Maktabgacha ta'lim – bolaning sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlovchi, unda o`qishga intilish hissini uyg`otuvchi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta'lim bosqichi.
Umumiy o`rta ta'lim ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ular quyidagilardir:
boshlang`ich ta'lim (1-4-sinflar);
umumiy o`rta ta'lim (1-9-sinflar).
Boshlang`ich ta'lim o`quvchilarga murakkab bo`lmagan ilmiy bilimlarni byerish asosida ularda o`qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko`nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog`lom turmush tarzi elyemyentlarini hosil qilish bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |