foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a’zolari,
shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar
kelishuvi bilan belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va
ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga
yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan
bo‘lsa, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zolari deb tan olinishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Mehnatga qobiliyatsiz boqimandalar, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan
fuqarolar, agar ular mulkdor bilan umumiy xo‘jalik yuritayotgan va uning turar joyida ro‘yxatdan
o‘tgan bo‘lsalar, uning oila a’zosi deb topilishlari mumkin.
Mulkdorning voyaga yetmagan oila a’zolari yashayotgan turar joyni, ularning ota-onasi
bo‘lmagan taqdirda, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan boshqa shaxsga berish mumkin.
Xususiylashtirilgan kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolari va uy-joyning
xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar ham ularning umumiy mulki bo‘lmish
xususiylashtirilgan kvartira yoki uyga nisbatan qonunda belgilangan tartibda teng huquqlarga ega
bo‘ladilar va teng majburiyatlarni bajaradilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga
berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila a’zolarining va kvartirani yoki uyni
xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni
xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin
ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan
oila a’zolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik
organlari ifodalaydi.
(32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Xususiylashtirilgan bir kvartira yoki uyda turar joy mulkdorlari yashay olmaydigan holda,
sudning qaroriga binoan mulkdorlardan biri ko‘chirilib, boshqasining zimmasiga kvartira yoki
uyning tegishli qismi uchun ko‘chirilgan mulkdorga sud ishni ko‘rib chiqqan kundagi bozor
bahosida pulini to‘lash yoki uning umumiy mulkdagi ulushiga mos keladigan boshqa turar joyni
sotib olib berish majburiyati yuklanishi mumkin.
Uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va
sobiq oila a’zosi o‘rtasidagi turar joydan foydalanish hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori
haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: