O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI
VAZIRINING
buyrug‘i
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2685]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir U.
INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-iyun,
14-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 14-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni (bundan buyon matnda o‘quvchilar deb yuritiladi)
sinfdan sinfga, bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga (bundan buyon matnda maktab-internat deb yuritiladi) yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob.
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: