Maktabdan tashqari ta'lim madaniy-estyetik, ilmiy, tyexnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda yo`lga qo`yiluvchi, bolalar hamda o`smirlarning ta'limga bo`lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta'lim bosqichi.
Maktabdan tashqari ta'lim davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdyek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida olib boriladi.
Hozirgi davrda jahonda ta'lim tizimining ahvoli. Rivojlangan xorijiy davlatlar ta'lim tizimini o`rganish maqsadida AQSh, Frantsiya, Yaponiya davlatlarining ta'lim tizimi tarkibini yoritmoqchimiz.
I. Amerika Qo`shma Shtatlarida ta'lim tizimi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
maktabgacha tarbiya muassasalari – 3 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi;
boshlang`ich maktablar (1-8-sinflar) – 6 yoshdan 13 yoshgacha bo`lgan bolalar ta'lim oladilar;
o`rta maktablar (9-12-sinflar) – 14 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan bolalarning ta'lim olishlari uchun imkoniyat yaratadi. O`rta maktab quyi va yuqori bosqichdan iborat.
oliy ta'lim - 2 yoki 4 yil mobaynida kollyejlar hamda univyersityetlarda amalga oshiriladi.
univyersityetlar va boshqa oliy o`quv yurtlari tarkibida tashkil etiladigan aspirantura va doktoranturadir.
AQShda majburiy ta'lim 16 yoshgacha amal qiladi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan o`quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy tasarruflar hamda diniy muassasalarga tegishli bo`lishi mumkin.
Amerika Qo`shma Shtatlarining maktablari uchun yagona o`quv ryejasi yo`q. Har bir shtat o`z o`quv ryejasiga ega. Shunga ko`ra Shtatlarda boshlang`ich ta'lim 4, 5, 6 va 8 yillik bo`lishi mumkin.
II. Yaponiya ta'lim tizimi o`z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang`ich maktablar, yuqori o`rta maktablar hamda oliy ta'lim byeradigan univyersityetlarni oladi.
Bolalar bog`chalariga bolalar 3-5 yoshlarida boradilar va 3, 2, 1 yillik ta'lim kurslariga jalb qilinadilar.
Boshlang`ich maktabga bolalar 6 yoshdan boradai va 6 yil o`qiydi. Boshlang`ich maktabni tugatgandan keyin kichik o`rta maktabda 3 yil ta'lim oladilar. Yaponiyada 9 yillik bu ta'lim majburiy bo`lib, barcha bolalar byepul o`qitiladi, ular tyekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bosqich o`rta maktab Yaponiyada ixtiyoriy bo`lib, uning kunduzgi, kechki va sirtqi turlari mavjud. O`qish muddati 3 yil.
Oliy ta'limga yuqori bosqich o`rta maktablarni tugatgan bitiruvchilar qabul qilinadilar. Oliy ta'limni universityetlarda olish mumkin. Oliy ta'lim tizimiga kirgan bo`lsada, o`rta maxsus ta'lim beradigan kichik kollej, texnik kollej, maxsus tayyorgarlikdan o`tish imkonini beruvchi kollejlar ham mavjud. Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 460 ta universityetning yarmidan ko`pi xususiydir.
III. Frantsiyada ta'lim tizimi quyidagi bosqichlar asosida shakllangan:
Maktabgacha tarbiya – 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalarni o`z ichiga oladi.
Boshlang`ich ta'lim – 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalarning 3 bosqichda ta'lim olishlariga imkon beradi. Tayyorlov bosqichi uchun 1 yil, elemyentar kurslar uchun 2 yil ta'lim muddati byelgilangan. Boshlang`ich ta'limning 3-bosqichi 2 yillik chuqurlashtirilgan bosqichdir.
O`rta ta'lim ikki bosqichda beriladi. O`rta ta'limning birinchi bosqichi 4 yillik ta'lim byeruvchi kollejlar, ikkinchi bosqich esa 3 yillik ta'lim beruvchi litseylarda amalga oshiriladi. 3 yillik litseyni tugatgan bitiruvchilar «Bakalavr» darajasini olish uchun imtiqon topshiradilar.
Oliy ta'lim universityetlar va oliy ixtisoslik maktablarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |