O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning turar joyi saqlanishi muddatlarini



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

53-modda. Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning turar joyi saqlanishi muddatlarini
qisqartirishga yo‘l qo‘yilmasligi
Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli
kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyi saqlanishi muddatlari ijaraga oluvchi va ijaraga
beruvchining o‘zaro kelishuvi bilan qisqartirilishi mumkin emas.


54-modda. Fuqarolarni turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish
Fuqarolarni belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganlari oqibatida munitsipal, idoraviy uy-joy
fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini
yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu turar joyda yashab qolgan boshqa doimiy
foydalanuvchilarning da’vo arizasiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi.
55-modda. Vaqtincha bo‘lmagan ijaraga oluvchining hamda uning oila a’zolarining
huquq va majburiyatlari
Agar turar joyni ijaraga oluvchi vaqtincha bo‘lmasa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq
maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyda yashovchi oila a’zolari o‘zlari egallab
turgan barcha turar joylardan avvalgi shartlar asosida foydalanishga haqlidirlar. Bunda ular ushbu
turar joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Vaqtincha
bo‘lmagan fuqaroning foydalanish huquqi saqlanadigan uy-joy maydoni ortiqcha uy-joy maydoni
deb hisoblanmaydi.
56-modda. Ijaraga oluvchining o‘zi egallab turgan turar joy o‘rniga kichikrog‘ini olish
huquqi
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar
joyni ijaraga oluvchi, agar belgilangan normadan ortiqcha turar joy maydoniga ega bo‘lsa, voyaga
yetgan oila a’zolarining roziligiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlariga yoki turar joyni
bergan korxona, muassasa, tashkilotga belgilangan tartibda murojaat etib, egallab turgan turar
joyini kichikroq hajmdagi turar joyga almashtirishni so‘rashi mumkin.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish