O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

III BO‘LIM. DAVLAT UY-JOY FONDI
5-bob. UMUMIY QOIDALAR
35-modda. Davlat uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat uy-joy fondining (bundan buyon matnda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq
maqsadli kommunal uy-joy fondi deb yuritiladi) uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasiga
binoan bir taraf – turar joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi) boshqa taraf
(ijaraga oluvchi)ga turar joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga
topshirish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda
fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilab qo‘yiladi. Ijara shartnomasida
ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shartnomada ana
shunday ko‘rsatmalar bo‘lmagan taqdirda, bunday shaxslarni ko‘chirib kiritish fuqarolik
qonunchiligida va ushbu Kodeksning 
51-moddasida
 nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga
oshiriladi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondining va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi
doimiy yashash uchun yaroqli bo‘lgan alohida turar joy (uy, kvartira) turar joyni ijaraga berish
shartnomasi obyekti bo‘ladi.
Xonaning bir qismi yoki bitta umumiy kirish joyi orqali boshqa xona bilan bog‘langan xona
(tutash xonalar), shuningdek yordamchi xonalar (oshxona, yo‘lak, hujra va shu kabilar) ijara
shartnomasining mustaqil obyekti bo‘la olmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda shu
uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan (uyning umumiy joylari, tayanch va to‘siq
konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning
shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi
muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va
bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va
qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari
bo‘lgan yer uchastkasi, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi ko‘chmas mulkning yagona majmuiga
xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan boshqa obyektlardan) belgilangan tartibda foydalanish
huquqiga egadir.
(35-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari,
muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar
o‘rtasida yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish
shartnomasining yozma shaklda bo‘lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga
sabab bo‘ladi.
(35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan turar joyga bo‘lgan mulk huquqining boshqa
shaxsga o‘tishi shartnomaning o‘zgarishiga yoki bekor bo‘lishiga olib kelmaydi. Bunda yangi


mulkdor ilgari tuzilgan turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi
bo‘lib qoladi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar
joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish