II B O B O‘RTA OSIYONING ARAB XALIFALIGI TOMONIDAN FATH ETILISHI. XALQ QO‘ZG‘OLONLARI (VII–VIII asrlar) 8-§. ISLOM DINI VA ARAB XALIFALIGI Tayanch tushunchalar: Islom dini; Xuroson; Movarounnahr; Movarounnahrning fath etilishi Qadimdan Arabiston yarimorolida arablar
tarqoq holda yashar dilar. VII asr boshla-
rida Arabistonda yagona e’tiqod asosida
mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu buyuk e’tiqod
yakka xudolikka asoslangan islom dini edi.
Islom dinining vujudga kelishi * Islom — «bo‘ysunish», «itoat etish», «o‘zini Alloh irodasiga topshirish» degan ma’nolarni anglatadi Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan
Muhammad (s.a.v. – sollallohu alayhi vasallam)
binni Abdul- loh (570–632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul
qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari «
muslim » (mu-
sulmonlar) deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng eka-
ni, rizq-ro‘zini barchaga Yaratguvchining o‘zi yetkazib berishi
hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi uchun haq dinga
kirish kerakligini targ‘ib etadilar. Islom bayrog‘i ostida