tenglamalar sistemasiga oid misollarni yecha olish;
matematik induksiya haqida tushunchaga ega bo’lish, matematik induksiya usulidan foydalanib, ba’zi ayniyat va tengsizliklarni isbotlay olish;
funksiyaga oid terminlardan to’g’ri foydalanish va tushunish, funksiyaning aniqlanish, o’zgarish (o’sish va kamayish) sohalarini topa olish;
funksiyaning berilish usullarini bilish, funksiyalar grafiklari haqida ma’lumotga ega bo’lish, funksiyaning juft-toqligi, davriyligini, funksiyaning eng kichik musbat davrini aniqlash, funksiyaning nollarini topa olish, elementar funksiyalar, ularning asosiy xossalarini bilish, o’zaro teskari funksiyalar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;
logarifmik va ko’rsatkichli funksiyalarning asosiy xossalarini bilish;
funksiyalar grafiklarini sxematik tasvirlay olish;
biri ikkinchisiga, uqx ga nisbatan simmetrik ekanligini tasvirda ko’rsatish, funksiya grafiklarini almashtira olish malakalariga ega bo’lish;
modul bilan bog’liq bo’lgan funksiyalarning grafiklarini tekislikda tasvirlay olish;
murakkab bo’lmagan logarifmik, ko’rsatkichli, darajali tenglama va tengsizliklarni yechish usullarini bilish;
sonli ketma-ketliklar, ularning limiti haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, ba’zi sodda ketma-ketliklar limitini hisoblashni, nuqtaning atrofini, funksiya limitini, bir tomonlama limitlar, cheksiz limitlar, funksiyaning uzluksizligi, uzluksiz funksiyaning asosiy xossalarini, elementar funksiyalar uzluksizligini bilish;
funksiya orttirmasi, hosilasi, hosilaning geometrik va mexanik ma’nosini bilish;
ba’zi funksiyalar hosilasi, hosilalarni hisoblash, ikkinchi tartibli hosila, funk-siyaning o’sish, kamayish oralig’ini, funksiya ekstremumlari, kesmada funksiyaning eng katta va eng kichik qiymatlarini topish, funksiyani to’la tekshirish, grafigini chizish, hosilaning ba’zi tatbiqlarini bilish;
asosiy trigonometrik funksiyalar va ularning asosiy xossalari, garmonik tebranish haqida tushunchaga ega bo’lish, asosiy trigonometrik funksiyalar yig’indisini va ayirmasini ko’paytmaga aylantirishni, bu funksiyalar ko’paytmasini yig’indiga almashtirishni, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechishni, trigonometrik funksiyalar hosilasini bilish;
boshlang’ich funksiya va uning xossalari, boshlang’ich funksiyani topish qoidalarini bilish, aniqmas integral, egri chiziqli trapetsiya yuzini hisoblash, aniq integral, Nьyuton-Leybnits formulasi, aniq integral yordamida geometrik figuralar yuzini, hajmini hisoblashni bilish;
birlashmalar, o’rinlashtirish, o’rin almashtirish va gruppalashlar sonini hisoblashni, Nьyuton formulasiga oid misollarni yechish, kombinatorik masalalarni yechishni bilish;
tasodifiy, muqarrar va ro’y berishi mumkin bo’lmagan hodisalarni, hodisalar birlashmasi va kesishmasini topa olish, hodisalarning ehtimolliklarini hisoblashni bilish, chastota, poligon, gistogramma tushunchalarini bilish va ularga oid masalalarni yecha olish.

Geometriya:


planimetriyaning boshlang’ich tushunchalarini, kesmalarni taqqoslash, aylana yoyining gradus o’lchovini aniqlash, burchaklarni o’lchashni bilish;
siniq chiziq uzunligini hisoblash, uchburchakning asosiy elementlarini hisoblashga oid masalalarni yechish, uchburchaklarning tenglik alomatlari va ularga oid masalalar yechish, eng sodda geometrik yasashlarni bajara olish;
uchburchak, to’rtburchak, doira yuzini hisoblashga oid masalalarni, Pifagor teoremasi va unga doir masalalarni, perpendikulyar va og’maga oid masalalarni, sinuslar va kosinuslar teoremalariga doir masalalarni yechishni bilish;
tekislik va to’g’ri chiziqning o’zaro joylashuviga oid masalalar yechishni bilish;
uch perpendikulyarlik haqidagi teoremani masalalar yechishda qo’llash, ko’pyoqlarga oid masalalar, ko’pyoq elementlarini, ko’pyoqlarning yon va to’la sirtlarini hisoblashni bilish;
aylanma jismlarning yon va to’la sirtlariga, prizma, piramida va kesik piramidalarning hajmlarini hisoblashga, aylanish jismlarining hajmlarini hisoblashga doir masalalarni yechishni bilish;
almashtirishlarga ta’rif bera olish, parallel ko’chirishning ta’rifini va uning xossalarini bilish, harakatning ta’rifini, nuqtaga, to’g’ri chiziqqa, tekislikka nisbatan simmetrik nuqtalarni bilish, o’xshash almashtirishning ta’rifi va uning xossalari, almashtirishlar yordamida geometrik masalalar yechishni bilish;
parallel proyeksiyalashning ta’rifi va uning xossalarini, prizma va piramidaning tekislikdagi tasvirini yasashni, aylanish jismlarining turlarini va ularni tekislikda tasvirlashni, ko’pburchak ortogonal proyeksiyasining yuzi haqidagi teoremani bilish;
vektorning ta’rifi, moduli, qarama-qarshi vektorlar, nol vektor tushunchalarini, vektorlarni qo’shish va songa ko’paytirish amallarini, vektorning koordinatalari ta’rifini va komplanarlik shartini, bazis vektorlar tushunchasini, vektorning uchta bazis vektorlar bo’yicha yoyilmasini, vektorlarning skalyar ko’paytmasi va uning xossalarini bilish.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish