O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirining



Download 52,48 Kb.
bet2/4
Sana29.01.2022
Hajmi52,48 Kb.
#418728
1   2   3   4
Bog'liq
2685 17.06.2015

sinfdan sinfga o‘tkazish — o‘quvchini maktab-internatning bir sinfidan boshqa parallel sinfiga o‘tkazish;
bir xil turdagi maktab-internat — o‘quvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi tashxis natijalari bo‘yicha ixtisoslashuviga ko‘ra bir turga mansub maktab-internat;
boshqa turdagi maktab-internat — o‘quvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi tashxis natijalari bo‘yicha ixtisoslashuviga ko‘ra bir turga mansub bo‘lmagan maktab-internat.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga o‘tkazishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
3. O‘quvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga o‘tkazish masalalari umumiy o‘rta ta’limning majburiyligi hamda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslarning ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
4. O‘quvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.
2-bob. O‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish
5. O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish huquqiga ega.
6. Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
7. Maktab-internat direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
8. Sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan taqdirda, maktab-internat direktori o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin.
9. Sinfdan sinfga o‘tkazish rad etilganligi haqida maktab-internat direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
10. Maktab-internat direktorining o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
11. O‘z sinfdoshlariga nisbatan uch va undan ortiq katta yosh farqi bo‘lgan psixik rivojlanishi sust yoki aqli zaif bolalar bir sinfda kamida ikki chorak ta’lim olgach, ularning bilim, ko‘nikma va malaka darajasini inobatga olgan holda maktab-internatning tibbiy va pedagog xodimlari xulosasi asosida pedagogik kengash qarori bilan faqat bir sinf yuqoriga ko‘chirilishi mumkin.
3-bob. O‘quvchini bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o‘tkazish
12. Ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o‘tkazish huquqiga ega.
13. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
14. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda maktab-internatdan ketish taloni beriladi.
15. Ota-onalar farzandi o‘qishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab-internat direktoriga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga maktab-internatdan ketish taloni ilova qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
16. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori ariza va maktab-internatdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida ota-onalarga o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internatga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda maktab-internatga kelish talonini beradi.
17. O‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori maktab-internatga kelish talonini qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
18. Maktab-internat direktori o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risidagi buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to‘g‘risida tilxat oladi:
o‘quvchining maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli;
o‘quvchining tibbiy kartasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda xalq ta’limi boshqarmalari deb yuritiladi) huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (bundan buyon matnda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb yuritiladi) o‘quvchini maktab-internatga yuborish uchun asos bo‘lgan xulosasi;
xalq ta’limi boshqarmasining o‘quvchini maktab-internatga yuborish to‘g‘risidagi yo‘llanmasi.
19. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, maktab-internatga kelish taloni va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining o‘quvchining o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma o‘quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
20. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-internatdan o‘tkazilayotgan o‘quvchining o‘quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart.
21. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
22. Maktab-internat direktori o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani bir ish kuni ichida o‘quvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.
23. O‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida yoki maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
4-bob. O‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish
24. O‘quvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga va aqliy layoqatiga ko‘ra bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazilishi mumkin.
25. Ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish huquqiga ega.
26. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda xalq ta’limi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.
27. Ariza psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2519, 2013-yil 24-oktabr) muvofiq ko‘rib chiqiladi.
28. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy xulosasi olingach, xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan shu kunning o‘zida ota-onalarga o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun o‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish to‘g‘risida yo‘llanma beriladi. Yo‘llanma berilganligi haqida o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internatga xat orqali ma’lum qilinadi.
29. O‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan yuborilgan xatni olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to‘g‘risida tilxat oladi.
30. Ota-onalar xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan o‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish to‘g‘risidagi yo‘llanmani psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi hamda mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktoriga taqdim etadi. Maktab-internat direktori shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
31. Maktab-internat direktori o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani bir ish kuni ichida o‘quvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.
32. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, xalq ta’limi boshqarmasining o‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish to‘g‘risida yo‘llanma berilganligi haqidagi xati va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining o‘quvchining o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma o‘quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
33. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-internatdan o‘tkazilayotgan o‘quvchining o‘quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart.
34. O‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida yoki maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
5-bob. O‘quvchini maktab-internatdan inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun maktabga o‘tkazish
35. O‘quvchining jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni yengil darajada bo‘lib (psixik rivojlanishning orqada qolishi, yengil darajadagi aqli zaiflik, zaif eshituvchi, zaif ko‘ruvchi, bolalar tserebral falaji va boshqalar), uning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan taqdirda, maktab-internatdan inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun maktabga o‘tkazilishi mumkin.
36. Ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini maktab-internatdan inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun maktabga o‘tkazish huquqiga ega.
37. Ota-onalar farzandini maktab-internatdan maktabga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda xalq ta’limi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.
38. Ariza psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2519, 2013-yil 24-oktabr) muvofiq ko‘rib chiqiladi.
39. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy xulosasi olingach, xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan shu kunning o‘zida o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun o‘quvchini maktabga o‘tkazish to‘g‘risida yo‘llanma beriladi. Yo‘llanma berilganligi haqida o‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internatga xat orqali ma’lum qilinadi.
40. O‘quvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan yuborilgan xatni olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to‘g‘risida tilxat oladi.
41. Ota-onalar xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan o‘quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o‘tkazish to‘g‘risidagi yo‘llanmani psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi hamda mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taqdim qiladi. Maktab direktori shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
42. Maktab direktori o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani bir ish kuni ichida o‘quvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.
43. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, xalq ta’limi boshqarmasining o‘quvchini maktabga o‘tkazish to‘g‘risida yo‘llanma berilganligi haqidagi xati va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktorining o‘quvchining o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma o‘quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
44. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori maktab-internatdan o‘tkazilayotgan o‘quvchining o‘quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart.
45. Maktab-internat direktorining o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i hamda maktab direktorining o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
6-bob. O‘quvchini xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazish
46. Ota-onalar o‘qish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan bo‘lsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazish huquqiga ega.
47. Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyaning voyaga yetmaganni maktab o‘quvchilari safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan ko‘chirma ilova qilinadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
48. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni olganligi to‘g‘risida tilxat oladi.
49. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati o‘quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
50. O‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
51. Maktab-internat direktori tomonidan xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga o‘tkazilayotganligi sababli o‘quvchilar safidan chiqarilgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda har o‘quv yili choraklari oxirida tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limiga (boshqarmasiga) va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyaga taqdim etiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
7-bob. Xorijiy davlatda ta’lim olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini O‘zbekiston Respublikasidagi maktab-internatga o‘tkazish
52. Ota-onalar xorijiy davlatda ta’lim olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan farzandini O‘zbekiston Respublikasidagi maktab-internatga o‘tkazish huquqiga ega.
53. Xorijiy davlatda ta’lim olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini O‘zbekiston Respublikasidagi maktab-internatga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
54. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga (maktabga) o‘tkazilgan o‘quvchi o‘n kun ichida sababsiz yoki maktab-internat (maktab) rahbariyati va sinf rahbarini xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga kelmasa, maktab-internat (maktab) direktori bu haqda ota-onalarni, o‘quvchining yashash joyidagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyani hamda o‘quvchi ilgari ta’lim olgan maktab direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning o‘zida o‘quvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
55. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyaning roziligi bilan amalga oshiriladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
56. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
57. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 2-iyun
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 2-iyun
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

______________________________________________
(viloyat (respublika, shahar), tuman (shahar)


Download 52,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish